TGINSIGHT CHAT
Bars | Rasmiy kanal
@bars_rasmiy
Berita dan mediaSamarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar
Postingan terbaru
Hal. 79 dari 84 · 1,007 postingan
Diposting 9 Apr
Amir Temurning harbiy strategiyasidan Napoleon ham foydalanganmi? Tarix sahnasida yuksak harbiy salohiyati bilan nom qoldirgan Amir Temur va Napoleon Bonapart o‘rtasidagi o‘xshashliklar ko‘plab tadqiqotchilarni qiziqtirib keladi. Amir Temur jangovar yurishlarda harakat erkinligi, aniq reja va ma’lumotga asoslangan qarorlarni ustun qo‘yar edi. Uning jang maydonini ongli tanlashi, dushmanni chalg‘itish va bo‘linmalarni maqsadli boshqarish uslubi o‘z davri uchun yangilik bo‘lgan. Napoleon ham o‘z harbiy yurishlarida ana shu yondashuvlarga yaqin usullarni qo‘llagan. Manbalarda keltirilishicha, u Misr yurishi paytida Sharqdagi sarkardalar, jumladan, Amir Temur haqida ma’lumotlar bilan tanishgan. Garchi u Temur strategiyasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri nusxa olmagan bo‘lsa-da, ayrim g‘oyalarni o‘z tajribasiga moslashtirgani ehtimoldan xoli emas. Bu esa Temurning harbiy tafakkuri nafaqat o‘z zamonasi, balki undan keyingi asrlar sarkardalari uchun ham ilhom manbai bo‘lganini ko‘rsatadi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 9 Apr
Ayrim koʻchalarda tirbandlik yuzaga keldi Samarqandda Sohibqiron Amir Temur tavalludi munosabati bilan oʻtkazilgan gul qoʻyish marosimi sababli koʻchalarda tirbandlik yuzaga kelgan. Tadbir tufayli ayrim koʻchalarda avtomobillar harakati vaqtincha cheklangan. - Yarim soatlik tadbir uchun xalq azob yeyabdi-da, deyiladi videoda. Koʻchalar "probka". Masʼullar shuni oldinroq eʼlon qilib, muqobil yoʻllarda tartib saqlash uchun DAN xodimini qoʻyganda bunday boʻlmasdi, degan murojaatchi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 8 Apr
🌦Samarqandda 9-aprel kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +12/+26° Kechasi: +12 - +17°, iliq. Kunduzi: +21 - +26°, iliq. Havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 06:04 Quyosh botishi: 19:03 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 8 Apr
Xitoy delegatsiyasi Samarqandda boʻldi Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev va Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Losang Gyaltsen boshchiligidagi Xitoy delegatsiyasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqotda ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi hamkorlik masalalari, madaniy almashinuv va turizmni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Tomonlar ushbu sohalardagi hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlariga to‘xtalib o‘tgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 8 Apr
Samarqandda Imom Moturidiy yodgorlik majmuasini kengaytirish uchun 217 ta turarjoy binosi buziladi Madaniy meros agentligining ma’lum qilishicha, ushbu binolar madaniy meros ob’yektlari qatoriga kirmaydi va ularning egalariga kompensatsiya to‘lanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 6165 son farmoyishi qabul qilingan. Ushbu farmoyishga ko‘ra, Samarqand shahrining “Chokardiza” qabristonida joylashgan “Imom Moturidiy” yodgorlik majmuasini rekonstruksiya qilish, majmua atrofidagi buyuk ulamolarning qabrlarni qayta tiklash, hududlarni obodonlashtirish va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini yaxshilash orqali yirik ziyorat markazini tashkil etish rejalashtirilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 8 Apr
“O‘zatom” Samarqandda oʻtkazilgan Atom energetikasi konferensiyasiga 5,9 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ sarfladi Davlat xaridlari portali maʼlumotlariga koʻra, “Oʻzatom” agentligi tomonidan 2024-yil dekabr oyida Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan atom energiyasi boʻyicha xalqaro konferensiyani tashkil etish uchun 5,9 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ sarflangan. Konferensiyani tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha xizmatlari uchun Prezident Administratsiyasi huzuridagi “Interforum” davlat unitar korxonasiga 4 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi. Shuningdek, “Samarkand Touristic Center” MChJga turizm xizmatlari ko‘rsatgani uchun qariyb 2 milliard so‘m to‘langan. Mehmonxona, aviachiptalar, oʻquv kurslari va reklama roliklari uchun ham katta mablagʻ ajratildi. Batafsil oʻqish 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 8 Apr
Oʻzbekistonning doimiy aholisi soni 2 % ga koʻpaygan Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning 1-aprel holatiga Oʻzbekistonda doimiy yashovchi aholi soni 37,7 mln kishini tashkil etgan. ✅ Bu koʻrsatkich, 2024-yilning mos davriga nisbatan 2 foizga koʻpaygan. Shundan: Ayollar soni – 18 714,9 ming kishi; Erkaklar soni – 18 982,9 ming kishi; Shahar joylarda – 19 216,4 ming kishi; Qishloq joylarda – 18 481,4 ming kishi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 7 Apr
🌤Samarqandda 8-aprel kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +10/+28° Kechasi: +10 - +15°, iliq. Kunduzi: +23 - +28°, iliq. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 06:05 Quyosh botishi: 19:02 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 7 Apr
Endilikda 11-sinf bitiruvchilari maktab bergan sertifikat bilan ishlashi mumkin bo‘ladi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining "Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari bitiruvchilarini oʻrgangan kasb-hunari boʻyicha yakuniy imtihondan oʻtkazish va ularga davlat namunasidagi elektron sertifikat berish tartibi toʻgʻrisida"gi nizomni tasdiqlash haqidagi qoʻshma qarori loyihasi eʼlon qilindi. Unga koʻra, endilikda oʻquvchilar ularning iqtidori va qiziqishlariga mos kasb-hunarga yoʻnaltirilib, bitiruvchilar egallaydigan kasb-hunar boyicha amaliy imtihondan oʻtkaziladi va ularga elektron sertifikat beriladi. Kasb-hunarga oʻqitish dasturi doirasida yakuniy imtihondan muvaffaqiyatli oʻtganlarga beriladigan sertifikat orqali maktab bitiruvchilari ishlash huquqini qoʻlga kiritadilar. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 6 Apr
Samarqand shahri Zarafshon ko‘chasida yuzaga kelgan D-1000 mm diametrli ichimlik suv quvuridagi avariya holatini bartaraf etish ishlari davom etmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 6 Apr
Samarqand shahrida 3 nafar shaxs 44 yoshli erkakni pichoq bilan qo‘rqitib pullarini o‘g‘irladi Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi. Joriy yil 30-mart kuni Samarqand shahrida yashovchi 44 yoshli fuqaro R.D., Samarqand shahar IIO FMB “102” qisqa raqamiga murojaat qilib, 2025-yil 29-mart kunidan 30-mart kuniga o‘tar kechasi nomaʼlum shaxslar yashash xonadoniga kirib, pichoq bilan qo‘rqitib, uyidan 1.900 AQSH dollari miqdoridagi pullarini olib ketganini maʼlum qilgan. Holat bo‘yicha Samarqand shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 164-moddasi 2-qismi “a” va “b” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov-tezkor harakatlari natijasida, 2 nafar 23 yoshli shaxslar jinoyatga aloqador ekanligi aniqlangan. Bundan tashqari mazkur jinoyatda, yana 24 yoshli fuqaro X.S. va 17 yoshli voyaga yetmagan A.F. ham bo‘lgani aniqlanib, barcha gumon qilinuvchilar protsessual tartibda ushlangan. Dastlabki tergov davom etmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 6 Apr
O‘zbekiston Respublikasida kvartira(uy)lar soni qancha? Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvar holatiga respublikada kvartira (uy)lar soni qariyb 7,6 milliontani tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 92,5 mingtaga yoki 1,2 %ga oshgan. O‘zbekiston Respublikasidagi kvartira(uy)lar soni yillar kesimida quyidagicha (1-yanvar holatiga): 2021-yil – 6,6 mln; 2022-yil – 7,1 mln; 2023-yil – 7,3 mln; 2024-yil – 7,5 mln; 2025-yil – 7,6 mln. 🔰Telegram | Instagram | You Tube