TGINSIGHT CHAT
Bars | Rasmiy kanal
@bars_rasmiy
Berita dan mediaSamarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar
Postingan terbaru
Hal. 36 dari 84 · 1,007 postingan
Diposting 25 Nov
Samarqand shahri hududi 17,5 ming gektarga kengayadi Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalq deputatlari Samarqand viloyati kengashida maʼlum qildi. Unga koʻra Oqdaryo, Payariq, Pastdarg‘om, Toyloq va Samarqand tumanidagi 17,5 ming gektar hudud Samarqand shahriga qo‘shib beriladi. Buning hisobiga Samarqand shahri aholisi 604 mingdan 882 mingga yetadi. Shu bois, aholisi va daromadi kundan-kunga o‘sib borayotgan Samarqand shahrida zamonaviy uy-joylarga bo‘lgan talabni ta’minlash uchun 3 ta yirik massiv tanlab olinadi. Jumladan, "Shirin" massivida 180 ming, "Temiryo‘l orti" hududida 100 ming, "Qorasuv-2" massivida 30 ming aholi uchun jami 700 dan ortiq zamonaviy ko‘p qavatli uy barpo etiladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 25 Nov
🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Samarqandga tashrif buyuradi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 25 Nov
🇺🇿Prezident Samarqandga keladi Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Samarqandga tashrif buyurishi kutilmoqda. Davlat rahbari xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etadi. Sessiyada Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyevning viloyat hokimi etib tayinlanishi kutilmoqda. Shuningdek, Prezident Urgut tumaniga tashrif buyurib, yaqinda barpo etilgan Urgut temir yo‘l vokzali faoliyati bilan ham tanishishi rejalashtirilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 24 Nov
⛅Samarqandda 25-noyabr kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +0/+19° Kechasi: +0 - +5°, iliq. Kunduzi: +14 - +19°, issiq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:22 Quyosh botishi: 17:12 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 24 Nov
Komil Allamjonov AQSHdagi vakil etib tayinlandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining farmoyishiga ko‘ra, Komil Ismoilovich Allamjonov maslahatchi-vakil – Prezident Administratsiyasining AQSHdagi vakili lavozimiga tayinlandi. U shu bilan birga Prezident Administratsiyasi rahbarining maslahatchisi sifatidagi faoliyatini ham davom ettiradi. Ma’lumot uchun, Komil Allamjonov bungacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Aloqa va axborotlashtirish bo‘yicha maslahatchi, shuningdek Kengash raisi sifatida faoliyat yuritgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 24 Nov
Samarqandda 97 ta daraxt noqonuniy kesildi Samarqand shahridagi Bolalar kasalxonasi ro‘parasida qurilish bahonasida 97 ta daraxt noqonuniy kesib tashlangani aniqlandi. Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi maslahatchisi Rasul Kusherboyevning ma’lumotiga ko‘ra, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, atrof-muhitga yetkazilgan zarar miqdori 751,4 mln so‘mni tashkil etadi. Mazkur holat 3-noyabr kuni Ekologiya boshqarmasi va mutasaddi tashkilotlar tomonidan nazoratga olingan. Hozirda qonunchilikka muvofiq surishtiruv ishlari olib borilmoqda, hujjatlar esa prokuraturaga yuborilgan. Ekologiya vazirligi yakuniy natijalar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berilishini bildirdi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda havo sifati keskin yomonlashib, “o‘ta xavfli” darajaga yetgani haqida ham xabar bergan edik. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 24 Nov
Paxtachida“bog‘cha” qurilishidagi sifatsiz ishlar demontaj qilindi Samarqand viloyati Hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi Paxtachi tumani Urganji mahallasida joylashgan 11-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlarini o‘rgandi. O‘rganish davomida qurilish sifatiga oid bir qator jiddiy kamchiliklar aniqlandi. Xususan, binoning 2-qavatida 1–3-o‘qlar A-o‘qidagi g‘isht qatorlari vertikal va gorizontal choklarda qorishma bilan to‘liq to‘ldirilmagani, pardevor g‘ishtlari esa me’yorlarga zid tarzda terilgani ma’lum bo‘ldi. Kamchiliklar qurilish qoidalariga mos kelmagani sababli mazkur qismdagi g‘isht terish ishlari joyida demontaj qilindi. Pudratchi tashkilotga kamchiliklarni me’yorlarga muvofiq qayta bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Obyektda ishlar normativ talablar asosida qayta bajarilgach, inspeksiya tomonidan takroriy tekshiruv o‘tkaziladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 24 Nov
Toshkent–Samarqand tezyurar qatnov vaqti 1,5 soatgacha qisqaradi Toshkent–Samarqand yo‘nalishida yangi tezyurar temir yo‘l qurilishi natijasida qatnov vaqti sezilarli qisqaradi. Yangi magistral mavjud temir yo‘l liniyalaridagi yuklamani kamaytirib, yuk poyezdlari sabab yuzaga kelayotgan o‘tkazuvchanlik cheklovlarini bartaraf etadi. Spot xabariga ko‘ra, yangi yo‘l Toshkentning barpo etilayotgan xalqaro ayeroporti yonidan o‘tadi va Samarqand markazigacha yetib boradi. Janubiy Koreyaning Saman Engineyering kompaniyasi uchta variantni taklif qilgan: ✅ 1-variant — 282 km. O‘rtacha tezlik: 185,7 km/soat Qatnov vaqti: 1 soat 26 daqiqa Inshootlar: 74 ta ko‘prik, 3 ta tunnel (8,9 km) ✅ 2-variant — 291,7 km. O‘rtacha tezlik: 179,4 km/soat Qatnov vaqti: 1 soat 33 daqiqa Inshootlar: 82 ta ko‘prik, 1 ta uzun tunnel (16 km) ✅ 3-variant — 302 km. O‘rtacha tezlik: 166,9 km/soat Qatnov vaqti: 1 soat 45 daqiqa Inshootlar: 105 ta ko‘prik, 2 ta tunnel (9,6 km) 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 23 Nov
🛑Toshkent emas, Samarqandda ham havo sifati o‘ta xavfli darajaga ko‘tarildi. IQAir xaritasida ko‘rinib turibdiki, Samarqandda havo sifati 254 AQI bo‘lib, bu o‘ta xavfli daraja hisoblanadi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 23 Nov
Samarqandda tabiatga 662 mln soʻm zarar yetkazish holati aniqlandi Samarqand shahrida joylashgan "Agromir buildings" MCHJ Prezident farmoniga asosan joriy etilgan moratoriy talablariga zid ravishda Zarafshon daryosining Qoradaryo oʻzan qismidan noqonuniy ravishda qum aralashmasini qazib olib kelish bilan shugʻullangan. Natijada tabiatga 662 mln 32 ming soʻm zarar yetkazilgan. Holat yuzasidan Ekologiya milliy qoʻmitasi tomonidan hujjatlar toʻplanib, qonuniy chora koʻrish uchun Bosh prokuraturaga yuborilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 23 Nov
Samarqand jamoat transportiga 10 ta yangi avtobus qo‘shildi Samarqand shahrida jamoat transporti tizimini bosqichma-bosqich yangilash va aholiga ko‘rsatiladigan xizmat sifatini yaxshilash ishlari davom etmoqda. Shu maqsadda “Dilshodtransservis” MCHJ tomonidan bank krediti hisobidan Asia Star rusumidagi 10 ta zamonaviy avtobus xarid qilindi. Avtobuslar Xitoyning yetakchi mashinasozlik zavodlarida ishlab chiqarilgan boʻlib, har bir avtobus 70 nafar yo‘lovchini tashish quvvatiga ega. Loyihaning joriy etilishi orqali korxonada 20 ta qo‘shimcha ish o‘rni tashkil etildi. Mazkur avtobuslar bosqichma-bosqich yo‘nalishlarga chiqarilib, Samarqand jamoat transportining jozibadorligi va barqarorligini oshirishga xizmat qiladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 23 Nov
📊 Samarqand viloyati sanoatida barqaror o‘sish kuzatildi Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–oktyabr oylarida Samarqand viloyati korxonalari tomonidan 45,8 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 107,8 foiz o‘sishni tashkil etdi. Viloyat kesimida eng yirik ulush yana Samarqand shahri hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Hududlar o‘rtasida esa Pastdarg‘om, Qo‘shrabot, Oqdaryo va Jomboy tumanlarida o‘sish sur’atlari eng yuqori qayd etilgan. Eng yuqori o‘sish qayd etilgan hududlar: Qo‘shrabot tumani — 114,1 % Pastdarg‘om tumani — 112,8 % Oqdaryo tumani — 110,3 % Jomboy tumani — 108,6 % Samarqand shahri — 108,3 % Viloyatning yirik sanoat markazi bo‘lgan Samarqand shahri 16,1 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarib, umumiy hajmning katta qismini ta’minlagan. Shuningdek, Urgut (3,6 trln so‘m) va Jomboy (4,0 trln so‘m) tumanlari ham sanoat salohiyatini sezilarli oshirgan hududlar qatoridan joy olgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube