TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Kembali ke saluran
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT CHAT

Bars | Rasmiy kanal

@bars_rasmiy

Berita dan media

Samarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar

Pelanggan9,380Jumlah pelanggan saat ini
Postingan terlacak1,007Jumlah postingan terindeks
Jangkauan terkini14,800Jumlah tampilan postingan terbaru
Postingan terbaru

Postingan terbaru

Hal. 6 dari 84 · 1,007 postingan

Diposting 18 Mar

Samarqandda 38 kg narkotik moddalar musodara qilindi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda yirik miqdordagi narkotiklar qo‘lga olindi. Urgut tumanida yashovchi 3 nafar fuqaro Tojikistonning Panjikent hududidan noqonuniy yo‘l bilan 14,7 kg opiy va 14,9 kg gashish olib kirayotganda ushlangan. Yana bir holatda, Samarqand shahri “Orzu” MFYdagi garajdan maxsus yashirilgan joydan 9 kg opiy ekstraksiyasi topilgan. Har ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,080 views

Diposting 18 Mar

Prezident yangi tez yurar poyezdda Narpayga bordi Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi “Hyundai Rotem” yuqori tezlikdagi poyezdda Samarqanddan Narpay tumaniga tashrif buyurdi. “Jaloliddin Manguberdi” nomli ushbu zamonaviy poyezd soatiga 260 km tezlikda harakatlana oladi. 7 vagondan iborat tarkib 390 nafarga yaqin yo‘lovchini (VIP, biznes va ekonom) sig‘dira oladi. U O‘zbekiston iqlimiga moslashtirilgan bo‘lib, chang, issiq va sovuqqa chidamli. Yaqin kunlarda poyezd Toshkent–Urganch–Xiva yo‘nalishida qatnay boshlaydi. Safar vaqti 7 soat atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Tashrif davomida davlat rahbari Narpayda gidroponika asosida faoliyat yuritayotgan qulupnay issiqxonasi bilan tanishdi. 650 ming dollarlik loyiha doirasida 1 gektarda barpo etilgan issiqxonada yiliga 50 tonna qulupnay yetishtirilmoqda. Mahsulotlar “Narpay qulupnaylari” brendi ostida ichki bozorlarga yetkazib berilmoqda. Gidroponika usuli suvni 80 foizgacha tejaydi, hosildorlikni oshiradi va ekologik toza mahsulot yetishtirish imkonini beradi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,120 views

Diposting 18 Mar

Ramazon hayiti 20-martga toʻgʻri kelmoqda Adliya vazirligi Ramazon hayiti va Navro'z bayrami munosabati bilan dam olish kunlarini e'lon qildi. Unga ko'ra, bayramlar munosabati bilan quyidagi kunlar dam olinadi: 20-mart (juma) – Ramazon hayiti kuni – barcha uchun dam olish kuni; 21-mart(shanba) – Navro'z bayrami kuni – barcha uchun dam olish kuni; 22-mart(yakshanba) – dam olish kuni; 23-mart(dushanba) - 5 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun dam olish kuni(ishlanmaydigan bayram kuni dam olish kuniga to'g'ri kelganligi sababli, bayramdan keyingi ish kuniga ko'chirilgan dam olish kuni)6 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun ish kuni. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,140 views

Diposting 17 Mar

⛅️Samarqandda 18-mart kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +5/+17° Kechasi: +5 - +10°, iliq. Kunduzi: +12 - +17°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, ayrim joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 06:40 Quyosh botishi: 18:40 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,060 views

Diposting 17 Mar

Oqdaryo tumani prokurori yangi lavozimga tayinlandi Oqdaryo tumani prokurori lavozimida ishlab kelgan Norsuluv Soyipova boshqa ishga o‘tdi. U lavozimi oshirilib, Samarqand viloyati prokurorining o‘rinbosari etib tayinlandi. Ma’lumot uchun, Norsuluv Soyipova 1979-yilda Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. U shu hududda maktabda tahsil olgan va keyinchalik Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Shuningdek, uning ukasi — B. Soyipov ham prokuratura tizimida yuqori lavozimda faoliyat yuritmoqda. U hozirda Qashqadaryo viloyati prokurori hisoblanadi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,200 views

Diposting 17 Mar

Samarqandda Damas tez yordam mashinasiga yo‘l bermadi Ijtimoiy tarmoqlarda haydovchi Samarqand shahri Ipak yo‘li ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan tez tibbiy yordam avtomobiliga yo‘l berilmagani aks etgan video tarqaldi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,140 views

Diposting 16 Mar

Narpayda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Narpay tumani bo‘limi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar qo‘lga olindi. Xususan, fuqaro B.A. 100 dona “Zardeks” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini fuqaroga 200 AQSH dollari va 500 ming so‘mga sotgan vaqtida ushlandi. Undan yana 81 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olindi. Shuningdek, fuqaro N.T. 50 dona “Gabaten” va 150 dona “Andipal” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini fuqaroga 600 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,130 views

Diposting 16 Mar

Uy-joy subsidiyasi uchun arizalar qabul qilish boshlandi Prezidentning 2026-yil 24-fevraldagi 29-sonli Farmoniga muvofiq, ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish uchun arizalarni qabul qilish 16-mart kuni soat 09:00 dan boshlab boshlandi. Arizalar qabuli 1-dekabrga qadar davom etadi. Fuqarolar arizalarni: — Davlat xizmatlari markazlari orqali borib; — yoki my.gov.uz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali onlayn tarzda topshirishlari mumkin. Subsidiya orqali uy-joy olishni istagan talabgorlar uchun asosiy talablardan biri — o‘rtacha oylik daromad me’yori hisoblanadi. Unga ko‘ra: Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda — mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 2,7 baravaridan 8 baravarigacha; Toshkent shahrida — 2,7 baravaridan 9,2 baravarigacha bo‘lishi kerak. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,290 views

Diposting 14 Mar

Zarafshonda noqonuniy qum tashiyotgan KAMAZ haydovchisi inspektorlardan qochdi Zarafshon milliy tabiat bog‘i hududida o‘tkazilgan navbatdagi nazorat reydi davomida qoidabuzarlik holati aniqlandi. Milliy bog‘ inspektorlari tomonidan hududda raqamsiz KAMAZ yuk avtomashinasi Zarafshon daryosi o‘zanidan noqonuniy ravishda qora qum aralashmasini ortib ketayotgani aniqlangan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,320 views

Diposting 13 Mar

⛅️Samarqandda 14-mart kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +0/+17° Kechasi: +0 - +5°, iliq. Kunduzi: +12 - +17°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 06:46 Quyosh botishi: 18:37 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,410 views

Diposting 13 Mar

🔐Samarqand viloyatidagi turizm obyektlarida jamoat xavfsizligi yuqori darajada ta’minlanmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,380 views

Diposting 12 Mar

“Dinamo” futbolchilariga 3 oydan beri maosh berilmagani aytildi Superliga 2-turi doirasida o‘tkazilgan “Bunyodkor” – “Dinamo” (1:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida “Dinamo” bosh murabbiyi Vadim Abramov jamoada moliyaviy muammolar mavjudligini tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, jamoa futbolchilari dekabr, yanvar va fevral oylari uchun hali ham maosh olmagan. Murabbiy bunday sharoitda futbolchilarni o‘yinlarga tayyorlash va ruhlantirish qiyin kechayotganini ta’kidladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Samarqanddagi stadion Ichki ishlar vazirligi huzuridagi “Dinamo” sport jamiyati balansida bo‘lib, klub ushbu stadiondan ijarachi sifatida foydalanadi. Shu sababli stadionda sotiladigan chiptalar va abonementlardan tushgan mablag‘lar ham klub hisobiga emas, stadion hisobiga tushadi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,530 views
12•••45678•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384