TGINSIGHT CHAT
Bars | Rasmiy kanal
@bars_rasmiy
Berita dan mediaSamarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar
Postingan terbaru
Hal. 69 dari 84 · 1,007 postingan
Diposting 21 Mei
Samarqandda “Onix” haydovchisining “shovvozligi” chora ko‘rishga sabab bo‘ldi Samarqand shahri ko‘chalarida tungi reyd tadbirlari davomida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan yo‘l harakati qoidabuzarliklariga qarshi keskin choralar ko‘rilmoqda. Ana shunday profilaktik tadbirlardan biri davomida “Onix” rusumli avtomashinasiga noqonuniy tarzda sirena o‘rnatib olgan haydovchi aniqlanib, to‘xtatildi. Aniqlanishicha, mazkur fuqaro o‘z transport vositasini maxsus tovush signal qurilmasi bilan jihozlab, yo‘l harakatida o‘zini maxsus xizmat vakilidek tutishga uringan. Mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, haydovchiga nisbatan ma’muriy javobgarlik belgilandi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 21 Mei
Chet el fuqarolari, jumladan, o‘zbekistonliklarning ham Rossiyaga kirishiga yangi talab joriy qilindi 2025-yil 30-iyundan boshlab vizasiz tartibda Rossiyaga kelayotgan chet el fuqarolari “Gosuslugi RuID” mobil ilovasi orqali oldindan ro‘yxatdan o‘tishi va *QR-kod* olishi shart bo‘ladi. QR-kodni chegaradan o‘tishda taqdim etish talab etiladi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun: * shaxsiy kabinet yaratish; * fotosurat va shaxsiy ma’lumotlarni yuklash; * Rossiyada bo‘lish muddatini ko‘rsatish kerak. Ariza safardan kamida 72 soat oldin berilishi lozim. ‼️ Agar kelish zarurati to‘satdan (masalan, og‘ir kasallik yoki yaqin qarindosh vafoti) paydo bo‘lsa, arizani 4 soat qolganda ham topshirish mumkin. Quyidagilar ro‘yxatdan o‘tishdan ozod qilinadi: * Belarus fuqarolari; * 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar; * viza, vaqtinchalik yoki doimiy yashash ruxsatnomasiga ega shaxslar. 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun arizani ularning ota-onalari yoki qonuniy vakillari topshiradi — ularda ham shaxsiy ro‘yxatdan o‘tish kodi bo‘lishi shart. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 20 Mei
🌤Samarqandda 21-may kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +17/+38° Kechasi: +17 - +22°, iliq. Kunduzi: +33 - +38°, issiq. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 05:12 Quyosh botishi: 19:44 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 20 Mei
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Samarqand viloyati bo‘limiga rahbar tayinlandi Kubayev Xolbek Shirinboyevich Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Samarqand viloyati bo‘limi rahbari lavozimiga tayinlandi. X.Kubayev tayinlovga qadar Qo‘shrabot tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 19 Mei
Samarqand shahri ko‘chalari bo‘ylab o‘tkazilgan tungi reyd tadbirlari davomida maktab o‘quvchisining avtomobil boshqarib yurgani aniqlandi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 19 Mei
Viloyat sport boshqarmasi hamda Milliy Olimpiya qo‘mitasining Samarqand viloyati bo‘linmasiga rahbar tayinlandi Nurmanov Jasur Ne’matovich Samarqand viloyati sport boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. J.Nurmanov 1981-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ushbu tayinlovga qadar Gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi direktori lavozimida faoliyat olib borgan. Sobirov Qayum Hamroyevich O‘zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo‘mitasining Samarqand viloyati bo‘linmasi ijrochi direktori lavozimiga tayinlandi. Q.Sobirov o‘tgan davr mobaynida Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi boshlig‘i, Jomboy tumani hokimi lavozimlarida faoliyat olib borgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 18 Mei
🌤Samarqandda 19-may kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +15/+33° Kechasi: +15 - +20°, iliq. Kunduzi: +28 - +33°, issiq. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Quyosh chiqishi: 05:14 Quyosh botishi: 19:42 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 18 Mei
Toyloq tumanida YTH oqibatida 4 nafar fuqaro vafot etdi 2025-yil 16-aprel kuni Samarqand viloyati Toyloq tumanida sodir bo‘lgan YTH oqibatida haydovchi va 3 nafar yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘ldi. IIV xabariga ko‘ra, soat 04:30 larda “Adas” MFY hududidan o‘tuvchi D-069 avtomobil yo‘lida harakatlanayotgan Cobalt mashinasi yo‘ldagi sun’iy chuqurga tushib, g‘ildiraklari yorilgan va boshqaruv yo‘qolgan. Natijada mashina ariqqa ag‘darilib ketgan. O‘rganishlar davomida aniqlanishicha, ushbu yo‘ldan foydalanishga mas’ul korxona tomonidan asfalt qoplamasi kesilgan, ammo ta’mirdan oldin zarur belgilar o‘rnatilmagan. Holat yuzasidan mas’ullarga nisbatan JKning 269-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 17 Mei
Samarqandda davlat raqam belgisini oʻzboshimchalik bilan yechib olib, old va yon oynalari tusini ruxsatnomasiz qoraytirgan BMW mashinasi haydovchisiga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtoulov vaqtincha saqlash maydonchasiga joylashtirildi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 17 Mei
Yaponiyada 5 nafar o‘zbekistonlik erkak bir nechta jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanib hibsga olindi Ular 2024-yil 30-dekabr kuni Shibuyada uch nafar xorijlikka hujum qilib, 210 ming iyena (1400 dollar)lik buyumlarini o‘g‘irlagan. Asosiy gumonlanuvchi, 21 yoshli Hasanboy Do‘smatov tergovda advokatisiz gapirishdan bosh tortgan. Politsiyaga ko‘ra, ular Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan va ko‘chada uxlayotganlarni talagan. Guruh o‘g‘irlangan kartalar orqali iPhone xarid qilib, 8 million iyenadan (55 ming dollar) ortiq foyda ko‘rgan bo‘lishi mumkin. Do‘smatov Telegram orqali guruhga topshiriqlar bergan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 16 Mei
🌤Samarqandda 17-may kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +19/+38° Kechasi: +19 - +24°, iliq. Kunduzi: +33 - +38°, issiq. Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, faqat kechga tomon qisqa muddatli yomgʻir yogʻish, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi, ayrim joylarda baʼzida 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Quyosh chiqishi: 05:16 Quyosh botishi: 19:41 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 16 Mei
Samarqandda narkokanal faoliyatiga chek qo‘yildi DXX Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida “Tojikiston–Surxondaryo–Samarqand” yo‘nalishidagi narkotik yetkazib berish bilan shugʻullangan guruh, narkokanal faoliyatiga chek qo‘yildi. Holat yuzasidan sud tomonidan 4 nafar shaxs o‘ta og‘ir giyohvandlik vositalari savdosida aybli deb topilib, ularning barchasiga uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube