TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Kembali ke saluran
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT CHAT

Bars | Rasmiy kanal

@bars_rasmiy

Berita dan media

Samarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar

Pelanggan9,380Jumlah pelanggan saat ini
Postingan terlacak1,007Jumlah postingan terindeks
Jangkauan terkini14,010Jumlah tampilan postingan terbaru
Postingan terbaru

Postingan terbaru

Hal. 8 dari 84 · 1,007 postingan

Diposting 6 Mar

Toyloqda 440 mln so‘mlik qalbaki alkogol savdosining oldi olindi Samarqand viloyatida katta miqdordagi qalbaki alkogol mahsulotlarining savdoga chiqarilishining oldi olindi. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toyloq tumani bo‘limi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.F.ga tegishli omborxonada qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari saqlanayotgani aniqlangan. Ma’lum bo‘lishicha, omborxonada sotish maqsadida saqlab kelingan, umumiy qiymati qariyb 440 mln so‘m bo‘lgan 86 turdagi jami 16 960 dona alkogol mahsulotlari borligi aniqlanib, ular ashyo dalili sifatida rasmiylashtirib olingan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,250 views

Diposting 6 Mar

Turkiyada samarqandlik ayol qotillik qurboni bo‘ldi Turkiyaning Balikesir viloyati Burhoniya tumanidagi bo‘sh yer maydonidan samarqandlik 46 yoshli Dilafruz Cho‘lliyevaning jasadi topildi. Ma’lum qilinishicha, u ishlash maqsadida Turkiyaga borib, keksa va bemor kishini parvarish qilgan. Ayol 21-yanvar kuni bozorga chiqish uchun ruxsat olib, uyidan chiqib ketgan va shundan so‘ng bedarak yo‘qolgan. Uning jasadi 2-mart kuni topilgan. Hozirda jasadni O‘zbekistonga yuborish hamda zarur ma’muriy-huquqiy jarayonlar Bosh konsullik tomonidan muvofiqlashtirilmoqda. Qotillikda gumonlanib 4 nafar shaxs qo‘lga olingan bo‘lib, ular O‘zbekiston fuqarolari ekani aytilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,150 views

Diposting 6 Mar

❄️9–12 mart kunlari sovuq va nam havo kirib keladi O‘zgidromet respublika hududiga 9–12 mart kunlari sovuq va nam havo oqimlari kirib kelishi bo‘yicha ogohlantirish e’lon qildi. Ma’lum qilinishicha, 9–11 mart kunlari respublika bo‘ylab vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik kuzatiladi. Ayrim hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Havo harorati keskin pasayishi kutilmoqda. Shimoliy hududlarda harorat —10 darajagacha, boshqa joylarda esa —3 darajagacha tushishi mumkin. Kunduz kunlari ham harorat nol daraja atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Shuningdek, nam havo oqimlari kirib kelishi bilan ayrim joylarda shamol tezligi soniyasiga 25 metrgacha kuchayishi mumkin. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,120 views

Diposting 6 Mar

Pastdargʻom tumanida sudya pora bilan ushlandi Korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan Prokuratura organlari hamda Sudyalarning oliy kengashi bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda fuqarolik ishlari boʻyicha Pastdargʻom tuman sudi sudyasi pora olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Maʼlum boʻlishicha, sudya aliment masalasi boʻyicha ko‘rilayotgan ishni daʼvogarning foydasiga ijobiy hal qilib berish evaziga 300 AQSH dollari talab qilgan. Hozirda sudyaga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,150 views

Diposting 5 Mar

🌦Samarqandda 6-mart kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +3/+12° Kechasi: +3 - +8°, iliq. Kunduzi: +7 - +12°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, ayrim joylarda yomgʻir yogʻadi, ayrim joylarda kuchli boʻlishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:00 Quyosh botishi: 18:28 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,080 views

Diposting 5 Mar

Toshkent – Samarqand o‘rtasida yangi zamonaviy avtomagistral quriladi Toshkent – Samarqand yo‘nalishida qurilishi rejalashtirilayotgan yangi avtomagistralning loyihaviy tezligi soatiga 150 kilometr bo‘ladi. Loyihaga ko‘ra, yo‘lning umumiy uzunligi 282 kilometrni tashkil etadi. Shundan 140 kilometr qismida tuproqni mustahkamlash ishlari amalga oshiriladi. Magistral qurilishi doirasida 12 ta transport yechimi, 91 ta ko‘prik hamda 16 ta yo‘l o‘tkazgich barpo etilishi rejalashtirilgan. Besh yil davomida qurilishi ko‘zda tutilgan ushbu yo‘l Ia toifali, ya’ni avtomobil yo‘llari uchun eng yuqori texnik va xavfsizlik standartlariga javob beradigan magistral bo‘ladi. Unda har biri 3,75 metr kenglikdagi sement-beton qoplamali 6 ta harakat tasmasi barpo etiladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,100 views

Diposting 5 Mar

🔐Obyekt va xonadoningiz qo‘riqlovini bizga ishoning. Hoziroq 1131 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling va maxsus taklif egasiga aylaning! 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,080 views

Diposting 5 Mar

Samarqand viloyatida bugun ham yog‘ingarchilik kutilmoqda Bugun Samarqand viloyatida havo asosan bulutli bo‘lib, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Oʻzgidromet prognoziga ko‘ra, ayrim hududlarda yog‘ingarchilik miqdori 5–15 millimetrgacha yetishi mumkin. Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik nisbatan kuchli bo‘lishi kutilmoqda. Shu sabab tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel kelish xavfi mavjud. Kun davomida havo harorati +5…+10 daraja atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,170 views

Diposting 4 Mar

🌦Samarqandda 5-mart kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +5/+10° Kechasi va kunduzi: +5 - +10°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, ayrim joylarda yomgʻir yogʻadi, ayrim joylarda kuchli boʻlishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:01 Quyosh botishi: 18:27 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,260 views

Diposting 4 Mar

O‘zbekistonliklar 8-martda necha kun dam oladi? Amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 208-moddasiga ko‘ra, agar bayram kuni dam olish kuniga (shanba yoki yakshanba) to‘g‘ri kelsa, dam olish kuni keyingi ish kuniga ko‘chiriladi. 2026-yilda 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami yakshanba kuniga to‘g‘ri keladi. Shu sababli dushanba kuni qo‘shimcha dam olish kuni bo‘ladi. 7-mart, shanba — dam olish kuni (6 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun ish kuni) 8-mart, yakshanba — bayram va dam olish kuni 9-mart, dushanba — bayramdan ko‘chirilgan qo‘shimcha dam olish kuni 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,340 views

Diposting 4 Mar

Jinsiy jinoyatlar bo‘yicha tergov vakolati prokuraturaga o‘tkazilmoqda 2026-yil 1-noyabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 118-modda (nomusga tegish), 119-modda (jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish), 121-modda (shaxsni jinsiy aloqaga majbur etish), 128-modda (16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish), 128-1-modda (16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan shaxs bilan moddiy qimmatlik yoki boshqa manfaat evaziga jinsiy aloqa qilish), 129-modda (16 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuqi harakatlar qilish)da nazarda tutilgan jinoyatlar bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv va dastlabki tergov faqat prokuratura organlari tomonidan amalga oshiriladi. Bu tartib Prezident farmoni bilan belgilandi. Ma’lumot uchun, amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 345-moddasiga ko‘ra, yuqoridagi toifadagi jinoyatlar bo‘yicha dastlabki tergov ichki ishlar organlari tergovchilari tomonidan olib borilar edi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,260 views

Diposting 3 Mar

🌦Samarqandda 4-mart kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +5/+12° Kechasi: +5 - +10°, iliq. Kunduzi: +7 - +12°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:02 Quyosh botishi: 18:26 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,050 views
12•••5678910•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384