TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Kembali ke saluran
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT CHAT

Bars | Rasmiy kanal

@bars_rasmiy

Berita dan media

Samarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar

Pelanggan9,380Jumlah pelanggan saat ini
Postingan terlacak1,007Jumlah postingan terindeks
Jangkauan terkini29,370Jumlah tampilan postingan terbaru
Postingan terbaru

Postingan terbaru

Hal. 24 dari 84 · 1,007 postingan

Diposting 2 Jan

🌦Samarqandda 3-yanvar kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 -0/+10° Kechasi: -0 - +5°, iliq, Kunduzi: +5 - +10°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib sharqdan 7-12 m/s gacha tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:53 Quyosh botishi: 17:19 🔰Telegram | Instagram | You Tube

2,080 views

Diposting 2 Jan

❗️Rossiyada samarqandlik migrant vafot etdi 12-dekabr kuni Rossiyaning Xabarovsk shahrida o‘tkazilgan reyd vaqtida kuch ishlatar tuzilmalar tomonidan o‘zbekistonlik migrantlarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari qayd etilgan. Bu haqda sobiq deputat Rasul Kusherbayev o‘zining sahifasida ma’lum qildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tekshiruv davomida bir guruh O‘zbekiston fuqarolari kaltaklangan. Oqibatda ikki nafar fuqaro og‘ir tan jarohati olib, komaga tushgan. Ulardan biri bir necha kundan so‘ng vafot etgan, yana bir fuqaro esa hozirda shifoxonada og‘ir ahvolda davolanmoqda. Ma’lum qilinishicha, vafot etgan fuqaro Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani Jumavoy qishlog‘idan bo‘lgan. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiya tomoniga rasmiy nota yuborgan. Voqea O‘zbekistonning Vladivostokdagi Bosh konsulxonasi hamda Migratsiya agentligi tomonidan nazoratga olingan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

2,110 views

Diposting 2 Jan

🚱Samarqand shahrining ayrim hududlarida ichimlik suvi vaqtincha to‘xtatiladi Dag‘bit suv inshooti hududida diametri 800 mm bo‘lgan magistral suv tarmog‘ida yuzaga kelgan nosozlik sababli Samarqand shahrining bir qator hududlarida ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Samarqand suv ta’minoti” AJ Axborot xizmati xabar berdi. Unga koʻra 2-yanvar soat 15:00 dan boshlab O‘zbekkenti, Motrid, Temiryo‘lchilar, Ipak yo‘li, Baraka, Matonat, Maysazor mahallalari, shuningdek Gagarin, Islohot, Sh. Rustaveli, Navoishoh, Bog‘dod, Bog‘ishamol, Farhod, Jarariq, Ibn Xoldun, Al Forobiy, Ziyokorlar, Rudakiy, Beruniy, Qozizoda Rumiy, Spitamen shoh, Mirzo Ulug‘bek, Paxtaobod, M. Xaydarov, Al Xorazmiy, G. Karimova ko‘chalari va ularga tutash hududlarda ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

2,340 views

Diposting 1 Jan

🌤Samarqandda 2-yanvar kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 -3/+13° Kechasi: -3 - +2°, iliq, Kunduzi: +8 - +13°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib sharqdan 7-12 m/s gacha tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:52 Quyosh botishi: 17:18 🔰Telegram | Instagram | You Tube

2,120 views

Diposting 31 Des

😈Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi 🔰Telegram | Instagram | You Tube

2,170 views

Diposting 31 Des

Samarqand viloyatida xalq deputatlari Kengashlari raislari saylandi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 120-moddasiga muvofiq, vakillik va ijro hokimiyati vakolatlarini ajratish tamoyili asosida 29–30 dekabr kunlari Samarqand viloyatining barcha tuman va shaharlarida xalq deputatlari Kengashlari sessiyalari o‘tkazildi. Sessiyalarda Kengash deputatlari orasidan raislar saylandi. Jumladan: Zayniddin Qarshiyev — Samarqand shahar; Sherzod Urakov — Kattaqo‘rg‘on shahar; Zayniddin Naxalov — Ishtixon tumani; Eldor Eshonqulov — Paxtachi tumani; Akbar Abdusaidov — Oqdaryo tumani; Mehroj Sultonov — Samarqand tumani; Azizjon Qobulov — Qo‘shrabot tumani; Zebo Suyarova — Nurobod tumani Bohodir Ochilov — Pastdarg‘om tumani; Uchqun Muminov — Narpay tumani Zulfiya Atamuradova — Jomboy tumani; Xudayberdi Usmanov — Bulung‘ur tumani: Doston Ubaydullayev — Kattaqo‘rg‘on tumani; Azamat Tavboyev — Payariq tumani; Dilafruz Ulug‘boyeva — Toyloq tumani; Surayyo Axmedova — Urgut tumani. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

2,420 views

Diposting 31 Des

Samarqand viloyatini rivojlantirish uchun 2026-yilda 5,2 trillion so‘m ajratiladi Prezidentning “Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Samarqand viloyatini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishni zarur va barqaror infratuzilma bilan ta’minlash uchun 2026-yilda jami 5,2 trillion so‘m mablag‘lar, shu jumladan: O‘zbekistonning 2026–2028 yillarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida 1,9 trillion so‘m; mahalla infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari uchun nazarda tutilgan 1,8 trillion so‘mga qo‘shimcha prezident topshiriqlariga asosan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan 250 milliard so‘m; Samarqand viloyati mahalliy byudjetiga Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan 2 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga 100 million AQSH dollari ekvivalentidagi milliy valyutada foizsiz kredit mablag‘lari ajratiladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,930 views

Diposting 31 Des

🔔Yangi yil tabrigi Mirubaydov Nasimjon Samarqand davlat pedagogika instituti dekan oʻrinbosari 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,900 views

Diposting 30 Des

🌧Samarqandda 31-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +5/+13° Kechasi: +5 - +10°, iliq, Kunduzi: +8 - +13°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s gacha tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:52 Quyosh botishi: 17:17 🔰Telegram | Instagram | You Tube

2,300 views

Diposting 30 Des

💵8 mingdan ortiq yetim bolalar uchun 500 dollarlik omonatlar ochildi Prezident topshirig‘iga asosan “Prezident archasi” doirasida yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun muhim ijtimoiy tashabbus amalga oshirildi. 0–17 yoshdagi 8 ming nafardan ortiq bolalar nomiga omonat depozit hisob raqamlari ochildi. Har bir hisob raqamiga davlat tomonidan 500 AQSh dollari joylashtirilib, mablag‘lar kapitalizatsiya asosida ko‘payib boradi. Bola 18 yoshga to‘lgach, ushbu jamg‘armadan mustaqil hayotini boshlash uchun foydalanishi mumkin. Shuningdek, 9 yoshdan yuqori bolalar va ularning qonuniy vakillariga ijtimoiy kartalar berildi. Kartalar orqali imtiyozli transport, to‘lovlar va ijtimoiy xizmatlardan foydalanish mumkin. Barcha amaliyotlar Baraka ilovasi orqali nazorat qilinadi. ❗️“Taskin” bolalar xospisida davolanayotgan bolalar uchun depozit mablag‘lari zaruratga ko‘ra, qonuniy vakillar murojaati asosida istalgan vaqtda yechib olinishi mumkin. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

2,240 views

Diposting 30 Des

Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yangi qaror qabul qilindi Prezidentning “Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi qarori (PQ–392-son, 27.12.2025-y.) qabul qilindi. Qarorga muvofiq, viloyatda drayver loyihalarni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan manzilli dastur tasdiqlandi. Dastur doirasida: xalqaro, respublika va mahalliy ahamiyatga ega 298 km avtomobil yo‘llari hamda 15 ta yo‘l o‘tkazgich quriladi, rekonstruksiya qilinadi va ta’mirlanadi; 14 ta tuman (shahar)da 1 ta podstansiya ta’mirlanadi, 70 ta transformator punkti o‘rnatiladi, 137 km elektr tarmoqlari yangilanadi; ichimlik va oqova suv tizimini yaxshilash maqsadida 14 ta tumanda 90 ta suv inshooti hamda 242 km suv tarmoqlari quriladi va ta’mirlanadi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

5,670 views

Diposting 29 Des

🌥Samarqandda 30-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +5/+13° Kechasi: +5 - +10°, iliq, Kunduzi: +8 - +13°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s gacha tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:52 Quyosh botishi: 17:15 🔰Telegram | Instagram | You Tube

2,090 views
12•••5•••10•••15•••20•••2223242526•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384