TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Kembali ke saluran
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT CHAT

Bars | Rasmiy kanal

@bars_rasmiy

Berita dan media

Samarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar

Pelanggan9,380Jumlah pelanggan saat ini
Postingan terlacak1,007Jumlah postingan terindeks
Jangkauan terkini13,478Jumlah tampilan postingan terbaru
Postingan terbaru

Postingan terbaru

Hal. 56 dari 84 · 1,007 postingan

Diposting 28 Agu

⚡️O‘zbekiston aholisining soni 38 milliondan oshdi Milliy statistika qo‘mitasining ma’lumotiga koʻra, 28-avgust holatiga O‘zbekistonda doimiy aholi soni 38 milliondan oshdi. Shundan, erkaklar 19,1 mln nafarni, ayollar esa 18,8 mln nafarni tashkil etmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

840 views

Diposting 28 Agu

Kattaqoʻrgʻonda sobiq harbiy qism binolari yerini 600 ming dollarga sotmoqchi boʻlgan shaxs qoʻlga tushdi Samarqandda sobiq harbiy qism binolarini pullamoqchi boʻlgan shaxs qoʻlga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi. Ushbu holatda fuqaro L.E. Samarqand viloyati IIBB JQB Yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish boʻlinmasiga murojaat qilib, unga boshqa bir fuqaro Kattaqoʻrgʻon tumanida joylashgan tuman hokimligi zaxirasidagi yerlarni sotmoqchi boʻlayotganini bildirgan. Aniqlanishicha, fuqaro B.X. arizachiga tumanda joylashgan sobiq harbiy qism inshootlari joylashgan 12,7 gektar yer maydonini 600 ming AQSH dollari evaziga uning nomiga rasmiylashtirib berishini aytgan. Oʻtkazilgan tezkor tadbirda ushbu shaxs vaʼda qilingan pulning 40 ming dollarini avans sifatida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

971 views

Diposting 27 Agu

Samarqand shahridagi noqonuniy qurilmalar buzib tashlandi Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan olib borilgan nazorat tadbirlarida Samarqand shahar “Botir Zokirov” mahallasida noqonuniy qurilmalar aniqlangan. Xususan, Sattepo maskanidagi 80 va 69 “B” sonli ko‘p qavatli uylar oralig‘ida o‘zboshimchalik bilan qurilgan naveslar qayd etildi. Huquqbuzarlarga qonuniy tartibda tushuntirishlar berilib, ogohlantirilganidan so‘ng, noqonuniy qurilmalar ular tomonidan o‘z hisobidan to‘liq buzib tashlandi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

943 views

Diposting 25 Agu

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutiga rektor tayinlandi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 533-sonli qaroriga muvofiq, O‘roqov Sherzod Rahmonovich Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti rektori etib tayinlandi. Mazkur oliy ta’lim dargohi avval Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali sifatida faoliyat yuritib kelgan. Prezident qarori bilan endilikda Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti sifatida mustaqil institutga aylandi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,040 views

Diposting 24 Agu

Prezident Samarqandga keladi 🇺🇿 🇯🇴 Iordaniya podshohi Abdulla II ibn al-Husayn 25-26-avgust kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘ladi. Tashrifning asosiy tadbirlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi. Muzokaralar yakunida ikki tomonlama bitimlar to‘plami imzolanishi ko‘zda tutilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,730 views

Diposting 22 Agu

⚡️Yangi o‘quv yili 1-kurslar uchun 3-sentyabrdan, yuqori kurslarga 8-sentyabrdan boshlanadi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan oliy ta’lim tashkilotlari va akademik liseylarda yangi 2025/2026-o‘quv yilini boshlash sanalari tasdiqlandi. Unga ko‘ra: akademik litseylarning barcha bosqich o‘quvchilari va oliy ta’lim tashkilotlarining 1-bosqich talabalari uchun dars jarayonlari 2025-yil 3-sentyabrdan; oliy ta’lim tashkilotlarining 2- va undan yuqori bosqich talabalari uchun 8-sentyabrdan boshlanadi. Oliy ta’lim tashkilotlarida birinchi bosqichga qabul qilingan talabalar uchun “Kredit ta’limi tizimiga kirish” haftaligi hamda “Talabalikka bag‘ishlov” tadbirlari tashkil etiladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,670 views

Diposting 22 Agu

Samarqandda qalbaki avtomobil moylari ishlab chiqarayotgan sex fosh etildi Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahri bo‘limi va shahar IIB xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbirda yashirin sex faoliyatiga barham berildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, fuqaro K.R. va boshqalar “O‘zbekiston 3-berk” ko‘chasidagi uyni ijaraga olib, u yerda “Felix”, “Sibiria” va “Rosdot” brendlari nomi ostida qalbaki moy, antifriz va tormoz suyuqliklarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan. Shuningdek, ular sexni umumiy elektr tarmog‘iga noqonuniy ulab, 245 mln so‘mlik elektr energiyasidan foydalangani ham aniqlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

922 views

Diposting 21 Agu

Urgutda “tez yordam” mashinasiga yo‘l bermagan haydovchiga nisbatan chora ko‘rildi Ma’lum bo‘lishicha, voqea Urgut tumani markazidagi Qoratepa ko‘chasida sodir bo‘lgan. Holat bo‘yicha haydovchi topilib, qonuniy tartibda chora ko‘rildi va tushuntirish ishlari olib borildi, deyiladi viloyat IIB JXX YHXB Axborot xizmati xabarida. Eslatib o‘tamiz, tezkor va maxsus xizmatlarning ko‘k yoki qizil (yoki ko‘k va qizil) rangli mayoqchasi yoqilgan hamda maxsus tovushli signali ishlatilayotgan transport vositalariga yo‘l bermaslik haydovchi uchun javobgarlikka sabab bo‘ladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

985 views

Diposting 20 Agu

Urgutda transport-logistika markazi bunyod etilmoqda Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboev Urgut tumanining “Do‘stlik” mahallasida olib borilayotgan qurilish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi. Hududda temir yo‘l vokzali, avtovokzal, tibbiyot klinikasi, ixtisoslashgan maktab va ko‘p qavatli uylar bunyod etilmoqda. Yangi temir yo‘l uzeli nafaqat mintaqaning transport-logistika salohiyatini oshiradi, balki tadbirkorlik uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi hamda eksport hajmining ortishiga xizmat qiladi. Joyida mas’ullar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, qurilish va obodonlashtirish jarayonlarini jadallashtirish, yo‘lovchilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish masalalari muhokama qilindi. Yakunda aniq topshiriqlar berilib, loyihalarni imkon qadar qisqa muddatda yakunlash vazifasi qo‘yildi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,060 views

Diposting 19 Agu

🌤Samarqandda 20-avgust kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +17/+37° Kechasi: +17 - +22°, iliq. Kunduzi: +32 - +37°, issiq. Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 05:48 Quyosh botishi: 19:23 🔰Telegram | Instagram | You Tube

880 views

Diposting 19 Agu

Samarqand shahrida Triatlon bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘tkazilishi munosabati bilan ayrim ko‘chalarda transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi Samarqand shahrida joriy yilning 23-24-avgust kunlari triatlon bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan tadbirlarni yuqori kayfiyatda o‘tkazish va joylarda jamoat tartibini saqlash maqsadida 24-avgust kuni soat 06:00 dan soat 13:00 ga qadar quyidagi manzillarda transport vositalarining harakati cheklanadi. Yopiladigan asosiy ko‘chalar: – Dahbed ko‘chasi (Motrid, Xo‘jag‘unjoyish, Xumo, Ma’rifat mahallalari hududi); – Ibn Sino ko‘chasi (Oqsaroy, Ibn Sino mahallalari hududi); – Rudakiy ko‘chasi (Istiqbol, Yangi Xayrobod, Afrosiyob, Imom Vose mahallalari hududi); – Toshkent ko‘chasi (Muborak mahallasi hududi); – Registon ko‘chasi (Registon mahallasi hududi); – Universitet xiyoboni (Guri Amir, Alisher Navoiy, Hamid Olimjon mahallalari hududi); – Namozgoh ko‘chasi (Furqat, Namozgoh, Hoja Ahrori Vali mahallalari hududi); – Termiz ko‘chasi (Chashma, Qo‘shchinor mahallalari hududi); – Sadriddin Ayniy ko‘chasi (Sadriddin Ayniy, Halifa Ibrohim, Gʻofur Gʻulom, Charmgari, Bog‘i Feruza mahallalari hududi); – Shabbod ko‘chasi (Abdurahmon Jomiy, Kaftarxona, Ogahiy, Ibn Sino mahallalari hududi); – O‘zbek trakt ko‘chasi (Rasadxona mahallasi hududi); – Usta Umar Jo‘raqulov ko‘chasi (Qo‘shtamg‘ali, Qoziariq, Joʻyisoy, Sharq tongi, Davlatshoh Samarqandiy mahallalari hududi); – Zarafshon ko‘chasi (O‘zbekkenti mahallasi hududi); Musobaqa masofalari: 1,9 kilometr suzish; 87 kilometr velosiped; 21,5 kilometr yugurish; Yo‘llar yopilishi bois haydovchi va piyodalarni vaqtinchalik noqulaylik yuzaga kelishi va harakatda ehtiyotkor bo‘lishga chaqiramiz, deyiladi viloyat IIB JXX YHXB Axborot xizmati xabarida. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,580 views

Diposting 19 Agu

Samarqandda ikki muhim kadr tayinlovi amalga oshirildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining buyrug‘iga asosan Yuldashev Sherali Mamaraimovich agentlikning Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. U mazkur tayinlovga qadar O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlagan. Shuningdek, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi buyrug‘i bilan Jabborov Isroil Ismoilovich ushbu uyushmaning Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. U bunga qadar Payariq tumani hokimi vazifasida faoliyat olib borgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

857 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••5455565758•••60•••65•••70•••75•••80•••8384