TGINSIGHT CHAT
Bars | Rasmiy kanal
@bars_rasmiy
Berita dan mediaSamarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar
Postingan terbaru
Hal. 73 dari 84 · 1,007 postingan
Diposting 3 Mei
🌤Samarqandda 4-may kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +15/+35° Kechasi: +15 - +20°, iliq. Kunduzi: +30 - +35°, iliq. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 05:29 Quyosh botishi: 19:28 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 1 Mei
Samarqandda qancha boʻsh ish oʻrni bor? Viloyat Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi ma’lumotlari 2025-yil holatiga ko‘ra, Samarqand viloyatida jami 11 355 ta korxonada bo‘sh ish o‘rinlari mavjud bo‘lib, ular umumiy hisobda 22 546 ta ish joyini tashkil etadi. Soha kesimida eng ko‘p bo‘sh ish o‘rinlari quyidagilarga to‘g‘ri kelmoqda: Xizmat ko‘rsatish – 6 244 ta; Ta’lim – 4 022 ta; Qishloq xo‘jaligi (ruxsatdan o‘tgan) – 4 110 ta; Sog‘liqni saqlash – 1 284 ta; Sanoat va ishlab chiqarish – 2 585 ta; Qurilish – 1 992 ta. Eng kam ish o‘rinlari mavjud sohalar: Moliyaviy xizmatlar va sug‘urta – 55 ta; Madaniyat – 201 ta; Aloqa va axborot texnologiyalari – 189 ta. Jami bo‘sh o‘rinlar soni: 22 546 ta. Jami korxonalar soni: 11 355 ta. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 1 Mei
Samarqandda fuqarolarni noqonuniy yo‘llar bilan AQSHga yubormoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi Davlat xavfsizlik xizmatining Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan prokuratura va ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Samarqand tumanida istiqomat qiluvchi, 1990 y.t. shaxs Navoiy shahrida yashovchi fuqaroni “Turkiya-Yevropa-Meksika” yo‘nalishi orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborish evaziga 28 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 14 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 30 Apr
Kattaqoʻrgʻondagi o‘rmon yong‘inida 50 mingdan ortiq daraxt va buta yonib ketdi Kattaqo‘rg‘on davlat o‘rmon xo‘jaligi hududida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in 10,5 gektar maydonni qamrab olib, 7,4 gektar yerga jiddiy zarar yetgan. O‘rganishlar davomida 49 580 tup yulg‘un, 116 tup jiyda va 5 tup tol daraxti nobud bo‘lgani aniqlandi. Ushbu hodisa natijasida atrof-muhitga qariyb 1 milliard 884 million so‘m miqdorida zarar yetkazilgan. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha mutasaddilar voqea joyini o‘rganib, qonun buzilish holatlarini qayd etgan. Xususan, o‘rmon to‘g‘risidagi qonunlar talablari buzilgani ma’lum bo‘lib, holat yuzasidan barcha hujjatlar prokuratura organlariga yuborilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 30 Apr
🌤Samarqandda 1-may kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +15/+33° Kechasi: +15 - +20°, iliq. Kunduzi: +28 - +33°, iliq. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 05:34 Quyosh botishi: 19:24 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 30 Apr
1-maydan nimalar o‘zgaradi? ➖ Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar uchun kommunal to‘lovlar bo‘yicha kompensatsiyalar joriy etiladi. ➖ Davlat hokimiyati organlarida HR-amaliyotlarni takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘riladi. ➖ Ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash uchun yangi tashabbuslar tatbiq qilinadi. Bu va boshqa o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumotni videodan bilib olishingiz mumkin. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 30 Apr
⚡️ 13 ta OTM Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tasarrufiga o'tdi Prezident farmoniga koʻra, pedagogik kadrlar tayyorlaydigan 13 ta OTM boshqa vazirlik tizimiga oʻtdi. Samarqand viloyatidan: Samarqand davlat universiteti Kattaqoʻrgʻon filiali – Kattaqoʻrgʻon davlat pedagogika instituti sifatida; Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti – Samarqand davlat pedagogika instituti sifatida. Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi bu OTMlarda talabalar oʻzlashtirishi sifatini tekshirishini maʼlum qilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 29 Apr
🌤Samarqandda 30-aprel kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +13/+30° Kechasi: +13 - +18°, iliq. Kunduzi: +25 - +30°, iliq. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Quyosh chiqishi: 05:34 Quyosh botishi: 19:24 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 29 Apr
“Bizda qonunlar davlat tilida qabul qilinadi” – Senator qonunning rus tilidagi matniga eʼtiroz bildirdi Bugun, 29-aprel kuni boʻlib oʻtgan Oliy Majlis Senatining oltinchi yalpi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonuni ham muhokama qilindi. Qonun yuzasidan Senatning byudjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi raisi — Erkin Gadoyev maʼruza qildi. Mazkur jarayonda senator Azamat Ziyo qonun faqat davlat tilida yaʼni oʻzbek tilida qabul qilinishi kerakligi haqida ogohlantirish bilan chiqdi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 29 Apr
18 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan o‘zini-o‘zi band qilgan fuqarolarga 7 yilgacha muddatga 100 mln so‘mgacha mablag‘lar imtiyozli mikroqarz sifatida ajratiladi Asosiy ma’lumotlar: - Asosiy qarz bo‘yicha imtiyozli davr - 2 yil - Foiz to‘lovi bo‘yicha imtiyozli davr - 3 oy - Kredit muddati - 7 yilgacha - Kredit miqdori - 100 mln so‘mgacha Mazkur imtiyozli mikroqarz quyidagi yo‘nalishlarda ajratiladi: - tomorqalardan samarali foydalanish; - chorvachilik; - parrandachilik; - qishloq xo‘jaligining boshqa yo‘nalishlari. Qo‘shimcha ma’lumotlar Kredit manbasi - "Yoshlar biznesi" dasturi Tijorat banki - AT "Aloqabank" tayanch "yoshlar banki" Garov ta’minoti - sug‘urta polisi ta’minoti yoki uchinchi shaxs kafilligi Maqomi - O‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslarga 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 28 Apr
🌤Samarqandda 29-aprel kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +17/+33° Kechasi: +17 - +22°, iliq. Kunduzi: +28 - +33°, iliq. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Quyosh chiqishi: 05:35 Quyosh botishi: 19:23 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 28 Apr
Samarqandda xorijiy davlatlarga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “S.S” MCHJ ta’sischisi O.O‘. va ish boshqaruvchisi S.R. internet ijtimoiy tarmog‘ida xorijiy davlatlarga ishga yuborishlari haqida e’lon berib, 6 nafar fuqaroni Germaniya va Angliya davlatlariga ishga yuborishlari evaziga ularning jami 12 700 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan. Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlar o‘tkazilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube