TGINSIGHT CHAT
Bars | Rasmiy kanal
@bars_rasmiy
Berita dan mediaSamarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar
Postingan terbaru
Hal. 57 dari 84 · 1,007 postingan
Diposting 19 Agu
Raxmatullayev Alimardon Turamurodovich viloyat hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari lavozimiga tayinlandi Viloyat hokimining tegishli qarori bilan Raxmatullayev Alimardon Turamurodovich Samarqand viloyati hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari lavozimiga tayinlandi. A.Raxmatullayev mazkur tayinlovga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlar palatasi Тashkiliy-nazorat va murojaatlar bilan ishash boshqarmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat olib borgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 19 Agu
Samarqandda noqonuniy tamaki savdosi bilan shugʻullanganlar ushlandi Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi, bojxona va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.A. va S.M.ning noqonuniy faoliyati fosh etildi. Maʼlum boʻlishicha, ular Samarqand tumani va Samarqand shahridagi “Joʻyisoy” hamda “Galaosiyo” MFY hududlarida joylashgan xonadonlarda umumiy bahosi 106,2 million soʻmlik, xorijda ishlab chiqarilgan 4 900 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini noqonuniy tarzda sotish maqsadida saqlab kelgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 186-1-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 18 Agu
Samarqand viloyat Ekologiya boshqarmasi rahbari ishdan ketdi Insayderlar ma’lumotiga ko‘ra, Samarqand viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi rahbarining mehnat shartnomasi muddati 4-avgust kuni tugagan. Shundan so‘ng u lavozimidan avtomatik ravishda ozod etilgan. Shuningdek, sobiq rahbar xizmat mashinasi – davlat raqami 123 DAV bo‘lgan “Kaptiva”ni hanuz topshirmagani ta’kidlanmoqda. Ushbu avtomobil 16 marotaba yo‘l harakati qoidalarini buzgan bo‘lib, ularning aksariyati Pop, G‘allaorol, Sharof Rashidov va Oqoltin tumanlarida sodir etilgani haqida maʼlumot ochiq manbalarda qayd etilgan. Hozircha bu masala yuzasidan rasmiy maʼlumot berilmagan. Avvalroq e’lon qilgan “Samarqandda daraxtlar atay quritilmoqda, mas’ullar jim” sarlavhali xabarimizga ham boshqarma tomonidan hech qanday munosabat bildirilmagan edi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 16 Agu
17–21-avgust kunlari Samarqandda harbiy triatlon musobaqasi boʻlib oʻtadi 2025-yil 17–21-avgust kunlari Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li” xalqaro turizm markazida nufuzli 25-jahon harbiy triatlon chempionati bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqa xalqaro Harbiy sport kengashi (CISM) tomonidan tashkil etilib, unda dunyoning 14 mamlakatidan harbiy sportchilar ishtirok etadi. Musobaqalarda turli mamlakatlar armiyalarining eng kuchli sportchilari qatnashib, eng murakkab sport turlaridan birida g‘oliblik uchun kurashadi. Triatlon an’anaviy tarzda uch bosqichda — suzish, velosiped haydash va yugurish bo‘yicha o‘tkaziladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 16 Agu
Samarqandda "qizil" toifadagi mahallalar 10 foizga tushgan Viloyat Kengashining 16-sessiyasida prokuror Murodqosim Eshnazarov hududdagi jinoyatchilik holati yuzasidan axborot berdi. Unga koʻra viloyat boʻyicha: 10 721 ta kamera, 1 504 ta domofon o‘rnatildi; 1 950 ta “xavfsiz yo‘lak”, 794 ta “xavfsiz ko‘cha” tashkil etildi; 11 563 ta obyekt qo‘riqlovga olindi, 291 ta “tashvish tugmasi” o‘rnatildi; 32 mingga yaqin fuqarolarning muammolari hal qilindi. Shu orqali 976 ta jinoyatning oldi olindi, 1 344 nafar fuqaro jinoyat qurboni bo‘lishdan saqlandi. “Qizil” toifadagi mahallalar soni 109 taga (10%) tushirildi. Yilning 6 oyida qayd etilgan 5 112 ta jinoyatning 2 011 tasi IT sohasida, shundan 1 769 tasi ijtimoiy tarmoqlar orqali sodir etilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 16 Agu
Samarqandda daraxtlar atay quritilmoqda, masʼullar jim Avvalroq Samarqand shahrida qurilish hududida daraxtlar osti betonlab yuborilgani aniqlanib, Ekologiya inspeksiyasi tomonidan bartaraf etilgani va masʼullar ogohlantirilgani xabar qilingandi. Biroq tahririyatga kelib tushgan murojaatlarga ko‘ra, daraxtlar baribir xavf ostida. Fuqarolarning taʼkidlashicha, daraxt ildizlariga benzin va moy quyilgan, holat ijtimoiy tarmoqlarda tanqid qilinganiga qaramay bartaraf etilmagan. Aksincha, vaziyat yanada yomonlashgan. Murojaatchilar fikricha, avvalgi ogohlantirishlar samara bermagan. Endi masʼullar holatni jiddiy o‘rganib, ogohlantirish bilan cheklanmasdan aybdorlarni aniqlash va javobgarlikka tortish choralarini ko‘rishi zarur. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 15 Agu
22–23-avgust kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi 2025-yil 13-avgustdagi Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan, joriy yilning 22–23-avgust kunlari mamlakatimiz bo‘ylab umumxalq xayriya shanbasi bo‘lib o‘tadi. Mustaqillik kuni munosabati bilan “Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tkaziladigan tadbirda hududlarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va sanitariya holatini yaxshilash ishlari amalga oshiriladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 14 Agu
“Afrosiyob” poyezdiga qo‘poruvchilik qilgan temiryo‘lchilar qamaldi 2023-yil dekabrda brigadir lavozimidan olinib, boshqa ishga o‘tkazilgan 1988-yilda tug‘ilgan Navoiylik temiryo‘lchi hamkasbi (1992-y.t.) bilan jinoiy reja tuzdi. 2024-yil 14-yanvar kuni ular Paxtachi tumanida “Afrosiyob” tezyurar poyezdi yo‘liga 110 kg li temir-beton shpal qo‘yib, voqea joyidan qochishgan. 15–20 daqiqa o‘tib, “Toshkent–Buxoro” yo‘nalishidagi 159 km/soat tezlikda harakatlanayotgan poyezd (148 yo‘lovchi) to‘siqqa urilib, texnik qismi jiddiy shikastlandi. Zarar miqdori — 260 mln so‘m. DXX va boshqa idoralar tezkor tadbirlari bilan gumondorlar qo‘lga olindi. Sud ularni qo‘poruvchilikda aybdor deb topib, biri 13 yil, ikkinchisi 12 yilga ozodlikdan mahrum qildi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 14 Agu
Nurobodda yo‘l ishchilari ustiga mashina haydagan haydovchi jazolandi Ijtimoiy tarmoqlarda Nurobod tumanida markaziy ko‘chada ta’mirlash ishlari olib borayotgan ishchilar ustiga avtomobil haydagan haydovchi videosi tarqaldi. Videoda haydovchi yo‘l yopilganiga va to‘siq qo‘yilganiga qaramay, ta’mirlanayotgan qism bo‘ylab harakatni davom ettirgani aks etgan. IIB YHXB Axborotining bizga ma’lum qilishicha qoidabuzar shaxs aniqlanib, Nurobod tumani jinoyat ishlari bo‘yicha sudi qarori bilan 2 yilga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilgan hamda 25 BHM miqdorida jarimaga tortilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 13 Agu
⚡️MANDAT CHIQDI Yakuniy tanlov natijalari (mandat)e’lon qilindi ✅ 2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi. Tanlov natijalarini 3 xil usulda bilish mumkin. my.uzbmb.uzsayti orqali: my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. mandat.uzbmb.uzsayti orqali: mandat.uzbmb.uz saytigaabituriyentning ID raqamini kiritgan holda. Test natijalari qaydnomasi orqali: Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 13 Agu
Ishtixon va Toyloqda 182 mln so‘mlik elektr energiyasi o‘g‘irlandi Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ishtixon va Toyloq tumani bo‘limlari tekshiruvlarida “S.A.” MChJ rahbari A.I. hamda “B.G.” fermer xo‘jaligi rahbari A.S. elektr jihozlari va suv nasosini umumiy foydalanishdagi tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulab, tijorat maqsadida 182 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Holat yuzasidan JK 169-moddasi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, tergov harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 11 Agu
Samarqand tumanida firibgarlikda gumonlangan fermer ushlandi Bosh prokuratura huzuridagi Departament viloyat boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida “N.N.” fermer xo‘jaligi rahbari N.N. qo‘lga olindi. U fuqaro M.A.ga “Badal” MFY hududidagi 18 sotix yer maydonini 25 ming AQSH dollariga sotishga kelishib, 8 ming dollarni bo‘nak sifatida olgan. Qolgan 17 ming dollarni olayotganda esa ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Holat yuzasidan JKning 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube