TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Kembali ke saluran
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT CHAT

Bars | Rasmiy kanal

@bars_rasmiy

Berita dan media

Samarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar

Pelanggan9,380Jumlah pelanggan saat ini
Postingan terlacak1,007Jumlah postingan terindeks
Jangkauan terkini11,994Jumlah tampilan postingan terbaru
Postingan terbaru

Postingan terbaru

Hal. 38 dari 84 · 1,007 postingan

Diposting 20 Nov

Termizda oqdaryolik talabaoʻzini yuqori qavatdan tashlab vafot etdi Ijtimoiy tarmoqlarda Termiz shahridagi ko‘p qavatli uyda bir yigit o‘z joniga qasd qilgani haqida xabarlar tarqaldi. Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilinishicha, 19-noyabr kuni soat 16:00 lar atrofida Termiz shahridagi “Movaro” yotoqxonasida Toshkent tibbiyot universiteti Termiz filiali 2007-yilda tug‘ilgan 2-bosqich talabasi S.A. o‘zini 14-qavatdan tashlab, voqea joyida vafot etgan. Marhum Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidan boʻlgan. Hozirda Termiz shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

956 views

Diposting 19 Nov

⛅Samarqandda 20-noyabr kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +2/+18° Kechasi: +2 - +7°, iliq. Kunduzi: +13 - +18°, issiq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:21 Quyosh botishi: 17:13 🔰Telegram | Instagram | You Tube

796 views

Diposting 19 Nov

Yo‘lkira haqini elektron shaklda amalga oshirish orqali ham naqdingizni, ham vaqtingizni tejang Sohada yashirin iqtisodiyotning oldini olish, jamoat transportida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, yo‘lovchilarga yanada ko‘proq imkoniyatlar yaratish maqsadida yo‘lkira haqini elektron tarzda to‘lash amaliyoti joriy etilganligi haqida xabar berib kelmoqdamiz. Yo‘lovchilarga yanada qulayliklar yaratish, shuningdek, bank plastik kartasi yoki ATTO yagona transport kartasi mavjud bo‘lmagan fuqarolar uchun shahar miqyosida bekatlar yoki unga yaqin hududlarda, shuningdek, aholi gavjum nuqtalarda infokiosklar o‘rnatildi. Ushbu infokiosklar orqali yo‘lovchilar 2000 so‘m evaziga xarid qilingan QR kodli chiptalar orqali shahar jamoat transportida yo‘lkira haqini amalga oshirish imkoniyati yaratildi. Shahar jamoat transportida raqamli texnologiyalarni qo‘llash orqali birinchi navbatda yashirin iqtisodiyotga barham beriladi hamda haydovchilarni qo‘shimcha vazifalardan ozod qiladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

832 views

Diposting 19 Nov

Samarqand tumanida noqonuniy ohaktosh qazib olinishi oqibatida 347 mln so‘mlik zarar keltirildi Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand tumani bo‘limi ma’lum qilishicha, “S.A.” MCHJ mas’ul shaxslari “Agalakskoye-1961” konidan ajratilgan maydondan chiqib, 7,5 ming kub metr noruda foydali qazilma — ohaktoshni noqonuniy qazib olgan. Tekshiruv natijasida davlat va jamiyat manfaatlariga 347,1 mln so‘m zarar yetkazilgani aniqlangan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) va 229-moddasi (o‘zboshimchalik) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari davom etmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

744 views

Diposting 19 Nov

O‘zbekistonda Ekologiya vazirligi o‘rniga milliy qo‘mita tashkil etildi Prezident qaroriga muvofiq, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tugatilib, uning bazasida Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tashkil etildi. U mustaqil davlat organi sifatida faoliyat yuritadi va barcha shtat birliklari saqlanib qoladi. Yangi qo‘mita tabiatni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash, chiqindilarni boshqarish, havo va suv sifati bo‘yicha nazorat ishlarini amalga oshiradi. “Toza havo”, “Yashil makon”, “Eko-madaniyat” kabi yirik ekologik loyihalar ham qo‘mita zimmasiga yuklanadi. Qarorga ko‘ra, Prezidentning ekologiya bo‘yicha maslahatchisi lavozimi joriy etiladi va u qo‘mita faoliyatini muvofiqlashtiradi. Ekologik nazorat kuchaytiriladi, sanoat korxonalari uchun onlayn monitoring talablari joriy etiladi. Shuningdek, muhim o‘zgarishlardan biri — ekopolisiya faoliyati kuchaytiriladi. Qarorga muvofiq: ekopolisiya xodimlariga jismoniy kuch ishlatish huquqi beriladi; ularga muxsus vositalar — elektroshok qurilmasi, rezina o‘qli qurol va to‘r otuvchi qurol qo‘llash vakolati beriladi; har bir xodimning xizmat kiyimiga bodi-kameralar o‘rnatiladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

756 views

Diposting 18 Nov

🇺🇿18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun. Ammo aynan shu kunda Samarqand shahridagi Ibn Sino ko‘chasida joylashgan Samarqand Olimpiya zaxiralari kolleji sport majmuasi hududida ilingan bayroqlar abgor holatda ekani haqida murojaat keldi. Murojaatchining aytishicha, bu holat birinchi marta emas - sport majmuasi atrofida ilingan bayroqlar tez-tez yirtilgan, ranglari o‘chgan yoki bir-biriga chigallashgan holda turadi. Uning fikricha, bayroq ustunlarini bir-biridan uzoqroq joylashtirish bayroqlarning ilashib qolishi va shikastlanishining oldini olishi mumkin. “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonunning 9-moddasiga ko‘ra: Davlat bayrog‘i hurmat qilinishi, unga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘linishi shart; Yirtilgan, ranglari o‘chgan, ifloslangan yoki shikastlangan bayroqdan foydalanish taqiqlanadi. Shuningdek, qonun davlat ramzlaridan foydalanishda ularni e’zozlash va munosib saqlash majburiyatini belgilaydi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,390 views

Diposting 17 Nov

Toyloq–Urgut yo‘lining 20 km qismi ta’mirlanmoqda Toyloq va Urgut tumanlarini bog‘lovchi D-069 avtomobil yo‘lining 20 kilometr qismida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Ishlar davomida yo‘lning ayrim hududlarida avtomobil vositalari harakati vaqtincha cheklanadi. Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun harakat ishtirokchilaridan uzr so‘raymiz, deyiladi Samarqand viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Axborot xizmati xabarida. Ma’lum qilinishicha, ushbu vaqtinchalik cheklovlar yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda yo‘lning sifatini yaxshilash maqsadida joriy etilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,090 views

Diposting 16 Nov

⛅Samarqandda 17-noyabr kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +4/+22° Kechasi: +4 - +9°, iliq. Kunduzi: +17 - +22°, issiq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:17 Quyosh botishi: 17:16 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,060 views

Diposting 16 Nov

Samarqand viloyati IIB xodimi “Yo‘l posboni” qo‘shig‘ini taqdim etdi Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Axborot xizmati xodimi Xurshid Safarov tomonidan “Yo‘l posboni” nomli yangi qo‘shiq taqdim etildi. Mazkur tarona yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, haydovchi va piyodalar madaniyatini oshirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari doirasida yaratilgan bo‘lib, unda yo‘l patrullari faoliyati, ularning kundalik xizmat jarayoni hamda xavfsizlikka oid chaqiriqlar aks etgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,060 views

Diposting 15 Nov

Samarqandning ma’muriy markazi Shirin massiviga ko‘chirilishi mumkin Samarqand viloyatida ma’muriy boshqaruv tizimini takomillashtirish va shaharsozlikni zamonaviy talablarga moslashtirish maqsadida ma’muriy markazni Shirin massiviga ko‘chirish bo‘yicha taklif ishlab chiqilmoqda. Bu haqda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboev xalq deputatlari viloyat Kengashining yigirmanchi sessiyasida joriy yilning to‘qqiz oyida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarga bag‘ishlangan ma’ruzasida ma’lum qildi. Rejaga ko‘ra, loyiha birinchi bosqichda 100 gektar hududda qurilish ishlarini boshlashni o‘z ichiga oladi. Shirin massivi qulay geografik joylashuvi, infratuzilmani kengaytirish imkoniyatining mavjudligi va transport tizimini yengillashtirishdagi ahamiyati bilan ajralib turadi. Yangi ma’muriy markazning barpo etilishi natijasida davlat idoralari uchun yagona boshqaruv hududi shakllanadi, aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifati oshadi va ularga qulayliklar yaratiladi. Loyiha doirasida hokimlik, bir qator boshqarma va tashkilotlar binolari, xizmat ko‘rsatish markazlari, jamoat maydonlari hamda zamonaviy ijtimoiy infratuzilmalar qurilishi rejalashtirilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,190 views

Diposting 15 Nov

Oyliklar, stipendiya va nafaqalar oshadimi? 2026-yildan boshlab davlat xizmatida maoshlarni hisoblash tartibi o‘zgaradi. Prezidentning 2025-yil 19-iyunda imzolangan PF–95-son farmonigа ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan davlat xizmatchilari uchun yagona maosh tizimi joriy etiladi. Ushbu tizimda ish haqi idora yoki hududga emas, balki xodimning malakasi, vazifasi ва kasbiy darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Ma’lumot uchun bundan oldin 2025-yil 1-iyuldan pensiya va nafaqa to‘lovlari, shuningdek, byudjet tashkilotlari xodimlari maoshi va talabalar stipendiyalari 10 % ga oshirilgan edi. Mazkur oshirish barcha toifalarga taalluqli bo‘lib, mahalla tizimi xodimlari uchun alohida foizli qo‘shimchalar rasmiy hujjatlarda ko‘rsatilmagan. Xulosa qilib aytganda, tarqalgan xabarlardagi +15 % va boshqa qo‘shimcha oshirishlar hozircha rasman tasdiqlanmagan. Yagona maosh tizimi doirasida aniq tariflar va miqdorlar esa keyinchalik e’lon qilinishi kutilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,080 views

Diposting 14 Nov

⛅Samarqandda 15-noyabr kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +2/+22° Kechasi: +2 - +7°, iliq. Kunduzi: +17 - +22°, issiq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:14 Quyosh botishi: 17:18 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,040 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••353637383940•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384