TGINSIGHT CHAT
Bars | Rasmiy kanal
@bars_rasmiy
Berita dan mediaSamarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar
Postingan terbaru
Hal. 34 dari 84 · 1,007 postingan
Diposting 4 Des
❗️Samarqandda havo sifatini yaxshilash bo‘yicha tungi ekologik reydlar boshlandi Samarqand viloyatida havo sifatini yaxshilashga qaratilgan ekologik nazorat ishlari kuchaytirildi. Shu maqsadda viloyat hokimi Adiz Boboyev ichki ishlar, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar, Ekologiya qo‘mitasi va kommunal soha mutasaddilaridan iborat ishchi guruhlar oldiga aniq vazifalarni belgilab berdi. Mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan tungi reydlar davomida atmosferaga zararli moddalar chiqarilishini kamaytirish, talabga javob bermaydigan holatlarga barham berish, tadbirkorlarga esa amaliy yordam ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Viloyat hokimi boshchiligidagi guruh tomonidan o‘tkazilgan tungi ekologik reydda Samarqand tumanidagi bir nechta obyektlar o‘rganildi. Ko‘mir yoqilg‘isidan foydalanadigan issiqxonalar va dekorativ g‘isht ishlab chiqaruvchi korxonalarda murilarga maxsus filtrlar o‘rnatish, chiqindi gazlar tarkibini nazorat qilish, yoqilg‘i sarfini ekologik me’yorlarga moslashtirish bo‘yicha tadbirkorlarga ko‘rsatmalar berildi. Viloyatda havo sifatini yaxshilashga qaratilgan ekologik nazorat tadbirlari davom ettiriladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 3 Des
🌦Samarqandda 4-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +0/+13° Kechasi: -0 - +5°, iliq. Kunduzi: +8 - +13°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:35 Quyosh botishi: 17:07 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 3 Des
❗️Xazon yoqqanlar qancha jarima to‘laydi? Ekologiya va iqlim o‘zgarishi qo‘mitasi dala va aholi punktlarida xazon va shox-shabbalarni yoqish qat’iyan taqiqlanganini eslatmoqda. Bu “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida” va “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunlar talablarini buzadi. Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 88-moddasi 3-qismiga ko‘ra: — fuqarolar uchun 1 mln 236 ming — 2 mln 60 ming so‘m; — mansabdorlar uchun 2 mln 60 ming — 4 mln 120 ming so‘m jarima belgilanadi. Takror sodir etilganda jarima yanada oshadi: — fuqarolar uchun 2 mln 60 ming — 2 mln 884 ming so‘m; — mansabdorlar uchun 4 mln 120 ming — 6 mln 180 ming so‘m. Shuningdek, xazon yoqish kabi ekologik huquqbuzarliklarni foto yoki video bilan tasdiqlab xabar qilgan fuqaro jazolangan shaxsga solingan jarimaning 15 foizi miqdorida mukofot oladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 3 Des
Urgutda 82 nafar yosh ishga joylashtirildi, yana 125 nafari bilan shartnomalar imzolandi Prezident topshiriqlari ijrosi doirasida Urgut tumanida ishsiz yoshlar xatlovidan keyin 1 200 nafar yosh aniqlandi. Shundan 560 nafari ishga joylashtirilishi rejalashtirilgan. Bugun “SAM ELEKTRO LUX” MChJda Urgut va Toyloq tumanlari ishtirokida yirik ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazildi. Unda 24 ta korxona 619 ta real ish o‘rni bilan qatnashdi, umumiy hisobda 4 289 ta bo‘sh ish o‘rni taklif etildi. Yarmarkada 551 nafar fuqaro qatnashdi. Ulardan 82 nafari ishga joylashdi: 48 nafari “Sam Ferre”ga, 22 nafari “SAM ELEKTRO LUX”ga, 12 nafari boshqa korxonalarga qabul qilindi. Shuningdek, 125 nafar yosh bilan ishga joylashish bo‘yicha shartnomalar imzolandi, 33 nafar yosh xorijiy til kurslariga yo‘naltirildi. Mahallalardagi bo‘sh binolarda esa 220 ta yangi ish o‘rni yaratildi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 3 Des
Samarqandda havo sifati qisman yaxshilandi IQAir ma’lumotlariga ko‘ra, Samarqand shahrida havo sifati ayni damda AQI 150 atrofida bo‘lib, “zararli” toifada baholanmoqda (bundan oldin AQI 260-290 atrofida edi). Biroq so‘nggi kunlarda ko‘rsatkichlarning pasayishi kuzatildi. Bu o‘zgarish Prezident topshirig‘idan keyin havo sifatini yaxshilash bo‘yicha boshlangan ishlar bilan bog‘liq. Xususan Samarqandda: Ekologik reydlar kuchaytirildi — qurilish maydonlari, sanoat obyektlari va chang ko‘tarilishi mumkin bo‘lgan hududlar nazoratga olindi. Ko‘chalar va gavjum joylar yuvilmoqda — tashkil etilgan maxsus texnika ko‘chalardagi changni kamaytirmoqda. Qurilishlarda changni jilovlash talabi kuchaydi — suv sepish va g‘ildiraklarni yuvish talabi qat’iy nazorat ostiga olindi. Ushbu chora-tadbirlar natijasida havodagi chang zarralari miqdori qisqa muddatda kamayib, umumiy fon bir oz barqarorlashdi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 3 Des
2026-yildan boshlab yuristlar ham maktablarda dars bera oladi Prezidentning 2025-yil 26-noyabrdagi PF–232-sonli farmoniga muvofiq, 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab “Yurisprudensiya” va “Davlat va jamiyat boshqaruvi” yo‘nalishlarida bakalavr darajasiga ega shaxslar maktablarda davlat va huquq asoslari fanini o‘qitishi mumkin — ular uchun qayta tayyorlov kurslarini o‘tasiz ruxsat beriladi. Farmonda shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5–7-sinflarida tarbiya fani doirasida o‘quvchilarning huquqiy ongini shakllantirish maqsadida vizual (komiks) kontentlardan foydalanish tartibi joriy etilishi nazarda tutilgan. Bu o‘z navbatida yoshlar orasida huquqiy savodxonlikni oshirishga xizmat qiladi. Yangi tartibga ko‘ra, huquq fanidan bilim darajasini baholash uchun test sinovlari tashkil etiladi va sinov natijalari asosida davlat namunadagi sertifikatlar berilishi rejalashtirilgan. Sertifikat maktab darajasidagi huquqiy bilimlarni aniqlash va muayyan standartni ta’minlashga yordam beradi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 2 Des
⛅Samarqandda 3-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 -2/+15° Kechasi: -2 - +3°, iliq. Kunduzi: +10 - +15°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:35 Quyosh botishi: 17:07 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 2 Des
IIO xodimlarining jamoat joyida shaxsni tekshirishi bo‘yicha tartiblar yangilandi Ichki ishlar organlarining jamoat joylarida fuqarolar shaxsini tekshirish bilan bog‘liq tartib-taomillari yangilandi. Qoidalarga ko‘ra, shaxsni tekshirish faqat aniq asoslar mavjud bo‘lganda amalga oshiriladi. Bunga shubhali xatti-harakat, jinoyat alomatlari, hujjatlarni taqdim eta olmaslik, yo‘l harakati qoidalarini buzish yoki xavfsizlikka doir talablarning bajarilmasligi kabi holatlar kiradi. Shuningdek, favqulodda vaziyatlarda, ommaviy tadbirlar vaqtida yoki xavfsizlik choralarini kuchaytirish zarur bo‘lgan sharoitlarda ham hujjat tekshiruviga ruxsat beriladi. Yangi tartibda IIO xodimlarining majburiyatlari ham aniq belgilandi. Unga ko‘ra, xodim tekshiruv vaqtida o‘zini tanishtirishi, guvohnomasini ko‘rsatishi, tekshiruv sababi va huquqiy asosini tushuntirishi shart. Fuqarolarning sha’ni, qadr-qimmati va shaxsiy ma’lumotlari daxlsizligi ta’minlanishi lozim. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 2 Des
Samarqandda qaynona puldan “ko‘ylak” kiydi Samarqanddagi to‘y videosi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Unda kuyovning onasi haqiqiy pul bilan bezatilgan libosda raqsga tushib, hammani hayratga soldi. Guvohlarning aytishicha, qaynonaning bu “libosi” butun to‘y kortejining narxidan ham qimmatroq bo‘lishi mumkin. Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-sentabrdagi 589-sonli qaroriga muvofiq, O‘zbekistonda to‘y va oilaviy tadbirlar qat’iy nazoratga olinishi ma’lum qilingandi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 1 Des
⛅Samarqandda 2-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 -2/+15° Kechasi: -2 - +3°, iliq. Kunduzi: +10 - +15°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:33 Quyosh botishi: 17:08 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 1 Des
“Samarqand-2028” sun’iy yo‘ldoshi ishlab chiqiladi Prezident Shavkat Mirziyoyevga “Samarqand-2028” sun’iy yo‘ldoshi loyihasining yangilangan konsepsiyasi taqdim etildi. Loyiha doirasida yo‘ldoshga sun’iy intellekt moduli o‘rnatilishi rejalashtirilmoqda. AI moduli orqali kosmosdan olingan tasvirlar tezkor tahlil qilinib, Samarqand viloyati bo‘yicha quyidagi yo‘nalishlarda qo‘llanadi: Havo sifatini monitoring qilish: smog, chang zarralari va sanoat chiqindilari darajasini masofadan aniqlash imkoniyati paydo bo‘ladi. Qishloq xo‘jaligi ekinlarini kuzatish: suv ta’minoti, hosilning rivoji va kasallanish o‘choqlarini erta aniqlash orqali agrar samaradorlikni oshirish ko‘zda tutilmoqda. O‘rmon va yashil hududlarni nazorat qilish: noqonuniy kesishlar, yong‘in xavfi bo‘lgan hududlar hamda degradatsiya jarayonlari kosmosdan kuzatiladi. Loyiha amalga oshirilishi natijasida Samarqand viloyati ekologiyasi va agrar sektori bo‘yicha monitoring yanada tezkorlashadi, ma’lumotlar real vaqtga yaqin shaklda tahlil qilinadi va qaror qabul qilish sifatini oshiradi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 1 Des
2026-yilda ish haqi, pensiya va nafaqalar oshirilishi mumkin 2026-yilda O‘zbekistonda davlat xodimlari ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalarni inflyatsiyadan yuqori oshirish uchun byudjetdan 6 trillion so‘m mablag‘ ajratilishi rejalashtirilgan. Shu bilan birga, ayrim xizmatlar narxi ko‘tarilishi va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratilishi xarajatlari ham shu mablag‘ga kiritilgan. Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, ish haqi 1 foizga oshsa, byudjetdan qo‘shimcha 1,697 trillion so‘m, pensiya 1 foizga ko‘tarilsa esa 832 milliard so‘m xarajat qilinadi. 2026-yilda ish haqi va ijtimoiy soliq to‘lovlari uchun 172,8 trillion so‘m ajratilishi kutilmoqda, bu 2025-yilga nisbatan 18,5 trillion so‘mga ko‘p. Oyliklar byudjet xarajatlarining 42,9 foizini tashkil etadi. Shuningdek, stipendiyalarga 2,2 trillion so‘m, pensiyalarga 86,1 trillion so‘m, nafaqalarga esa 14 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi. Fiskal strategiyaga ko‘ra, ushbu oshirishlar kamida 6–7 foizni tashkil etishi kutilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube