TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Kembali ke saluran
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT CHAT

Bars | Rasmiy kanal

@bars_rasmiy

Berita dan media

Samarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar

Pelanggan9,380Jumlah pelanggan saat ini
Postingan terlacak1,007Jumlah postingan terindeks
Jangkauan terkini12,698Jumlah tampilan postingan terbaru
Postingan terbaru

Postingan terbaru

Hal. 71 dari 84 · 1,007 postingan

Diposting 13 Mei

⚡️14−16-may kunlari respublikada anomal issiqlik va kuchli shamol bo‘lishi kutilmoqda O‘zgidromet 14−16-may kunlari respublikada anomal issiqlik va kuchli shamol bo‘lishi bilan bog‘liq ogohlantirish xabari ishlab chiqdi. 14-mayda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida, 15−16-mayda O‘zbekiston hududining katta qismida havo harorati kunduz kunlari +39…+41 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda +42…+43 darajagacha koʻtariladi. 14−15-may kunlari shimoliy va cho‘l zonalarida, 16−17-may kunlari respublika bo‘ylab ba’zi joylarda shamol 15−18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zon bo‘lishi kutilmoqda. 17-may kuni ayrim tumanlarda shamolning tezligi 20−22 m/s gacha kuchayishi mumkin. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

982 views

Diposting 13 Mei

O‘zbekistonda 2024–2025-yillarda 4 931 ta pornografik kontentga ega veb-sayt aniqlanib bloklandi Shu bilan birga, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qimor o‘yinlari bilan bog‘liq 4 302 ta veb-resurs va qurol-yarog‘ savdosiga oid 29 397 ta holat fosh qilingan. Ushbu materiallar faoliyati cheklangan yoki to‘xtatilgan. 2024-yil davomida noqonuniy internet kontentining o‘sish ko‘rsatkichlari: • narkotik moddalarni targ‘ib qiluvchi materiallar — 112 barobar, • pornografik kontent — 5,3 barobar, • fishing va soxta akkauntlar — 3,8 barobar oshgan. Internetdagi xavfli va noqonuniy ma’lumotlardan foydalanuvchilarni himoya qilish maqsadida “Onlayn-platforma va veb-saytlar foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

919 views

Diposting 12 Mei

🌤Samarqandda 13-may kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +17/+39° Kechasi: +17 - +22°, iliq. Kunduzi: +34 - +39°, iliq. Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 05:19 Quyosh botishi: 19:38 🔰Telegram | Instagram | You Tube

850 views

Diposting 12 Mei

Samarqandda elektrobuslarda internetdan bepul foydalanish mumkin boʻladi Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida «Samarqand yo‘lovchi trans» DK elektrobuslarida Wi-Fi aloqa tizimi o‘rnatildi. Ushbu aloqa tizimi barcha elektrobuslarda yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, shahar yo‘nalishlarida qatnovchi elektrobus yo‘lovchilari internetdan bepul foydalanishlari mumkin. Bu haqda"Samarqand yo‘lovchi trans" DK axborot xizmati maʼlum qildi. Wi-Fi internet aloqasi ayni paytda sinov tariqasida ishlamoqda va "Bu elektrobusda Wi-Fi bor" degan yorliqlar elektrobuslarga bosqichma-bosqich yopishtiriladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

909 views

Diposting 12 Mei

Maktab imtihonlari 26-maydan boshlanadi Imtihonlar sanasi: 9- va 11-sinflar uchun — 26-maydan 15-iyungacha 9-sinflar uchun Jismoniy tarbiya imtihoni — 1-6-may 11-sinflarda Kasbiy ta’lim fani imtihoni — 17-20-iyun (amaliy shaklda) Batafsil: uzedu.uz/uz/news/1944 Imtihon fanlari: 📚 9-sinf: Ona tili va adabiyoti / Davlat tili (yozma) Matematika (yozma) O‘zbekiston tarixi (yozma/og‘zaki) Jismoniy tarbiya (amaliy) 📚 11-sinf: Ona tili va adabiyoti / Davlat tili (yozma) Matematika (asosiy yoki chuqurlashtirilgan) (yozma) Tarix (yozma) Tanlov fanlari (yozma) Chet tili (yozma/og‘zaki) Eslatma: Milliy sertifikatga ega va chet tili bo‘yicha sertifikati mavjud o‘quvchilar ushbu fanlar bo‘yicha imtihonlardan ozod etiladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,070 views

Diposting 11 Mei

🌤Samarqandda 12-may kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +15/+37° Kechasi: +15 - +20°, iliq. Kunduzi: +32 - +37°, iliq. Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Quyosh chiqishi: 05:20 Quyosh botishi: 19:37 🔰Telegram | Instagram | You Tube

968 views

Diposting 11 Mei

Oʻzbekistonliklar yana Amerikada yoʻllarni toʻsib, raqsga tushdi Nyu-Yorkda samarqandliklar to‘y korteji bilan yo‘lni to‘sib, raqsga tushgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. AQSHdagi asosiy shaharlararo yo‘llardan biri o‘zbekistonliklar uyushtirgan raqs tufayli to‘y korteji yo‘lni to‘sib qo‘ygan. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari yo‘llardagi raqslarni qoralab, AQSH hududida bo‘lgan o‘zbekistonliklarni deportatsiya qilishni talab qilib, izohlar yozib qoldirishgan. Hozircha kortej ishtirokchilariga nisbatan rasmiy chora ko‘rilgani haqida ma’lumot yo‘q. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,190 views

Diposting 11 Mei

Oʻzbekistonda eng koʻp qaysi davlat fuqarolari tahsil olmoqda? Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2024/2025- oʻquv yili boshiga respublikamizdagi oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan xorijlik talabalarning umumiy soni 12,5 ming nafarni tashkil etgan. Oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan xorijlik talabalarning davlatlar kesimidagi soni quyidagicha: Hindiston – 6502 nafar; Turkmaniston – 1430 nafar; Pokiston – 1250 nafar; Rossiya Federatsiyasi – 732 nafar; Qozogʻiston – 639 nafar; Qirgʻiz Respublikasi – 369 nafar; Xitoy – 325 nafar; Tojikiston – 322 nafar; Koreya Respublikasi – 197 nafar; Afgʻoniston – 157 nafar; Kanada – 126 nafar; Boshqalar – 431 nafar. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,030 views

Diposting 10 Mei

🌤Samarqandda 11-may kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +15/+35° Kechasi: +15 - +20°, iliq. Kunduzi: +30 - +35°, iliq. Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Quyosh chiqishi: 05:21 Quyosh botishi: 19:35 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,000 views

Diposting 10 Mei

Kattaqoʻrgʻontumanida 85 yoshli otaxon 511 tup nasha ekkani aniqlandi Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi 85 yoshli fuqaro o‘z hovlisida 511 tup nasha ekib, parvarishlab kelgani ma’lum bo‘ldi. Bu holat “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari davomida aniqlangan. Ichki ishlar va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan olingan tezkor ma’lumot asosida “Moybuloq” MFYdagi ushbu fuqaroning uyi ko‘zdan kechirilgan. Natijada u yerda og‘irligi taxminan 500 gramm bo‘lgan quritilgan giyohvandlik moddasi ham topilgan. Mazkur holat hujjatlashtirilib, hozirda tuman ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,130 views

Diposting 10 Mei

Bulungʻurda YPX xodimining qonuniy talabini bajarmasdan ko‘plab piyodalarning hayotini xavf ostiga qo‘yib harakatlangan haydovchi ushlandi Qoidabuzar yigit holatni rasmiylashtirayotgan tezkor xodimga 6 mln 200 ming so‘m pora taklif qilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,560 views

Diposting 10 Mei

Paxtachida Zarafshon daryosidan qum-shagʻal aralashmasini noqonuniy qazib qilayotganlarga chora koʻrildi Paxtachi tuman Ekologiya bo‘limi Davlat inspektorlari Urganji MFY hududidan oqib o‘tuvchi Zarafshon daryosida nazorat tadbiri o‘tkazdi. Unda Navoiy viloyati Navbahor tumani Yaltirobod MFY fuqarosi I.I. daryo o‘zanidan o‘z texnikasi yordamida noqonuniy qum-shag‘al qazib, yuklayotgani aniqlangan. Texnika jarima maydonchasiga joylashtirilib, unga MJtKning 70-moddasi pr-1 qismiga asosan 11 250 000 so‘m jarima va tabiatga yetkazilgan 14 152 320 so‘m zarar undirish belgilangan. Shuningdek, inspektorlar talabiga bo‘ysinmay qochmoqchi bo‘lgan yuk tashuvchi texnika haydovchilari shaxsi aniqlanib, har biriga nisbatan MJtKning 82-moddasi 2-qismiga asosan ma’muriy ish qo‘zg‘atildi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,090 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••6970717273•••75•••80•••8384