TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Kembali ke saluran
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT CHAT

Bars | Rasmiy kanal

@bars_rasmiy

Berita dan media

Samarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar

Pelanggan9,380Jumlah pelanggan saat ini
Postingan terlacak1,007Jumlah postingan terindeks
Jangkauan terkini9,942Jumlah tampilan postingan terbaru
Postingan terbaru

Postingan terbaru

Hal. 59 dari 84 · 1,007 postingan

Diposting 5 Agu

Viloyat soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishi bilan Boboyev Farrux Mansurovich Samarqand viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Farrux Boboyev bugunga qadar Soliq qo‘mitasida Soliq organlari faoliyati ustidan nazorat qilish departamenti direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

912 views

Diposting 5 Agu

Urgut tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib Dilmurod Saidqulov tayinlandi Xalq deputatlari Urgut tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Sessiyada Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev ishtirok etdi. Viloyat hokimi tavsiyasiga ko‘ra, Dilmurod Bostamovich Saidqulov Urgut tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandi. U tayinlovga qadar Samarqand viloyati prokurori o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. Tuman hokimi Botir Jabborov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan vazifasidan ozod etilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

803 views

Diposting 5 Agu

Toyloq tumani hokimi etib Behzod Rahmatullayev tayinlandi Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiyada viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev, xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, viloyat va tuman tashkilotlari rahbarlari ishtirok etgan navbatdan tashqari sessiyada Samarqand viloyati hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari lavozimida faoliyat yuritib kelgan Behzod Raxmatullayevich Rahmatullayev Toyloq tumani hokimi etib tayinlandi. Behzod Rahmatullayev 2002-yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan. 2007–2009-yillarda Samarqand iqtisodiyot va servis institutida tahsil olgan, 2011-yilda esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida ta’lim olgan. U mehnat faoliyatini mahalliy hokimlik tizimida boshlagan. 2018–2020-yillar davomida Samarqand viloyati hokimligi Ishlar boshqaruvchisi lavozimida ishlagan. 2020-yil 4-iyundan boshlab viloyat hokimligi Tashkiliy-nazorat guruhi rahbari etib tayinlangan. 2018-yildan buyon Toyloq tumaniga rahbarlik qilib kelgan Bahodir Qodirovich Bobonazarov o‘z arizasiga ko‘ra, vazifasidan ozod etildi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

856 views

Diposting 5 Agu

Payariq tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib Shunqor Farmonovich Xudoyberdiyev tayinlandi 2023-yil aprel oyidan buyon Samarqand viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Shunqor Farmonovich Xudoyberdiyev Payariq tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Shunqor Xudoyberdiyev 1971-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 1988–1993-yillarda Samarqand qishloq xo‘jalik institutida tahsil olgan. Mehnat faoliyatini 1993-yilda “O‘zdehqonsanoatbank”ning Pastdarg‘om tuman bo‘limida iqtisodchi sifatida boshlagan. Keyingi yillarda “Paxta bank”ning turli bo‘limlarida bosh iqtisodchi, bo‘lim boshlig‘i va filial boshqaruvchisi lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2016-yildan Samarqand viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Shundan so‘ng Pastdarg‘om tumani hokimi etib tayinlangan. Tayinlovga qadar Sh.Xudoyberdiyev viloyat hokimining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan. 2023-yil avgustidan buyon Payariq tumaniga rahbarlik qilib kelgan Isroil Jabborov boshqa ishga o‘tishi sababli vazifasidan ozod etildi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,010 views

Diposting 5 Agu

Samarqandda “Nurobod texnoparki” maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Samarqand viloyatida “Nurobod texnoparki” maxsus sanoat zonasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (PQ–243-son, 04.08.2025 y.) qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, quyidagilar Nurobod tumanida investitsiya muhitini yanada yaxshilash va sanoatni rivojlantirishning 2025–2030-yillarga mo‘ljallangan maqsadli ko‘rsatkichlari etib belgilandi, jumladan: yuqori texnologiyali zamonaviy va sifatli sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalariga jami 1,1 mlrd AQSH dollari miqdoridagi to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish; yuqori texnologiyali zamonaviy va sifatli sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish orqali 5,1 ming doimiy ish o‘rinlarini yaratish. Nurobod tumani Sazag‘on massividagi bo‘sh turgan 115,3 gektar yer uchastkasi “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi hududidan chiqariladi va ushbu hududda “Nurobod texnoparki” maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi. Maxsus sanoat zonasini boshqarish uchun “New Vision Investment Development” MCHJ xorijiy kompaniyasi tashkil etilgan. Shuningdek,maxsus sanoat zonasida ishlab chiqarish binolarini ko‘p qavatli (3-4 qavat) qilib qurish nazarda tutilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

796 views

Diposting 4 Agu

🌤Samarqandda 5-avgust kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +19/+38° Kechasi: +19 - +24°, iliq. Kunduzi: +33 - +38°, issiq. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 05:33 Quyosh botishi: 19:42 🔰Telegram | Instagram | You Tube

770 views

Diposting 4 Agu

Samarqand viloyati hokimligi vakillari, sizlarda zig‘ircha o‘zbeklik g‘ururi yo‘qmi? Samarqandga Dushanbedan amalga oshirilgan ilk reysni kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ammo tadbirda kuzatilgan bir holat ijtimoiy tarmoqlarda keskin muhokamalarga sabab bo‘ldi: tadbir uchun tayyorlangan bannerda tojikcha bor, ruscha bor, inglizcha bor — faqat o‘zbekcha yo‘q. “Mamlakat nomidan shu tarzda ish olib borayotgan Samarqand viloyati hokimligi vakillari, sizlarda zig‘ircha o‘zbeklik g‘ururi yo‘qmi?” — deb yozadi jurnalist Ilyos Safarov. “Tadbir davomidagi nutqlar va rasmiy ma’lumotlar, shu jumladan, Samarqand xalqaro aeroporti tomonidan berilgan barcha axborotlar o‘zbek tilida ham taqdim etilgan, deyiladi Sаmarqand xalqaro aeroporti Axborot xizmati xabarida. Ma’lumot uchun “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi Qonunning 12-moddasiga ko‘ra: “Respublikada e’lonlar, peshlavhalar, narxnomalar va boshqa ko‘rgazmali axborotlar davlat tilida rasmiylashtiriladi.” 🔰Telegram | Instagram | You Tube

789 views

Diposting 3 Agu

🌤Samarqandda 4-avgust kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +19/+38° Kechasi: +19 - +24°, iliq. Kunduzi: +33 - +38°, issiq. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 05:32 Quyosh botishi: 19:43 🔰Telegram | Instagram | You Tube

746 views

Diposting 2 Agu

Samarqandda 17 yoshli o‘smirning jasadi Darg‘om kanalidan topildi Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida 17 yoshli Sh.B.ning jasadi Darg‘om kanalidan topildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi. Ma’lumotga ko‘ra, Pastdarg‘om tumanidagi “Kamolot” mahallasida yashovchi fuqaro L.V. 2025-yil 24-iyul kuni “102” qisqa raqami orqali viloyat IIBga murojaat qilib, 2007-yilda tug‘ilgan o‘g‘li Sh.B. 22-iyul kuni soat 10:00 larda sinfdoshining tug‘ilgan kuniga borishini aytgan holda uydan chiqib ketgani va shundan so‘ng bedarak yo‘qolganini bildirgan. Tergovga qadar tekshiruv jarayonida 26-iyul kuni soat 06:30 larda o‘smirning jasadi Darg‘om kanalidagi “GES 1V” gidrotexnik inshooti hududidagi suv usti chiqindi to‘sqinlik panjarasi yonidan topilgan. O‘lim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan. Hozirda tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

815 views

Diposting 1 Agu

🚓🦁Ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlariga bo‘ysunmaslik uchun jarimalar oshirildi Prezident tomonidan 31-iyulda imzolangan qonunga ko‘ra, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartishlar kiritilib, Ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmaslik uchun jarima miqdorlari oshirildi. Ichki ishlar xodimiga bo‘ysunmaslik (MJtK 194-modda) Endilikda bunday huquqbuzarlik uchun: • BHMning 5–12 baravari (2 mln 60 ming so‘mdan 4 mln 944 ming so‘mgacha) jarima belgilanadi. • Takror sodir etilsa: 12–30 baravar (4 mln 944 ming – 12 mln 360 ming so‘m) yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq. Bunga quyidagilar kiradi: • hujjatlarni taqdim etmaslik • ichki ishlar organlariga chaqiruvga bormaslik • transportni to‘xtatmaslik • jamoat tartibini saqlashga xalaqit berish va boshqa qonuniy talablarni bajarmaslik. Milliy gvardiya xodimiga bo‘ysunmaslik (MJtK 194-1-modda) • Jarima miqdori: BHMning 5–12 baravari • Takror sodir etilsa: 12–30 baravar yoki 15 sutkagacha qamoq chorasi qoʻllanilishi mumkin. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

921 views

Diposting 1 Agu

Talabalar turar joyi uchun ariza topshirish jarayonlari boshlandi 1-avgustdan boshlab talabalar Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori bilan tasdiqlangan reglament asosida my.gov.uz portali orqali yotoqxona uchun ariza topshirishlari mumkin. Reglamentga muvofiq, dastlab imtiyoz va ustuvorlikka ega bo‘lgan talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun ortib qolgan o‘rinlar navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi: • 1-kurs talabalariga — 55–65% • 2-kurs talabalariga — 15–20% • 3 va undan yuqori kurslarga — 20–25% Arizalar 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakunigacha qabul qilinadi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

777 views

Diposting 1 Agu

Sadriddin Ayniy ko‘chasining bir qismida transport harakati vaqtincha cheklanadi 1-avgust kuni Samarqand shahridagi Sulton Hovand Beka maqbarasi — Ashratxona majmuasida “Samarqand oshi” festivali bo‘lib o‘tadi. Shu munosabat bilan Samarqand shahar hokimining tegishli farmoyishi asosida, festival o‘tkaziladigan hududda jamoat tartibini ta’minlash va tadbirni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida, soat 16:00 dan 19:00 gacha Sadriddin Ayniy ko‘chasining tegishli qismida transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati maʼlum qildi. Tadbir davomida yurtimizning eng sara oshpazlari tomonidan osh damlanadi, milliy taomlar sayli, madaniy dasturlar va ko‘ngilochar chiqishlar namoyish etiladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

747 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••5758596061•••65•••70•••75•••80•••8384