TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Kembali ke saluran
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT CHAT

Bars | Rasmiy kanal

@bars_rasmiy

Berita dan media

Samarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar

Pelanggan9,380Jumlah pelanggan saat ini
Postingan terlacak1,007Jumlah postingan terindeks
Jangkauan terkini17,250Jumlah tampilan postingan terbaru
Postingan terbaru

Postingan terbaru

Hal. 72 dari 84 · 1,007 postingan

Diposting 9 Mei

🌤Samarqandda 10-may kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +15/+35° Kechasi: +15 - +20°, iliq. Kunduzi: +30 - +35°, iliq. Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 05:23 Quyosh botishi: 19:33 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,000 views

Diposting 9 Mei

Samarqandda gaz-havo aralashmasi chaqnashi oqibatida 6 nafar fuqaro vafot etdi 2025-yil 8-maydan 9-mayga o‘tar kechasi Samarqand shahri “Bog‘isaroy” MFY, Spitamen ko‘chasidagi uylardan birida gaz-havo aralashmasi chaqnashi sodir bo‘ldi. Hodisa natijasida uyning temir-beton konstruksiyalari qulab tushib, 1, 2, 3-qavatlar va yerto‘la qismi zarar ko‘rgan. Yong‘in sodir bo‘lmagan. Vayronalar ostidan 6 nafar fuqaroning jasadi topilgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshchiligida Prokuratura, IIB, SSB, MG, “Hududgazta’minot” va boshqa xizmatlar ishtirokida tezkor shtab tuzilib, oqibatlarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Voqea joyiga 10 ta maxsus texnika va kuch vositalari jalb etilgan. Holat yuzasidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,080 views

Diposting 8 Mei

🌦Samarqandda 9-may kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +15/+32° Kechasi: +15 - +20°, iliq. Kunduzi: +27 - +32°, iliq. Havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 05:23 Quyosh botishi: 19:33 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,150 views

Diposting 8 Mei

Kattaqoʻrgʻon tumanida AYOQSHda baxtsiz hodisa oqibatida 2 nafar fuqaro vafot etdi va 1 nafar fuqaro tan jarohati oldi 2025-yil 7-may kuni soat taxminan 15-06 larda Kattaqoʻrg‘on tumani, “Qoʻshtepa” MFYda joylashgan XXX MCHJga qarashli AYOQSH hovlisida yer usti qismida joylashgan 2 dona hajmi 10 m3 bo‘lgan yoqilg‘i saqlovchi sig‘imlariga (solyarka) “ZIL” rusumli avtomashina yoqilg‘i quyish vaqtida yong‘in sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga koʻra, chaqnash natijasida 2 nafar fuqaro vafot etgan va 1 nafar fuqaro tan jarohati bilan tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,180 views

Diposting 8 Mei

9-may – Xotira va qadrlash kuni Samarqand shahridagi Xotira maydonida viloyat hokimligi, harbiylar, huquq-tartibot idoralari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, mehnat faxriylari, yoshlar, keng jamoatchilik vakillari jam bo‘ldi. Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev boshchiligida Motamsaro ona haykali poyiga gul qo‘yildi. Bugungi tinch kunlar uchun jonini fido qilganlar xotirasi yodga olindi. Maʼlumot uchun, Ikkinchi jahon urushi yillarida Samarqand viloyatidan 26 540 nafar fuqaro frontga safarbar etilgan. Ulardan 10 579 nafari urushdan qaytmagan, halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan. Samarqandliklar urush yillarida nafaqat frontda, balki front ortida ham katta hissa qo‘shganlar. 1942-yilda viloyat aholisi tomonidan oziq-ovqat va kiyim-kechak ortilgan 85 vagon frontga yuborilgan. Shuningdek, urush tufayli vayron bo‘lgan hududlardan 165 ming kishi, jumladan, 20 mingdan ziyod yetim bolalar Samarqand viloyatiga evakuatsiya qilingan va joylashtirilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

2,880 views

Diposting 7 Mei

9-may munosabati bilan Toshkent — Samarqand yo‘nalishida qo‘shimcha “Afrosiyob” qatnaydi 8, 9, 10 va 11-may kunlari Samarqand — Toshkent yo‘nalishida “Afrosiyob” poyezdining qo‘shimcha qatnovlari tashkil etiladi. Transport vazirligi harakat jadvali haqida ma’lumot berdi. Avvalroq Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi O‘zbekistonliklar 9-may munosabati bilan, 9-may (juma) – Xotira va qadrlash kuni; 10-may (shanba) – 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun ish kuni; 11-may (yakshanba) – dam olish kuni ekanligini maʼlum qilgan edi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,210 views

Diposting 7 Mei

Prezident Ishtixondagi poliklinikani tanqid qildi Ishtixondagi “O‘zbekiston” nomli poliklinikaga 7 ta mahalla biriktirilgan. Lekin 6 nafar oilaviy shifokor 9 ta shtatni band qilib, yuklamani eplay olmayapti. Bu poliklinikada yana 6 ta vrach shtati bo‘sh. Kafolatlangan paketga zarurati puxta o‘ylanmasdan 90 turdagi dori kiritilgani bois poliklinikaga buning yarmi ham kelmayapti. Poliklinikadagi laboratoriya tahlilini birorta shifoxona tan olmaydi. Eng ko‘p murojaat bolalar kasalliklariga to‘g‘ri kelgani bilan, oilaviy shifokorlarda ko‘nikma yetishmagani uchun ular pediatr vazifasini to‘liq bajara olmayapti. Tug‘ruq yoshidagi 9 ming ayol uchun bor-yo‘g‘i 1,5 stavka ginekolog shtati berilgan. Shu bois, ushbu tizim o‘zgarishi belgilandi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,370 views

Diposting 6 Mei

🌤Samarqandda 7-may kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +17/+38° Kechasi: +17 - +22°, iliq. Kunduzi: +33 - +38°, iliq. Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 05:26 Quyosh botishi: 19:31 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,190 views

Diposting 6 Mei

Sirtqi ta’lim shakliga qabul tugatiladi Farmonga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yilidan ta’limning sirtqi shakliga qabul tugatiladi hamda kunduzgi ta’limdan boshqa muqobil ta’lim shakllari bo‘yicha qabul kvotalari oshirib boriladi. Shuningdek, 2025/2026-o‘quv yilidan: oliy ta’lim tashkilotlarining muqobil ta’lim shakllari bo‘yicha umumiy qabul kvotasini kunduzgi ta’lim shakli qabul natijasining 50 foizidan oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi; magistratura bosqichida muqobil ta’lim shakllari asosida ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashga ruxsat beriladi; oliy ta’lim tashkilotlarida muqobil ta’limning kredit-modul tizimiga asoslangan maqbullashtirilgan kunduzgi ta’lim shakli (part-time education) bo‘yicha o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi; muqobil ta’lim shakllariga talabalarni belgilangan me’yordan ortiqcha qabul qilish litsenziya talab va shartlarini qo‘pol ravishda buzish deb baholanadi hamda lisenziyani bekor qilish uchun asos hisoblanadi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,900 views

Diposting 6 Mei

Samarqand shahrining ayrim hududlarida ichimlik suvi vaqtincha toʻxtatiladi Samarqand shahar hokimligi Axborot xizmatining maʼlum qilishicha, Samarqand shahrida Abu-Dabi taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokidagi "Samarqand shahrida suv taʼminoti tizimlari va yoʻl tarmoqlarini modenrizatsiya qilish" loyihasi asosida "Samarqand suv ta'minoti" AJ shahar filialiga qarashli "Mulyon" suv taqsimlash inshootida taʼmirlash ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan bugun, 6-may kuni soat 23:00 dan 8-may kuni soat 08:00 gachaSadriddin Ayniy,Termez,Gulobod,Navro‘ziy,Lolazor,Turkiston,Sulaymon Buxoriy,Buyuk Ipak Yoʻli,Narpay,Dam Ariq,Tong,Mirzo Bedil,Ali Qushchi koʻchasi va Sartepo,Madadkor,Dukchiyon,Ahmad Yassaviy,Bekho,Bunyodkor,Furqat,Koʻl, Navbogʻchiyon,Yangi Qo‘rgʻon,Qavola,Bogʻi Safed,Amir Temur,Oʻrikzor,Shodlik mahallalari va shunga tutash hududlarda vaqtinchalik ichimlik suvi to‘xtatiladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,120 views

Diposting 6 Mei

9-may kuni Qizil maydonda Oʻzbekiston parad boʻlinmalari oʻtadi Paradning boshqa ishtirokchilari orasida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Belarus, Ozarbayjon, Vetnam, Misr, Xitoy, Laos, Mo‘g‘uliston va Myanma bo‘linmalari ham bo‘ladi. “13 davlatning parad boʻlinmalari Qizil maydondan oʻtishi juda muhim”, dedi Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,730 views

Diposting 6 Mei

Dargʻom kanalidan qum qazib olayotganlar javobgarlikka tortildi Samarqand tumani Ekologiya bo‘limi inspektorlari Gulobod MFY hududidan oqib o‘tuvchi Darg‘om kanali atrofida nazorat reydi o‘tkazdi. Tadbir davomida ushbu hududda yashovchi fuqaro N.B. ogohlantirishlarga qaramay, kanal o‘zanidan qora qum aralashmasini noqonuniy qazib olayotgani aniqlandi. Holat yuzasidan bayonnoma rasmiylashtirilib, fuqaro MJtKning 70-moddasi¹- qismiga asosan 11 250 000 so‘m jarimaga tortildi. Hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,440 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••707172737475•••80•••8384