TGINSIGHT CHAT
Bars | Rasmiy kanal
@bars_rasmiy
Berita dan mediaSamarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar
Postingan terbaru
Hal. 37 dari 84 · 1,007 postingan
Diposting 22 Nov
⛅Samarqandda 23-noyabr kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +0/+18° Kechasi: +0 - +5°, iliq. Kunduzi: +13 - +18°, issiq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:22 Quyosh botishi: 17:12 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 22 Nov
Samarqandda noqonuniy tamaki mahsulotlari olib kirilishiga chek qo‘yildi Samarqandda bojxona, DXX va Ichki ishlar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida yurtga noqonuniy tamaki mahsulotlari olib kirilishi fosh etildi. Tadbirda tadbirkorlik subyekti nomiga kelayotgan yuk mashinasi tekshirilib, yukxona eshigiga maxfiy joylangan 1 469 quti “Esse Change” tamaki mahsuloti topildi. Ularda O‘zbekiston aksiz markasi bo‘lmagan. Musodara qilingan mahsulotlarning qiymati 73,45 mln so‘m bo‘lib, ular vaqtincha saqlovga olingan. Holat bo‘yicha surishtiruv davom etmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 22 Nov
Samarqandda havo sifati ko‘rsatkichi “o‘ta zararli” darajada O‘zbekistonda nafaqat Toshkent, balki boshqa yirik hududlarda ham havo sifati keskin yomonlashgan. Onlayn monitoring tizimlari ma’lumotiga ko‘ra, ayniqsa, bugun Samarqand shahrida havo sifati AQI 257 ko‘rsatkichini qayd etdi. Bu daraja xalqaro mezonlarga ko‘ra “o‘ta zararli” sifatida tasniflanadi. Mutaxassislar bunday holatda tashqarida uzoq vaqt qolmaslik, tibbiy yoki filtrli himoya niqoblaridan foydalanish, ayniqsa bolalar, keksalar va nafas yo‘llari xastaligi bor shaxslar ehtiyot choralarini kuchaytirishini tavsiya etmoqda. Havo sifati yomonlashuvi ko‘pincha avtomobillar chiqarayotgan gazlar, chang zarralari, issiqxona effekti gazlari va mavsumiy atmosferaviy sharoitlar bilan bog‘liq. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 22 Nov
Urgutda qayta jinoyat sodir etgan narkotik savdogar ushlandi DXXning Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi, bojxona va ichki ishlar tuzilmalari hamkorligida Urgut tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda katta miqdordagi giyohvand modda savdosi fosh etildi. Kuzatuvda bo‘lgan, Urgutda yashovchi 1966-yilda tug‘ilgan, avval ham giyohvandlik vositalari savdosi uchun sudlangan shaxs 993 gramm “opiy”ni shartli xaridorga 15 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. Ma’lumotlarga ko‘ra, modda Tojikistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan. Hozirda ushbu shaxsga nisbatan JKning 28, 246-modda 2-qismi (kontrabanda), 273-modda 5-qismi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va qamoqda saqlash ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Ushbu moddalarda belgilangan jazo 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni nazarda tutadi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 22 Nov
Kambag‘al oilalardagi yoshlarning kontrakt to‘lovi qisman qoplab beriladi 2026-yil 1-fevraldan Kambag‘al oilalar reyestridagi yoshlar uchun quyidagi imtiyozlar joriy etiladi: Safarbarlik chaqiruvi rezervida harbiy xizmat bepul o‘taladi. Bu yo‘nalish bo‘yicha subsidiya ajratish tartibi bekor qilinadi. “Yoshlar daftari” jamg‘armalari orqali haydovchilik kurslari uchun subsidiya “A”, “B”, “D” va “DE” toifa guvohnomalari olish xarajatlarini qoplaydi. Kasbiy va oliy ta’limda kontrakt summasining 50 foizigacha qismi ijtimoiy shartnoma bajarilishiga qarab to‘lab beriladi (yiliga BHMning 50 baravaridan oshmaydi). Bir shaxs yiliga eng ko‘pi 2 marta turli ijtimoiy yordamlardan foydalanishi mumkin. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 21 Nov
⛅Samarqandda 22-noyabr kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +2/+18° Kechasi: +2 - +7°, iliq. Kunduzi: +13 - +18°, issiq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:24 Quyosh botishi: 17:14 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 21 Nov
🗣Hurmatli fuqarolar! 🔐Obyekt va xonadoningiz xavfsizligini bizga ishoning! 📞1131 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling va batafsil ma’lumotga ega bo‘ling. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 21 Nov
Samarqandda bir tomonlama harakat tartibi joriy etilgan koʻchalarda tirbandlik kamaygan Samarqand shahar IIB JXX YHXB boshlig‘i Zoir Ahmedovning xalq deputatlari Kengashi sessiyasidagi hisobotiga ko‘ra, Samarqand shahar Kengashi qaroriga asosan, 2025-yil 1-oktyabrdan transport harakati eng zich bo‘lgan bir qator ko‘chalarda bir tomonlama harakatlanish tartibi joriy etildi. Mazkur tartib shahar markazidagi tirbandliklarni kamaytirish va yo‘l harakati xavfsizligini oshirishga qaratilgan. Yangi tartibga ko‘ra, Mahmud Qoshg‘ariy, Abdurahmon Jomiy, Orzu Mahmudov, Shohrux Mirzo, Husayin Boyqaro, Ulug‘ Tursunov, Yusuf Hamadoniy kabi bir nechta asosiy ko‘chalarda harakat yo‘nalishlari bir tomonga o‘zgartirildi. Shuningdek, 4,3 km uzunlikda alohida avtobus yo‘laklari tashkil etildi va 1 000 ta avtomobil uchun vaqtinchalik to‘xtash joylari ajratildi. Avtobus yo‘nalishlari ham yangi tartibga moslashtirildi. Tartib joriy etilgach, O.Maxmudov, M.Qoshg‘ariy va A.Jomiy ko‘chalarida tirbandlik 30–35 foizga kamaygani, transport o‘tkazuvchanligi ortgani qayd etildi. Eng e’tiborlisi, mazkur yo‘nalishlarda birorta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lmagan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 20 Nov
⛅Samarqandda 21-noyabr kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +2/+18° Kechasi: +2 - +7°, iliq. Kunduzi: +13 - +18°, issiq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:21 Quyosh botishi: 17:14 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 20 Nov
Samarqandda “opiy” savdosi fosh etildi Samarqand viloyatida Bojxona qoʻmitasi Kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi, Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi keng koʻlamli tezkor tadbir oʻtkazildi. Tadbir davomida avvaldan kuzatuvga olingan shaxs shaffof paketdagi giyohvandlik vositasini shartli xaridorga 15 ming dollarga sotmoqchi boʻlganida qoʻlga olindi. Tekshiruv natijasida paket ichidan 1 kilogramm toʻq jigar rangli “opiy” aniqlangan. Holat yuzasidan protsessual hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro haqida Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 20 Nov
Bulungʻurda Adliya aralashuvi bilan direktorga PhD ustamasi bo‘yicha 58 million toʻlab berildi Bulung‘ur tumanida maktab direktori J.A.ning PhD ilmiy darajasi uchun ustama to‘lanmay kelayotgani Adliya bo‘limi aralashuvidan so‘ng bartaraf etildi. O‘rganish jarayonida J.A. 2023-yil 21-iyuldan falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘lsa-da, unga tegishli ustama bir necha yil davomida hisoblab berilmagani aniqlangan. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi 1030-son qaroriga ko‘ra, PhD darajasiga ega xodimlarga lavozim maoshining 30 foizigacha qo‘shimcha haq to‘lanishi shart. Adliya bo‘limi tomonidan maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limiga majburiy taqdimnoma kiritilib, natijada J.A.ning huquqlari tiklandi va ish beruvchi tomonidan to‘lanmay qolgan 58,45 mln so‘m ustama to‘lab berildi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 20 Nov
💰Samarqand shahar iqtisodiyotiga 10 oyda 555,3 mln dollar investitsiya o‘zlashtirildi Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarovning xalq deputatlari Kengashi sessiyasidagi hisobotiga ko‘ra, joriy yilning 10 oyi davomida shaharda 555,3 mln dollar investitsiya o‘zlashtirilgan. Shundan 273,8 mln dollar — to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya. 61 ta loyiha ishga tushirilgan, natijada umumiy hisobda 3,9 mingta yangi ish o‘rni yaratilgan. Xorijiy investitsiyalarning asosiy ulushi: 🇨🇳Xitoy — 211,7 mln dollar 🇦🇪BAA — 35,7 mln dollar 🇺🇸AQSh — 9 mln dollar 🇷🇺Rossiya — 7,9 mln dollar Boshqa davlatlar — 9,5 mln dollar Shuningdek, 259,4 mln dollarlik 8 ta yirik TXXI loyihasi ishga tushirilib, 220 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Jumladan yirik loyihalar, “Aziya metal prof” — 90 mln dollar investitsiya, maishiy texnika va avtomobillar uchun tunuka list ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 140 ta ish o‘rni yaratildi. “Ad ekspress invest stroy” — 6 mln dollar investitsiya evaziga 100 o‘rinli “AD BELADJO” mehmonxonasi foydalanishga topshirildi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube