TGINSIGHT CHAT
Bars | Rasmiy kanal
@bars_rasmiy
Berita dan mediaSamarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar
Postingan terbaru
Hal. 9 dari 84 · 1,007 postingan
Diposting 3 Mar
Samarqandlik o‘qituvchi va o‘quvchi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi Shavkat Mirziyoyev qaroriga ko‘ra, samarqandlik ikki vakila Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Mukofot sohibalari: Samarqand davlat universiteti Amaliy psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi, PhD Tohirova Mohigul Umir qizi 33-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 11-sinf o‘quvchisi Mamedova Amaliya Parvizovna Ma’lumot uchun, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti har yili yuksak iqtidor, faollik va namunali yutuqlarga erishgan qizlarga topshiriladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 3 Mar
O‘zbekistonda tibbiyot oliygohlarida superkontrakt bekor qilinishi mumkin O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik muhokamasiga qo‘ygan qaror loyihasiga ko‘ra, 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab tibbiyot oliygohlariga talabalarni superkontrakt asosida qabul qilish to‘xtatilishi mumkin. Shuningdek, “davolash ishi” va “pediatriya ishi” yo‘nalishlari negizida 6 yillik “Umumiy tibbiyot” bakalavriati joriy etiladi. Bitiruvchilar oilaviy shifokor sifatida faoliyat yuritadi. 2027-yil 1-yanvardan boshlab davlat granti asosida o‘qigan va maxsus imtihondan o‘tgan bitiruvchilar uchun quyidagi majburiy ish soatlari joriy etiladi: Qoraqalpog‘iston va viloyatlardagi birlamchi tibbiy muassasalar – 1 500 soat Tuman va shaharlar (Toshkent shahridan tashqari) – 2 000 soat Viloyat darajasidagi muassasalar – 2 500 soat Toshkent shahri va respublika darajasidagi muassasalar – 3 000 soat Loyihaga ko‘ra, o‘quv modullari va davlat imtihonlarida minimal o‘tish ballari shifokorlar uchun 70 foiz, o‘rta tibbiy xodimlar uchun 60 foiz etib belgilanadi. Qaror loyihasi hozircha muhokama bosqichida. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 3 Mar
Narpayda 1 500 dollar evaziga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi Narpay tumanida mahalliy fuqaro A.Sh.ga “Dilshod” ismli shaxs o‘zini Paxtachi tumani IIB Kiberxavfsizlik bo‘limi xodimi sifatida tanishtirib, yuqori lavozimdagi tanishlari orqali ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilgani aniqlandi. Buning evaziga u 1 500 AQSH dollari talab qilgan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida mazkur shaxs fuqaro O.R.dan 1 500 AQSH dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 3 Mar
Ishtixonda gaz ballon portlashi oqibatida 5 kishi jarohatlangan 10-fevral kuni Ishtixon tumanining Dehqonobod mahallasidagi uylardan birida maishiy gaz balloni portlagan edi. Hodisa oqibatida 5 nafar fuqaro turli darajadagi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Manbalarga ko‘ra, jabrlanganlarning uch nafari yosh bolalar bo‘lib, onasi 85 foiz kuyish bilan og‘ir ahvolda qolmoqda. O‘rganishlar yakunlari bo‘yicha hozirga qadar qo‘shimcha axborot berilgani yo‘q. Ayni paytda jabrlangan oila a’zolari ijtimoiy tarmoqlar orqali davolanish uchun yordam so‘ramoqda. Mazkur holat yuzasidan mahalliy hokimlik va mas’ul tashkilotlar tomonidan jabrlanganlarga qanday amaliy yordam ko‘rsatilgani hozircha ma’lum emas. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 2 Mar
⛅️Samarqandda 3-mart kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +3/+15° Kechasi: +3 - +8°, iliq. Kunduzi: +10 - +15°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:04 Quyosh botishi: 18:22 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 2 Mar
Samarqandda tuman hokimlari xizmat safariga yaqinlarini yuborgani tasdiqlandi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Samarqand viloyatida o‘tkazilgan o‘rganishlarda Qo‘shrabot va Kattaqo‘rg‘on tuman hokimliklarida xorijiy xizmat safarlarini rasmiylashtirishda qoidabuzarliklar aniqladi. Qo‘shrabotda Xitoyga yuborilgan delegatsiya tarkibiga safar maqsadiga aloqador bo‘lmagan shaxslar, jumladan, hokimning yaqinlari va haydovchisi kiritilgani ma’lum bo‘ldi. Ayrim shaxslar asossiz ravishda ro‘yxatga qo‘shilgani ham aniqlangan. Kattaqo‘rg‘onda ham XXRga xizmat safariga maqsadga daxldor bo‘lmagan xodim yuborilgani qayd etildi. Shuningdek, xizmat safarlari haqidagi ma’lumotlar ochiq e’lon qilinmagani aniqlangan. Hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan. Eslatib o‘tamiz, mazkur holatlar yuzasidan tuman hokimligi axborot xizmati avvalroq bu ma’lumotlarni rad etib kelayotgan edi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 2 Mar
Urgut va Toyloq tumanlarida xazon yoqqan fuqarolar jarimaga tortildi Urgut tumani Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan Kenagas mahallasida o‘tkazilgan reyd tadbirida fuqaro B.S. o‘z hududida to‘plangan o‘simlik qoldiqlari hamda barg-xazonlarni ochiq alanga bilan yoqayotgani aniqlangan. Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 88-moddasi 3-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMning 3 barobari miqdorida jarima qo‘llanilgan. Yana bir holat Toyloq tumanining Davlatobod MFY hududida aniqlanib, fuqaro T.T. tomonidan qurib qolgan xas-xashak va o‘simlik qoldiqlarini ochiq alanga bilan yoqib yuborilgani ma’lum bo‘lgan. Mazkur holat bo‘yicha MJtKning 88-moddasi 3-qismiga asosan 1 236 000 so‘m miqdorida jarima qo‘llanilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 2 Mar
Samarqandlik fuqaro yonidan 8 400 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari aniqlandi Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi, 1996-yilda tug‘ilgan shaxs hamda uning 1999-yilda tug‘ilgan samarqandlik tanishi poytaxt hududida to‘xtatilib tekshirilgan. Tekshiruv davomida ularning yonidan 8 400 dona “Regapen” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlangan. Shuningdek, ular vaqtincha ombor sifatida foydalanib kelgan Chilonzor tumanidagi xonadondan yana 12 600 dona “Regapen”, 10 ming dona ishlab chiqaruvchi firmasi noma’lum bo‘lgan, qo‘lbola usulda tayyorlangan turli dori vositalari, dorilarni qadoqlash uchun mo‘ljallangan 500 dona idish hamda qalbaki dorilar qadoqlariga tegishli yozuvlarni tushirishga mo‘ljallangan markerlovchi mini-printer qurilmasi ashyoviy dalil sifatida olingan. Holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 1 Mar
⛅️Samarqandda 2-mart kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +3/+14° Kechasi: +3 - +8°, iliq. Kunduzi: +9 - +14°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Quyosh chiqishi: 07:05 Quyosh botishi: 18:22 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 27 Feb
Samarqand viloyati teleradiokanaliga direktor tayinlandi Ibodullayev Mannob Mahmatmurodovich Samarqand viloyati teleradiokanali direktori etib tayinlandi. 1996-yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi — o‘zbek filologiyasi (o‘zbek tilshunosligi). Mehnat faoliyatini “Zarafshon” gazetasida boshlagan. Turli yillarda Samarqand viloyati hokimi matbuot kotibi hamda viloyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 27 Feb
⛅️Samarqandda 28-fevral kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +1/+15° Kechasi: +1 - +6°, iliq. Kunduzi: +10 - +15°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:07 Quyosh botishi: 18:24 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 27 Feb
🏘Желаете обеспечить безопасность своего дома в один клик – с помощью мобильного устройства? Осуществите это с помощью проекта 🔐 Департамента охраны 📱«Умный дом»! Звоните прямо сейчас по номеру 📞1131 и станьте обладателем специального предложения. 🔰Telegram | Instagram | You Tube