TGINSIGHT CHAT
Bars | Rasmiy kanal
@bars_rasmiy
Berita dan mediaSamarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar
Postingan terbaru
Hal. 52 dari 84 · 1,007 postingan
Diposting 16 Sep
🌤Samarqandda 17-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +10/+25° Kechasi: +10 - +15°, iliq. Kunduzi: +20 - +25°, issiq. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 06:14 Quyosh botishi: 18:40 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 16 Sep
Qorasuvda ko‘p kvartirali uylarda o‘zboshimchalik bilan qurilish ishlari aniqlandi Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat inspeksiyasi Axborot xizmatining ma’lum qilishicha, ko‘p kvartirali uy-joy fondidan foydalanish qoidalari ustidan nazorat ishlari davom ettirilmoqda. Tekshiruvlar jarayonida kirish yo‘laklari, yerto‘la, tom, lift xonalari hamda kadastr bo‘yicha biriktirilmagan hududlarni egallash va qurilish qilish holatlariga qarshi choralar ko‘rilmoqda. Xususan, Samarqand shahar “Bahodir Yalangto‘sh” mahallasi, Iftixor ko‘chasi 134-uyda bir xonadon egasi deraza ostini buzib eshik ochgani va tutash hududda naves qurgani aniqlangan. Mulkdorga hilatni bartaraf etish bo‘yicha yozma ko‘rsatma berilgan. Agar mulkdor belgilangan muddatda kamchiliklarni bartaraf etmasa, unga nisbatan ma’muriy jarima qo‘llanilishi va sudga murojaat qilinishi haqida ogohlantirilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 16 Sep
Abilov Feruz Nematullayevich yangi lavozimga tayinlandi Viloyat hokimining tegishli qarori bilan Abilov Feruz Nematullayevich “Samarqand Invest kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati rahbari lavozimiga tayinlandi. Abilov Feruz Nematullayevich 1978-yilda Samarqand viloyati Narpay tumanida tug‘ilgan. U 1997-yilda Samarqand davlat arxitektura va qurilish institutini, 2009-yilda O‘zbekiston Bank-moliya akademiyasini tamomlagan. Mehnat faoliyatini qurilish va iqtisodiyot yo‘nalishida boshlagan Feruz Abilov turli yillarda tuman hokimligi va viloyat hokimligida mas’ul lavozimlarda ishlagan. 2019–2020-yillarda Oqdaryo tumani hokimi bo‘lib faoliyat yuritgan. Keyinchalik Samarqand viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha, shuningdek, moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat olib borgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 15 Sep
Prezident pedagoglar uchun bir qator imtiyozlar e’lon qildi Imtiyozli kreditdan tortib, farzandining kontraktiga chegirmagacha. Prezident pedagoglar uchun bir qator imtiyozlar e’lon qildi: 15 yil stajga ega oliy toifali pedagoglarga ipoteka boshlang‘ich badalining 25%i qoplab beriladi; pedagoglar farzandlari davlat oliygohida o‘qishga kirsa, kontrakt to‘loviga 30% chegirma beriladi; o‘qituvchilarga kompyuter xaridi uchun 10 mln so‘mgacha imtiyozli kredit ajratiladi; kelasi yildan pedagoglar davlat xizmatlari uchun to‘lovni 2 barobar kam to‘laydi; boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun ham milliy sertifikat tizimi joriy etiladi, sertifikat olganlarga har oy 15% ustama to‘lanadi; bakalavrni imtiyozli diplom bilan tugatgan o‘qituvchi maktabga ishga kirsa, avtomatik ravishda 2-malaka toifasi beriladi, magistrlarga esa 1-toifa; dunyodagi TOP-300 oliygohga o‘qishga kirgan pedagoglarga 20 ming dollargacha imtiyozli ta’lim krediti beriladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 15 Sep
Sakkiz yilda ta’lim va ilm-fanga ajratiladigan mablagʻ 6 karra oshgan "Iqtisodiyotimiz barqaror o‘smoqda, resurs va zaxiralarimiz ham yetarli. Bu – bog‘cha, maktab, texnikum va oliygohlar qurish, ta’lim va ilm dargohlarini zamonaviy jihozlash, ustoz va murabbiylarning moddiy manfaatdorligini muntazam oshirib borishning kafolati emasmi?! Bir so‘z bilan aytganda, ta’lim sifatini oshirish hamda ustoz va murabbiylarning mehnat va yashash sharoitini yaxshilash islohotlarimizning eng ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qoladi. Zero, Yangi O‘zbekistonda eng muhim soha – ta’lim, eng hurmatli insonlar – o‘qituvchi va murabbiylardir!", – dedi Prezident, oʻqituvchi va murabbiylar bilan oʻtkazilayotgan muloqot tadbirida. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 15 Sep
Samarqandlik o‘qituvchilarga davlat mukofotlari topshirildi Samarqanddagi "Yoshlar markazi" binosida bir guruh pedagoglarga Prezident farmoniga muvofiq, "Ta’lim va tarbiya tizimida alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlarni taqdirlash to‘g‘risida"gi qaror asosida davlat mukofotlari topshirildi. Marosimda Samarqand viloyati hokimi v.b. Adiz Boboyev barcha ustoz va murabbiylarni samimiy tabriklab, ularga kelgusidagi faoliyatlarida omad tiladi. — Qilingan ishlar ko‘lami katta, ammo oldinda yana ko‘plab vazifalar turibdi. Agar birgalikda ta’lim sifatini oshirsak, albatta yetuk va har tomonlama rivojlangan avlodni voyaga yetkazamiz, — dedi Adiz Boboyev. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 14 Sep
🌦Samarqandda 15-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +15/+30° Kechasi: +15 - +20°, iliq. Kunduzi: +25 - +30°, issiq. Havo biroz bulutli, kechga tomon baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Quyosh chiqishi: 06:12 Quyosh botishi: 18:45 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 13 Sep
Bulungʻurda "Pomidor sayli" boʻlib oʻtdi Bugun Bulungʻur tumanining "Fozil Yo‘ldosh" mahallasida "Pomidor sayli" boʻlib oʻtdi. Ikkinchi bor tashkil etilgan tadbirda Samarqand viloyatining koʻplab tumanlaridan tashrif buyurgan fermer xoʻjaliklari oʻzlari ixtisoslashgan meva va sabzavotlari bilan ishtirok etishdi. Tadbirda "Eng yaxshi fermer xoʻjaligi", "Eng yaxshi pomidor eksportchisi", "Eng yaxshi tashkil qilingan pavilion" kabi nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblar aniqlandi. Tanlovda 1-oʻrin Pastdargʻom, 2-oʻrin Bulungʻur, 3-oʻrin Narpay tumani vakillariga nasib etdi. Saylda faol ishtirok etgan shahar va tumanlar hamda tashkilotlar vakillari ham taqdirlandi. Maʼlumot uchun, joriy yilda Samarqand viloyati boʻylab 2631 gektar ochiq maydonda, 239 gektar issiqxonalarda pomidor navlari yetishtirilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 13 Sep
Dunyoda semirib ketgan bolalar soni ilk bor ozg‘in bolalardan oshdi UNICEF hisobotiga ko‘ra, dunyoda semirib ketgan bolalar soni ilk bor ozg‘in bolalardan oshdi. 5–19 yoshdagi har 10 boladan biri, ya’ni taxminan 188 million bola ortiqcha vazndan aziyat chekmoqda. Muammo nafaqat rivojlangan, balki kambag‘al mamlakatlarda ham keng tarqalgan. Tadqiqotchilar buning sababini yuqori kaloriya, qayta ishlangan arzon mahsulotlarning ko‘pligida ko‘rmoqda. Semizlik esa diabet, yurak kasalliklari va ayrim saraton turlarini keltirib chiqaradi. UNICEF hukumatlarni bolalar sog‘lig‘ini himoya qilish uchun maktab oshxonalarini sog‘lomlashtirish, zararli mahsulotlarga soliq joriy etish va reklamalarga cheklov qo‘yishga chaqirmoqda. Statistikaga ko‘ra, bugungi kunda dunyoda 391 million bola ortiqcha vaznga ega, eng yuqori daraja Tinch okeani orollarida — 33–38%, rivojlangan davlatlarda esa 21–27%ni tashkil etadi. Agar choralar ko‘rilmasa, 2035-yilga kelib global iqtisodiy zarar yiliga 4 trillion dollar bo‘lishi mumkin. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 12 Sep
Samarqand viloyatida havo ifloslanishiga olib keladigan qariyb 500 ga yaqin holat aniqlandi Samarqand viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining ma’lum qilishicha, 2025-yil 1-yanvardan 1-sentyabrgacha bo‘lgan davrda viloyat hududida atmosferani ifloslantirishning 497 ta holati aniqlangan. Tekshiruvlar natijasida huquqbuzarlarga jami 366 million 451 ming so‘m miqdorida ma’muriy jarimalar qo‘llanildi. Shuningdek, viloyat hududida 143 ta holatda dalalarni noqonuniy yoqish holati aniqlangan. Yoqib yuborilgan yerlarning umumiy maydoni 1 076 gektarni tashkil etadi. Shuningdek, tahlillarda o‘tgan yili Samarqandda aniqlangan va bu yil ham takroriy tarzda yoqib yuborilgan 13 ta maydon ham qayd etilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 12 Sep
Shaharlarda endi dori retsepti elektron ko‘rsatiladi O‘zbekistonda elektron retsept tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda. Endilikda shifokor yozgan dori retsepti bemor telefoniga keladi va dorixonada QR-kod orqali tekshiriladi. Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, 10-dekabrdan boshlab Toshkent, Samarqand va yana 14 ta hududda yangi tizim ishga tushadi. Bu — Prezident tashabbusi bilan sog‘liqni saqlashning yangi modeli joriy etilayotgan hududlarda amalga oshiriladi. Retseptda dori nomi, dozasi, qabul qilish tartibi va muddati aniq ko‘rsatiladi. Ma’lumotlar elektron tibbiy kartada saqlanadi, retsept esa QR-kod bilan tasdiqlanadi. Kuchli ta’sir qiluvchi, narkotik va psixotrop dorilar esa hozircha qog‘ozda yoziladi. Ular uchun elektron shakl 2027-yilgacha ishlab chiqiladi. Elektron retseptda klinika nomi, litsenziya raqami, STIR, shifokor va bemor ma’lumotlari bo‘ladi. Bu tizim dori vositalarining sotilishi va qo‘llanilishini onlayn nazorat qilish imkonini beradi. 2026-yil oxirigacha elektron retsept butun mamlakat bo‘ylab joriy qilinadi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 12 Sep
Samarqand va Jizzaxda firibgarlikka uringan shaxslar qo‘lga olindi Bosh prokuratura huzuridagi Departament va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olindi. Samarqand viloyatida “A.D.” xususiy korxonasi menejeri B.Sh. fuqarolar Sh.A. va L.I.ni Slovakiyaga ishga yuborishini aytgan. U viza olib berish bahonasida 7 000 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Jizzax viloyatida esa fuqaro B.B. ikki nafar fuqaroni AQSHga ishga yuborish uchun hujjat tayyorlab berishini aytgan. U 2 000 dollar olgan vaqtda ushlangan. Har ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25 va 168-moddalari (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube