TGTGInsightintelligence telegramLIVE / telegram public index
Torna ai canali
Laylo Rustamova avatar

TGINSIGHT CHAT

Laylo Rustamova

@iteducation_pr

Marketing e pubblicità

Head of PR at IT Education Association Instgram: https://www.instagram.com/laylorustamova/ Facebook: https://www.facebook.com/Laylo Rustamova Telegram: https://t.me/LayloRustamova

Iscritti1,200Iscritti attuali
Post tracciati1,001Post indicizzati
Reach recente140,010Visualizzazioni post recenti
Post recenti

Post recenti

Pag. 43 di 84 · 1,001 post

Pubblicato 25 feb

Hilola Umarova:Oʼzbekiston Qahramoni Muhabbat Sharopovaning 74 yoshda professor ilmiy unvonini olganliklari haqida eshitib hayratimni yashirolmadim

2,170 views

Pubblicato 22 feb

Ҳар куни мактабдан чиққанида қабристонга кетган ва уй вазифаларини онасининг қабри устида қилган Ғазодаги етим бир бола. "Яхши бола бўлсам, онам тинч ётади" деб ўйлаган қалби меҳрга тўла етим жигарим... Бизнинг фарзандлар эса тинч юртда кенг шароитларда онасининг олдида дарс қилмаса, нима қилиш керак ҳайронман... Оналар ҳам телефонда ёки телеграмда ғийбатдан бўшамас экан, ўз фарзандларининг душманлари бўлиб қолаверадилар. Бугун бизнинг инжиқликларимиз, қайсарликларимиз ҳаммаси тинчлик ва тўқликдан. Фаластин ёки Суриядек ўқ-бомбалар остида яшаганимизда, фикрлашимиз ҳам бошқача бўларди. Тафаккур қилиш ўзингизга ҳавола, дўстлар.

2,670 views

Pubblicato 17 feb

— Катта бўлсам Президент бўламан ва ҳамма ўқитувчиларга мукофот бераман. — Нима учун ўқитувчиларга? — Бизни қандай эплай олишаётганини тасаввур ҳам қила олмайман.

32,100 views

Pubblicato 14 feb

Xavotiriga oʼrin yoʼq! Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hududiy boʼlinmalari mahalliy hokimliklar tuzilmasiga oʼtkazilayotgani boʼyicha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlar yuzasidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi quyidagilarni maʼlum qiladi: Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va mahalliy hokimliklar masʼuliyatini oshirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Farmoni loyihasida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining hududiy boʼlinmalarini mahalliy hokimliklar tuzilmasiga oʼtkazish qayd etilgan va ushbu hujjat loyihasini tegishli vazirlik va davlat idoralar bilan kelishish uchun Аdliya vazirligi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi — project.gov.uzga joylashtirilgan. Shu oʼrinda taʼkidlash joizki, ushbu normativ-hujjat hozirda loyiha boʼlib, rasmiy kuchga ega emas. Аyni damda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Farmon loyihasidagi tegishli bandlar boʼyicha eʼtiroz bildirilib, Аdliya vazirligi bilan muzokaralar oʼtkazilgan. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining hududiy boʼlinmalarini mahalliy hokimliklar tuzilmasiga oʼtkazilayotgani boʼyicha soha xodimlari va keng jamoatchilik vakillarining xavotiriga oʼrin yoʼqligini maʼlum qilamiz.

17,100 views

Pubblicato 14 feb

BOBUR HAYOTIDA FARZAND TARBIYASI Zahiriddin Muhammad Bobur yurtimiz va dunyo madaniyati tarixida ulkan iz qoldirgan yirik mutafakkirlardan biridir. Buyuk Amir Temur sulolasining davomchilaridan biri bo‘lgan Bobur oilaviy an’analardan kelib chiqib farzand tarbiyasi va ularning yuksak bilimli insonlar bo‘lib kamol topishiga katta e’tibor bergan. Uning shoh asari “Boburnoma”da Bobur o‘z farzandlarining ta’lim-tarbiyasiga doimo katta e’tibor bergan, saltanat ishlari va ijoddan bo‘sh vaqtlarida ularning ta’lim olishi, xulqi va tarbiyasini munatazam nazorat qilgan. Bobur farzandlariga muhabbati kuchliligidan ular uchun alohida asarlar yaratgan, dunyoviy va diniy ilm, davlat ishlari va ijod haqida bolalari bilan maktublar yozishishgan. Xususan, farzandlari uchun kitob yozishni otalik va podshohlik burchi deb hisoblagan Bobur 1522-yilda o‘g‘li Humoyunga atab “Mubayyin” asarini yozadi. O‘g‘li Komronga yozgan maktubida farzandining iqboli yo‘lida muhim fikrlarni bildira turib, “...umidim borkim, jami’i qobiliyat va salohiyat bobida komil va mukammal bo‘lub kamolg‘a yetgaysen”, deya unga kelajagiga katta ishonch bildiradi. Bobur o‘g‘li Humoyunga yozgan maktubida farzandiga shunday tanbeh beradi: “Yana men degandek bu xatlaringni bitibsen va o‘qumaysen, ne uchunkim, agar o‘qur xayol qilsang edi, o‘qiy olmas eding. O‘qiy olmagandin so‘ng albatta tag‘ir berur eding. Xatingni xud tashvish bila o‘qisa bo‘ladur, vale asru mug‘laqtur…” Anglanadiki, Bobur farzandlarining nafaqat ilmli va komil shaxs bo‘lishini, balki xatlarini imlo xatolarisiz, sodda va ravon tilda yozishga undagan. Katta iste’dod va mukammal shaxs, mehribon ota va murabbiy qo‘l ostida kamolga yetgan farzandlar vaqt o‘tib yirik olim va ijodkorlar bo‘lib yetishishdi. Xususan, Boburning to‘rt o‘g‘li — Humoyun, Komron, Askariy, Hindol va qizi — Gulbadanbegim atoqli shoir, adib va olimlar sifatida ilmu san’at rivojiga katta hissa qo‘shib keldilar.

8,740 views

Pubblicato 7 feb

MUNOSАBАT Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Oʼzbekistondagi maktablarda bir sinfdagi oʼquvchilar soni 20 nafargacha qisqartirilishi toʼgʼrisidagi xabarlar yuzasidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi quyidagilarni maʼlum qiladi: Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga koʼra, 2022-2026-yillarda umumiy oʼrta taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruktsiya qilish va mukammal taʼmirlash hisobiga 1,2 million oʼquvchi oʼrni miqdoridagi yangi quvvatlar yaratilishi topshirilgan. Qaror bilan 2022-2026-yillarda umumiy oʼrta taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruktsiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlashning asosiy prognoz koʼrsatkichlari tasdiqlangan boʼlib, unga koʼra respublika boʼyicha 2899 ta maktabda qurilish, rekonstruktsiya qilish va taʼmirlash ishlari amalga oshiriladi. Аyni damda bir sinfda oʼquvchilar soni 35 nafardan oshmasligi belgilangan bo’lib, blogerlardan yolgʼon maʼlumotlar tarqatmaslikni soʼrab qolamiz.

17,600 views

Pubblicato 6 feb

10104 NAFAR MAKTAB DIREKTORI BIR LOYIHA ATROFIDA BIRLASHADI Maqsad Ixtisoslashgan hamda Prezident ta'lim muassasalari tajribasini barcha maktablarga joriy etishdan iborat. Respublika bo'ylab "Zamonaviy maktab liderlar nigohida" loyihasi start olmoqda. 7-10-fevral kunlari boʼlib oʼtadigan loyihaning asosiy maqsadi agentlik tizimidagi maktab direktorlari tajribasini umumtaʼlim maktab rahbarlariga oʼrgatish, jamoani bir maqsad atrofida birlashtira oladigan haqiqiy liderlarni tayyorlashdan iborat. “Bugun siz maktabni boshqarasiz, ertaga sizning o‘quvchilaringiz dunyoni boshqaradi!”

5,620 views

Pubblicato 3 feb

#ota_onalar_diqqatiga #diqqat_qilamiz #ogohlikka_chaqiramiz ❗️Farzandingizga shubhali shaxslardan qanday himoyalanish kerakligini o'rgating. 👆🏻Yuqorida farzandingizga uqtirishingiz zarur bo'lgan bugungi davr talablari sanab o'tilgan. ⚠️Ogohlik ehtiyotkorlikdan boshlanadi. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

2,700 views

Pubblicato 1 feb

Президент Андижон туманидаги 55-умумтаълим мактабида жорий қилинган касбга ўқитиш тизими билан танишди — Президент ознакомился с системой профессионального обучения, внедренной в общеобразовательной школе №55 Андижанского района Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter

1,870 views

Pubblicato 20 gen

VAZIR BILAN 85 YOSHNI QARSHI OLGAN USTOZ XONADONIGA BORDIK Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova bilan qutlug' 85 yoshni qarshilagan O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan o'qituvchi Mirfozil Mirzaаhmedovni tabriklagani xonadoniga bordik. Mirfozil Mirzaаhmedov Matematika fanidan yangi avlod darsliklari va dasturlarini yaratishdek mas’uliyatli va sharafli ishni boshlagan bilimdon, shijoatli va doimo izlanuvchan ustoz 11 ta fan nomzodi va bitta fan doktorini tarbiyalagan qadri baland olimdir. Samimiy suhbat chog’ida ustoz maktablarda ta’lim sifatini oshirsh borasida ko’p yillik tajribalari bilan bo’lishdilar. Vazir Mirfozil Mirzаahmedovni tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga ta’lim yo’lida qilgan mehnatlari uchun minnatdorlik bildirdi hamda uni Xalq ta’limi fidoyisi ko’krak nishoni bilan taqdirladi. Ustoz va vazir suhbatini videoga muhrlab oldim. Bizga ham ilm yo’lida katta iz qoldirish nasib qilsin. Tavallud ayyomingiz muborak bo’lsin, hurmatli Ustoz🤲

37,800 views

Pubblicato 19 gen

Effect.uz сайтида эълон қилинган “Дилфуза Садриддинова қаерда?” номли видео юзасидан қуйидагиларни маълум қиламиз. 2022 йилнинг сўнггига қадар Жиззах вилояти халқ таълими бошқармаси бошлиғи лавозимида ишлаб келган Садриддинова Дилфуза Рузукуловна вазирлик раҳбариятининг 2022 йил 16 декабрдаги тегишли буйруғига асосан, Болаларни ижтимоий ҳимоялаш ва қўллаб-қувватлаш бошқармаси бошлиғи лавозимига тайинланган. Шу муносабат билан вазирлик расмий сайтининг тегишли бўлимига Дилфуза Садриддинованинг исми шарифи киритилиб, техник хато сабабли аввал шу лавозимда ишлаб келган ходимнинг меҳнат фаолиятига доир маълумотлар ўзгартирилмай қолиб кетган ва видеода келтирилган номутоносиблик юзага келган. Суриштирув журналистикасида журналист аввалига баъзи фактларни аниқлайди, тахминлар қилади, кейин текширади ва исботлайди. Бу жанрда фактларга асосланиш энг муҳими. Агар сизда у ёки бу маълумот шубҳа уйғотган бўлса, сиз вазирлик Ахборот хизмати ходимларига мурожаат қилиб аниқлаштиришингиз керак. Aйнан мана шу фактчекинг журналистик суриштирувнинг асосий омили саналади. Effect.uz журналисти Аброр Поёнов доимий равишда Ахборот хизмати билан ҳамкорликда ишлаши, бироқ мана шу суриштирувда ноаниқликка аниқлик киритиш мақсадида бирор бир сўров юбормаганлигини маълум қиламиз. Сайтдаги техник хатоликни бир шахсга нисбатан салбий бўёқдорлик билан ёритиш журналистик этикасига мутлақо тўғри келмаслигини ҳамда Ўзбекистон Республикасининг “Журналистлик фаолиятини ҳимоя қилиш тўғрисида”ги Қонунининг 6-моддасида журналистнинг мажбуриятлари сифатида, журналист ўз касбига доир фаолиятни амалга ошириш чоғида ўзи тайёрлаётган материалларининг тўғри ёки нотўғри эканлигини текшириши ва холис ахборот тақдим этиши, шахснинг ҳуқуқлари ва эркинликларини, шаъни ва қадр-қимматини ҳурмат қилиши шартлиги кўрсатиб ўтилганлигини эслатиб ўтамиз. Айни дамда Дилфуза Садриддинованинг Меҳнат фаолиятига оид маълумотлар янгиланганлигини маълум қиламиз.

3,420 views

Pubblicato 17 gen

Нима деб ўйлайсиз, бир одам жамоасиз империя қура оладими? Албатта йўқ! Ҳар бир муваффақият тарихи яхши жамоа билан боғлиқ. Улкан ютуқларга интилаётган эканмиз, ҳар бир кишидан жамоани шакллантира олишимиз ва бир жамоа бўлиб ишлашни билишимиз керак. Биласизлар кичик қизим бу йил ихтисослашган мактаб ўқувчиси бўлган. Менга бу мактаб таълимидаги бир услуб жуда ёқди. Бу тактика афсуски бугун катта-катта жамоаларда ҳам йўқ, минг афсуски. Биз бирор ишни қилаётганимизда ўзимиз оладиган "очкони" ўйлаймиз. Қизимнинг мактабида эса ўқувчиларни асосий баҳо уларнинг жамоавий ишларни қандай бажарганлигига қараб қўйилади. Айтайлик, бир ўқувчи жамоавий ишда берилган қайсидир вазифани бажармаганлиги қолган ўқувчиларнинг ҳам баҳосига таъсир қилади, бу эса ўз-ўзидан уларни бир тану бир жон бўлиб ҳаракат қилишларига замин яратади. Улар "мен зўр қилишим ва энг зўр баҳони олишим керак" деган тушунчадан йироқ, аксинча улар синфдошлари билан "Сен улгуряпсанми, қандай ёрдам керак биздан, бу вазифани уддалашимиз керак" деган тушунчалар ҳозирдан шаклланади. Бу жараённи кўриб, келажакда бу нарса уларнинг онги шуурига сингиб, улар ҳамма ишда жамоавий ёндашув муҳимлигини тушуниб етадиган авлод улғайяпти деб хурсанд бўламан. Мен устозларимиз ушбу услубни устозларимиз бизнинг мактабларда ҳозирданоқ болаларга сингдириб боришларини жуда истаган бўлардим. Акс ҳолда келажакдан катта умидларимиз бўлган болаларимиз ҳам биз каби фақат ўзини ўйлайдиган худбинлар бўлиб улғайишади.

8,220 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••404142434445•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384