TGINSIGHT CHAT
Bars | Rasmiy kanal
@bars_rasmiy
Berita dan mediaSamarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar
Postingan terbaru
Hal. 53 dari 84 · 1,007 postingan
Diposting 11 Sep
Samarqandda qalbaki alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi aniqlandi Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan Samarqand tumanidagi “Parrandachilik” MFY hududida joylashgan doʻkonda tezkor tadbir oʻtkazildi. Tadbir davomida sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan umumiy bahosi 134,7 mln so‘mlik turli nomdagi 4 218 dona alkogol hamda 1 720 quti tamaki mahsulotlarini sotuvga qo‘yganliklari aniqlandi va ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) va 186¹-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 10 Sep
Mahalla raislari hushyorligi natijasida jinoyat fosh etildi 24-avgust tongida Samarqand shahrining Navbog‘chiyon va Bo‘ston mahallalari raislari — A.Rahimov va A.Ostonaqulov mahalla hududini navbatdagi ko‘rikdan o‘tkazayotgan paytda shubhali holatga duch keladi. Xususan, A. Ostonaqulov ikki nafar shaxsning aravada yelim idishlar ortib, sarosima holatida harakatlanayotganini payqab, darhol ichki ishlar organlariga xabar beradi. Tekshiruv davomida aniqlanishicha, ulardan biri o‘z pochchasini o‘ldirgan va uning jasadini yashirincha dafn etish maqsadida aravaga joylashtirgan. Gumondor dastlab “pochcham mehmon bo‘lib kelganida vafot etgan” deya izoh bergan, biroq surishtiruv jinoyat sodir etilganini tasdiqladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 10 Sep
Oʻzbekistonda pensiya yoshi oshirilishi mumkin Pensiya jamgʻarmasi ijrochi direktori Murodbek Otajonovnong aytishicha, erkaklar uchun pensiya yoshi hozirgi 60 yoshdan 63 yoshga, ayollar uchun esa 55 yoshdan 58 yoshga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Bu jarayon bosqichma-bosqich amalga oshirilib, har yili 6 oydan qoʻshib borilishi mumkin. Maʼlumot uchun, Xalqaro valyuta jamgʻarmasi shu yilning iyun oyida Oʻzbekistonda pensiya yoshini oshirishni tavsiya qilgan edi. O‘zbekistonda pensiya yoshi “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinganidan beri (1993-yil) 32 yil davomida oshirilmagan. Markaziy Osiyo mamlakatlarida pensiya yoshi 2023–2024-yilgi holat boʻyicha quyidagicha: 🇺🇿O‘zbekiston: erkaklar – 60 yosh, ayollar – 55 yosh . 🇰🇿Qozog‘iston: erkaklar – 63 yosh, ayollar – 61 yosh (ba’zi manbalarda ayollar uchun bosqichma-bosqich oshirilayotgani qayd etilgan) . 🇰🇬Qirg‘iziston: erkaklar – 63 yosh, ayollar – 58 yosh . 🇹🇯Tojikiston: erkaklar – 63 yosh, ayollar – 58 yosh . 🇹🇲Turkmaniston: erkaklar – 62 yosh, ayollar – 57 yosh. Oʻzbekiston amaldagi pensiya yoshi borasida sobiq Ittifoq mamlakatlari orasida eng yaxshi koʻrsatkichga ega. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 10 Sep
❗️O‘zbekistonda harbiy va idoraviy formaga o‘xshash kiyim kiyganlar jazolanadi O‘zbekistonda harbiy yoki idoraviy formaga o‘xshash kiyimlarni ishlab chiqish va kiyish uchun javobgarlik belgilanishi kutilmoqda. Qonun loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga joylandi. Loyiha jamoatchilikni chalg‘itish, oʻzini davlat organi xodimi sifatida koʻrsatish kabi holatlarning oldini olishga qaratilgan. Unga ko‘ra, harbiy xizmatchi yoki idora xodimlari formasini, ularning ramz va belgilari bor kiyimni kiyishga haqi bo‘lmagan shaxslar formasi musodara qilinib, BHMning 2 baravaridan 5 baravarigacha jarimaga tortiladi. Shuningdek, mato rangi, tikilish uslubi yoki farqlovchi belgilariga ko‘ra formaga o‘xshash kiyim ishlab chiqish va foydalanish ham taqiqlanadi. Bunday holatda kiyim musodara qilinib, BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha jarima qo‘llanadi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 10 Sep
Kashf etilayotgan "bayram"lar yoki oldi-qochdi kanallar haqida Ijtimoiy tarmoqlar rivojlanib, insonlar vaqtining koʻp qismini mobil qurilmalarda oʻtkazmoqda. Shubhasiz, Oʻzbekistonda Telegram boshqa ijtimoiy tarmoqlarga qaraganda kengroq auditoriyaga ega. Ammo koʻpchilik Telegram foydalanuvchilari hali ham sifatli va ishonchli axborotni ajratishda qiynalmoqda. Bars internet nashri kuzatuvlari asosida, xususan Samarqand viloyatiga oid xabarlarni yoritib boruvchi ayrim kanallarning faoliyatini tahlil qildi. Natijalar esa biroz oʻylashga majbur qiladi. Samarqandliklar yoki “Samarqand” soʻzi bilan boshlanadigan koʻplab Telegram kanallari axborot tarqatishda manipulyatsiyalardan foydalanishi, yoʻq bayramlarni oʻylab topishi va ularni ulashish evaziga obunachi hamda koʻrishlar yigʻishi har qanday oʻzini hurmat qiladigan kishiga noqulaylik tugʻdirishi tabiiy. Biz sizdan bunday kanallarga obuna boʻlmang yoki kuzatmang deb aytmoqchi emasmiz. Shunchaki, rivojlanayotgan zamonda sifatli axborot olish huquqiga ega boʻlgan hamyurtlarimizni oldi-qochdi xabarlar, norasmiy va yolgʻon yangiliklardan xabardor boʻlishni emas, balki ularni farqlashni, yolgʻon xabarlariga aldanib qolmaslikni va “ulashing” degan postlarini koʻr-koʻrona tarqatmaslikni tavsiya qilamiz, xolos. Samarqand ahlini xolis va ishonchli axborot bilan taʼminlash borasida faoliyat koʻrsatayotgan Bars internet nashri axborotni saralay oladigan obunachilarini qadrlaydi. Eng qimmatli boʻlgan vaqt va eʼtiboringizni arzon kanallar uchun sarflamang! ©Tahririyat 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 9 Sep
🌤Samarqandda 10-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +14/+35° Kechasi: +14 - +19°, iliq. Kunduzi: +30 - +35°, issiq. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 06:07 Quyosh botishi: 18:50 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 9 Sep
Oʻzbekistonda maktablarida endi 12 yillik ta’limga oʻtiladi Bu haqida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Sardor Rajabov ma’lum qildi. Islohotning asosiy sababi — xalqaro standartlarga moslashish. 2022-yilgi PISA natijalariga ko‘ra, dunyoda yuqori natija ko‘rsatgan mamlakatlarning 85 foizida aynan 12 yillik ta’lim amalda. Yangi tizimga ko‘ra, 6 yoshli bolalar uchun maktabga tayyorgarlik yili joriy etiladi va Boshlang‘ich ta’lim tarkibiga kiritiladi. 12 yillik ta’lim uch bosqichdan iborat bo‘ladi: 1-bosqich: 1 yil tayyorgarlik va 4 yil boshlang‘ich maktab. 2-bosqich: 5 yil asosiy umumiy o‘rta ta’lim. 3-bosqichda esa 2 yil to‘liq umumiy o‘rta ta’lim. So‘nggi bosqichni o‘quvchilar maktablarda, akademik litseylarda, texnikumlarda yoki harbiy bilim yurtlarida davom ettirishi mumkin. Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda 2017–2018-yilgi oʻquv yilida 9 yillik tizimdan amaldagi 11 yillik taʼlimga oʻtilgan edi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 7 Sep
Bugun Samarqandda “Qonli Oy”ni kuzatish mumkin 7-sentyabr, bugun osmonda noyob astronomik hodisa – to‘liq Oy tutilishi ro‘y beradi. 📍 Hodisa soat 20:28 da boshlanadi, eng yuqori nuqtasiga 23:11 da yetadi va 01:55 da yakunlanadi. Umumiy davomiylik – qariyb 5,5 soat. Tutilishning to‘liq bosqichi 82 daqiqa davom etadi. Shu paytda Oy qizg‘ish tusga kirib, xalq orasida “Qonli Oy” deb ataladigan manzara hosil bo‘ladi. Samarqandliklar ushbu hodisani ochiq osmon ostida bevosita kuzatishlari mumkin. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 6 Sep
🌤Samarqandda 7-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +15/+35° Kechasi: +15 - +20°, iliq. Kunduzi: +30 - +35°, issiq. Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 06:04 Quyosh botishi: 18:56 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 6 Sep
Endi mashinalarda ismli raqamlar bo‘ladi Hukumatning yangi qaroriga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan “Uzavtomotobelgi” DUK ochiq kim oshdi elektron savdolari orqali bunday “noyob” raqamlarni aholiga taqdim etadi, deya xabar bermoqda UzA. Asosiy shartlar: Raqamlar oltitagacha harf va (yoki) raqamdan iborat bo‘lishi mumkin; Amaldagi raqamlarni takrorlamasligi kerak; Qonunga va odob-axloqqa zid bo‘lmasligi shart. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 6 Sep
Samarqandda korrupsiya jinoyatlari ortgan 5-sentabr kuni Senat yalpi majlisida O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha milliy ma’ruza muhokama qilindi. Qayd etilishicha, 2024-yilda Samarqand, Andijon, Namangan, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida korrupsiyaga oid jinoyatlar soni oshgan. Shu bilan birga, davlat manfaatlariga eng katta zarar Andijon, Toshkent, Namangan va Sirdaryo viloyatlarida yetkazilgan. Senatorlar hududlarda korrupsiyaga qarshi kurashish choralarini kuchaytirish, xususan: korrupsiya ko‘paygan tashkilotlarda zudlik bilan chora-tadbirlar belgilash, korrupsiya haqida xabar berganlarni rag‘batlantirish, ichki nazorat tizimlarini kuchaytirish zarurligini ta’kidlangan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 6 Sep
Qoʻshrabotda oʻqituvchiga 26 million so‘mdan ziyod ta’til pullari undirib berildi Qo‘shrabot tumanida yashovchi fuqaro Abdiqahhor Baharovga 2007–2024-yillar mobaynida 28-umumiy o‘rta ta’lim maktabidagi mehnat faoliyati davomida foydalanilmagan mehnat ta’tillari uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan kompensatsiya pullari amalda berib kelinmagan. Tuman adliya bo‘limiga bu borada murojaat qilgach, o‘rganishlar olib borilib, unga 26 million 622 ming 281 so‘m miqdoridagi asosiy va qo‘shimcha ta’tillar uchun kompensatsiyalar to‘lab berilmagani aniqlandi. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 234-moddasiga koʻra, mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga barcha foydalanilmagan asosiy va qo‘shimcha ta’til kunlari uchun kompensatsiya to‘lanishi shart. Ushbu holat yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Ishtixon tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritilib, natijada A.Baharovga tegishli kompensatsiya pullari Tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan to‘lab berildi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube