TGINSIGHT CHAT
Bars | Rasmiy kanal
@bars_rasmiy
Berita dan mediaSamarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar
Postingan terbaru
Hal. 58 dari 84 · 1,007 postingan
Diposting 10 Agu
Jomboyda AGQS hududidagi yong‘inda uch avtomobil zararlandi Bugun, 10-avgust kuni soat 22:00 da Samarqand viloyati Jomboy tumani “Shayman” MFY hududida joylashgan avtomobillarga siqilgan gaz quyish shoxobchasi hududida yong‘in yuz berdi. Bu haqda Oʻzbekiston FVV maʼlum qildi. Voqea joyiga 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilib, soat 22:15 da yetib bordi. Yong‘in 22:21 da qurshab olindi va 22:30 da batamom o‘chirildi. Hodisa oqibatida “KIA Bongo”, “Damas” va “Gentra” rusumli avtomobillar zarar ko‘rdi. Yong‘in sababi va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda. Jarohat olganlar haqida ma’lumot kelib tushmadi. Voqea joyiga viloyat va tuman FVB rahbarlari yetib kelgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 9 Agu
Samarqandda elektr inspektorlari body-kamera va planshetlar bilan ta’minlandi Samarqand shahri va Samarqand tumani elektr ta’minoti inspektorlariga 54 ta body-kamera topshirildi. Ushbu qurilmalar joylardagi tekshiruvlar, iste’molchilar bilan muloqot hamda inspeksiya jarayonlarini audio va video ko‘rinishda qayd etish imkonini beradi. Energetika vazirligi matbuot xizmatining ta’kidlashicha, bu chora shaffoflikni oshirish, korrupsiya holatlarining oldini olish va iste’molchi bilan munosabatlarni raqamlashtirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJning "Energosavdo" Samarqand filialida “E-dalolatnoma” tizimi ishga tushirildi. Tuman va shahar elektr ta’minoti korxonalariga 158 dona planshet ajratildi. Endilikda inspektorlar dalolatnomalarni elektron shaklda rasmiylashtirib, tizimga kiritadi. Bu esa hujjatlarni tezkor qayd etish, hisobga olish va ijrosini ta’minlash imkoniyatini kengaytiradi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 8 Agu
🌤Samarqandda 6-avgust kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +19/+40° Kechasi: +19 - +24°, iliq. Kunduzi: +35 - +40°, issiq. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 05:37 Quyosh botishi: 19:48 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 8 Agu
Abituriyentlarga qo‘shimcha imkoniyat yaratildi 8-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Davlat rahbari yig‘ilishda abituriyentlar uchun muhim yangilikni e’lon qildi: “Biz abituriyentlarga 5 ta oliygohni tanlash imkonini berdik. Bu – oliy ta’limda katta sakrash, desak adolatdan bo‘ladi. Buni yanada kengaytiramiz.” Endilikda abituriyent 5 ta oliygohdan birontasiga o‘qishga kira olmagan bo‘lsada, uning to‘plagan bali boshqa OTMdagi to‘lmagan yo‘nalishga to‘g‘ri kelsa, ushbu OTM rektori uni kontrakt asosida qabul qilishi mumkin bo‘ladi. Bu tartib davlat va xususiy oliygohlar o‘rtasida sog‘lom raqobatni rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 8 Agu
Alisher Qodirov: “Lopesga ko‘rsatgan bag‘rikengligimizni dindor ayollarimizga ham ko‘rsataylik” Alisher Qodirov Jennifer Lopes konsertidan so‘ng ro‘mol o‘rab yurish huquqini himoya qildi. U yalang‘och chiqishni dunyoviylik deb qabul qilgan jamiyat ro‘mol o‘rab yurishni ham hurmat qilishi kerakligini aytdi. Qodirov pasport suratida ro‘molni majburan yechtirishga qarshi chiqib, Lopesga ko‘rsatilgan bag‘rikenglikni dindor ayollarga ham ko‘rsatishga chaqirdi. “Jennifer Lopesni konserti serdaromad ish va yopiq tadbir, narkotika tarqatib, davlatga qarshi targ‘ibot qilmasa, o‘tkazadi, tanasini ko‘rsatish uni tanlovi, ko‘rish esa tadbirga bilet olganlarniki, dunyoviylik shu. Lekin, xuddi shunday o‘ranib yurmoqchi bo‘lgan ayol vatandoshni ham tanlovi qonun bilan himoya qilingan. Yalang‘och namoyishini dunyoviylik deb qabul qildik, endi yopinib yurish huquqiga ham dahl qilmaslik kerakligini qabul qilaylik”, deydi deputat. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 7 Agu
Taksi bozori aylanmasi 7 oyda 5 trillion so‘mdan oshdi 2025-yilning yanvar–iyul oylarida taksi xizmatlari bozori hajmi 5 trillion so‘mdan oshdi. Soliq organlari axborot tizimlariga 215 ta taksi agregatori integratsiya qilindi (o‘tgan yili – 155 ta). Jami 262,2 million marotaba yo‘lovchi tashildi. Shundan: 3,6 trillion so‘m (72,2%) – naqd to‘lovlar, 1,4 trillion so‘m (27,8%) – naqdsiz to‘lovlar. O‘rtacha bitta chek summasi – 19 077 so‘m (2024-yilda – 18 456 so‘m). Agregatorlar orqali 457,3 mingga yaqin o‘zini o‘zi band qilgan haydovchi faoliyat yuritmoqda. 7 oy ichida haydovchilarning daromadlari: 1,8 ming kishi – 100 mln so‘mdan ortiq, 19,1 ming kishi – 50–100 mln so‘m, 113,7 ming kishi – 10–50 mln so‘m, 59,4 ming kishi – 5–10 mln so‘m, 122,8 ming kishi – 1–5 mln so‘m, 140,2 ming kishi – 1 mln so‘mgacha. Eng ko‘p foydalanilayotgan avtomobillar: Cobalt – 23,5% Nexia – 21,5% Lacetti – 16,9% Elektromobillar ulushi – 1,8% Agregatorlar 7 oyda jami 98,8 milliard so‘m soliq, jumladan 55,4 milliard so‘m QQS to‘lagan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 6 Agu
Samarqandda ham oʻqituvchilar majburiy mehnatga jalb etildi Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrida yana o‘qituvchilar maktab ta’miriga jalb etilgani aks etgan suratlar tarqaldi. Xususan, Samarqand shahridagi maktablardan birida o‘qituvchilar xavfli balandlikda ta’mirlash ishlari bilan shug‘ullanayotgani aytilgan. Izohlar orasida “O‘zbekistonlik o‘qituvchi dars beradi, remont qiladi, keyin esa jim yuradi” kabi kinoyali fikrlar ham bor. Holbuki, “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, o‘qituvchini kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishga jalb qilish taqiqlangan. Shunga qaramay, ijtimoiy tarmoqlarda hali ham bu kabi holatlar davom etayotgani aytilmoqda. Ayrim foydalanuvchilar hatto maktab ta’miri uchun pul yig‘ishga ham majburlik holatlari haqida yozishgan. Samarqand shahridagi 32-maktab o‘qituvchilari ta’mirga jalb etilgani haqidagi xabarlar o‘rganildi. Natijada suratdagi maktab 32-emas, balki shahardagi 24-umumta’lim maktabi ekani aniqlandi. Mazkur holat to‘liq nazoratga olindi, deb munosabat bildirdi Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 6 Agu
Samarqandda uch kunda 24 nafar shaxsning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yildi “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlarining so‘nggi uch kuni davomida Samarqand viloyatida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq 21 ta holat aniqlanib, 24 nafar shaxsning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi. Tadbirlar davomida 10 kilogrammga yaqin giyohvandlik vositalari, 1 519 tup giyohvandlik o‘simliklari hamda 80 dona kuchli ta’sir qiluvchi psixotrop dori vositalari aniqlanib, qonuniy tartibda rasmiylashtirildi. Shuningdek, profilaktik chora-tadbirlar doirasida tovlamachilik, terrorizmga oid alomatlar, qazilma boyliklari va energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish, qo‘shmachilik, firibgarlik, noqonuniy qurol saqlash kabi boshqa turdagi jinoyat holatlari ham fosh etildi. Hozirda aniqlangan holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 5 Agu
🌤Samarqandda 6-avgust kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +19/+38° Kechasi: +19 - +24°, iliq. Kunduzi: +33 - +38°, issiq. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 05:34 Quyosh botishi: 19:41 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 5 Agu
Viloyat hokimiga yangi oʻrinbosar va yordamchi tayinlandi Viloyat hokimining investitsiyalar va tashqi savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga esa ilgari O‘zbekiston Respublikasining Hindistondagi elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi bo‘lib ishlagan Xurshidbek Samiyev tayinlandi. Shuningdek, avval Samarqand viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari, so‘ngra Respublika Savdo-sanoat palatasi rahbari o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan Jamshid O‘roqov viloyat hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yordamchisi lavozimida ish boshladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 5 Agu
Samarqand viloyati hokimligida qator tayinlovlar amalga oshirildi Samarqand viloyati hokimligida bir qator yangi rahbarlar lavozimga tayinlandi. Viloyat hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Navro‘z Rahmonov tayinlandi. Bungacha u viloyat hokimi o‘rinbosari kotibiyati mudiri lavozimida faoliyat yuritgan. Urgut tumani hokimi vazifasidan ozod etilgan Botir Jabborov esa viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ish boshladi. U ushbu vazifani bundan avval bajargan Shunqor Xudoyberdiyev esa Payariq tumani hokimi lavozimiga tayinlangandi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 5 Agu
Samarqand viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimiga Sherbek Buranov tayinlandi Samarqand viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Sherbek Erkinovich Buranov tayinlandi. Sherbek Buranov 1985-yil 9-iyun kuni Samarqand viloyatining Narpay tumanida tug‘ilgan. U Toshkent moliya institutini buxgalteriya hisobi va audit mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Mehnat faoliyatini bank tizimida boshlagan Sherbek Buranov “Paxtabank” va “Ipoteka-bank”ning Samarqanddagi bo‘linmalarida rahbarlik lavozimlarida ishlagan. Tayinlovga qadar 2024-yil iyun oyidan Narpay tumani hokimi sifatida ishlab kelayotgan edi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube