TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Kembali ke saluran
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT CHAT

Bars | Rasmiy kanal

@bars_rasmiy

Berita dan media

Samarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar

Pelanggan9,380Jumlah pelanggan saat ini
Postingan terlacak1,007Jumlah postingan terindeks
Jangkauan terkini14,308Jumlah tampilan postingan terbaru
Postingan terbaru

Postingan terbaru

Hal. 7 dari 84 · 1,007 postingan

Diposting 11 Mar

⛅️Samarqandda 12-mart kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 - 5/+8° Kechasi: - 5 - -0°, sovuq. Kunduzi: +3 - +8°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 06:47 Quyosh botishi: 18:32 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,310 views

Diposting 11 Mar

Samarqandda erkak xotinining o‘limiga sabab bo‘lgani uchun 6 yilga qamaldi Sud hujjatlariga koʻra 2025-yil 29-avgust kuni er-xotin dala ishlaridan qaytgach, ular o‘rtasida janjal kelib chiqqan. Nizo paytida erkak qo‘lida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan turmush o‘rtog‘ining bo‘yin qismiga zarba bergan. Jabrlanuvchi zudlik bilan tuman shifoxonasiga olib borilgan, ammo ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay vafot etgan. Sud-tibbiy ekspertizaga ko‘ra, ayolning o‘limiga kuchli qon yo‘qotish va travmatik shok sabab bo‘lgan. Sud jarayonida erkak aybiga to‘liq iqror bo‘lgan. Uning harakatlari Jinoyat kodeksining 126¹-moddasi (o‘limga sabab bo‘lgan oilaviy zo‘ravonlik) bilan malakalangan. 2026-yil 17-fevral kuni sud hukmi bilan u 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan. Jazo tayinlashda sudlanuvchining muqaddam sudlanmagani, aybiga iqror bo‘lgani hamda uning to‘rt nafar farzandi borligi inobatga olingan. Shuningdek, marhumaning onasi suddan kuyoviga nisbatan qat’iy jazo tayinlamaslikni so‘ragan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,400 views

Diposting 11 Mar

Samarqand viloyat sudining yangi raisi tanishtirildi Samarqand viloyati sudida navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi Baxtiyor Islamov va Samarqand viloyat hokimi Adiz Boboyev hamda viloyat huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari, viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan sud raislari va sudyalar ishtirok etdi. Prezidentimizning 2026-yil 3-martdagi farmoyishi bilan Dilshod Rajabov Samarqand viloyat sudi raisi lavozimiga tayinlandi. Yig‘ilishda yangi tayinlangan viloyat sudi raisi jamoaga tanishtirilgan. Ma’lumot uchun D.Rajabov ushbu lavozimga 5 yil muddatga, sudyalik vakolati doirasida tayinlangan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,310 views

Diposting 10 Mar

🌦Samarqandda 11-mart kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 - 0/+5° Kechasi: - 0 - +3°, sovuq. Kunduzi: +2 - +5°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, kechasi baʼzi joylarda biroz (yomgʻir, qor) boʻladi, tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-10 m/s gacha kuchayishi mumkin. Quyosh chiqishi: 06:47 Quyosh botishi: 18:30 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,150 views

Diposting 10 Mar

Samarqandda oqova suv tarmog‘iga noqonuniy ulanish holati aniqlandi Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi tomonidan o‘tkazilgan reyd davomida Samarqand shahrining “Kulollar” mahallasida yashovchi fuqaro oqova suv tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, undan noqonuniy foydalanganligi aniqladi. Mazkur holat yuzasidan fuqaroga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 163¹-moddasiga asosan 2 million 60 ming so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi. Ichimlik suvi va oqova suv tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish qonunchilikka ko‘ra taqiqlangan. Nazorat tadbirlari viloyat hududlarida davom etmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,150 views

Diposting 10 Mar

Samarqand viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining buyrug‘iga asosan Rivojiddin Jaloliddinovich Mahkulov Samarqand viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar Rivojiddin Mahkulov Samarqand viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i kotibiyati mudiri lavozimida faoliyat yuritgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,150 views

Diposting 10 Mar

⚡️Texnikum o‘qituvchilari va xodimlariga 200 foizgacha ustama to‘lanadi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-fevraldagi VMQ-51-son qarori bilan xalqaro ta’lim dasturlari joriy etilgan texnikum xodimlari mehnatiga haq to‘lashning yangi tartibi tasdiqlandi. Qarorga ko‘ra: 100 foizlik ustama — xalqaro ta’lim dasturlariga jalb qilingan direktor, bosh buxgalter, o‘qituvchilar hamda ishlab chiqarish ustalariga har oy majburiy ustama to‘lanadi. Rag‘batlantirish jamg‘armasi — mehnatga haq to‘lash fondining 50 foizi miqdorida maxsus jamg‘arma tashkil etiladi. Natijaga qarab mukofot — yuqori reyting ko‘rsatkichlariga erishgan pedagoglarga bazaviy stavkasiga nisbatan 200 foizgacha qo‘shimcha rag‘bat puli berilishi mumkin. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,140 views

Diposting 10 Mar

Samarqandda qish va bahor “uchrashdi” Oʻzbekiston hududiga kirib kelgan sovuq va nam havo oqimi taʼsirida Samarqandda ham qor yogʻmoqda. Iqlimshunos Erkin Abdulahatovning taʼkidlashicha, bu joriy mavsumdagi soʻnggi bahoriy qor boʻlishi mumkin. Shuningdek, ayrim hududlarda havo harorati -9 darajagacha pasayishi kutilayotgani sababli mevali daraxtlarni sovuq urish xavfi mavjudligi maʼlum qilindi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,360 views

Diposting 10 Mar

Qo‘shrabotda yangi qurilgan bino ta’mirtalab holatga kelib qoldi Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi uchun 2024-yilda yangi ma’muriy bino qurilib, tantanali ravishda foydalanishga topshirilgan edi. Biroq oradan taxminan 2 yil o‘tib, mazkur binoda jiddiy kamchiliklar kuzatilayotgani ma’lum bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda yaqinda yoqqan yomg‘irdan so‘ng yangi binoning tom qismidan suv oqayotgani koʻrinadi. Mazkur holat yuzasidan qurilish jarayonida texnik nazorat qay darajada olib borilgani, obyektni foydalanishga qabul qilishda barcha talablar to‘liq bajarilganmi yoki yo‘qmi, deb yozgan tarmoq faollari. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

858 views

Diposting 9 Mar

🌦Samarqandda 10-mart kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +5/+20° Kechasi va kunduzi: +15 - +20°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-10 m/s gacha kuchayishi mumkin. Quyosh chiqishi: 06:52 Quyosh botishi: 18:35 🔰Telegram | Instagram | You Tube

920 views

Diposting 9 Mar

Pastdarg‘omda kadastr muhandisi 2,5 ming dollar pora bilan ushlandi Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Davlat kadastrlari palatasining Samarqand viloyati boshqarmasi Pastdarg‘om tuman filiali kadastr muhandisi pora olayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Aniqlanishicha, u o‘zining vakolatli tanishlari orqali mahalliy fuqaroga tegishli 2 sotix yer maydonining kadastr pasportini davlat ro‘yxatidan o‘tkazib berish evaziga 2,5 ming AQSH dollari talab qilib, ushbu pulni olayotgan vaqtida ushlangan. Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi hamda 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,130 views

Diposting 6 Mar

🌦Samarqandda 7-mart kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +3/+20° Kechasi: +3 - +8°, iliq. Kunduzi: +15 - +20°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, kechasi va ertalab ayrim joylarda yomgʻir yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:00 Quyosh botishi: 18:31 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,430 views
12•••5678910•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384