TGTGInsightintelligence telegramLIVE / telegram public index
Torna ai canali
Laylo Rustamova avatar

TGINSIGHT CHAT

Laylo Rustamova

@iteducation_pr

Marketing e pubblicità

Head of PR at IT Education Association Instgram: https://www.instagram.com/laylorustamova/ Facebook: https://www.facebook.com/Laylo Rustamova Telegram: https://t.me/LayloRustamova

Iscritti1,200Iscritti attuali
Post tracciati1,001Post indicizzati
Reach recente187,290Visualizzazioni post recenti
Post recenti

Post recenti

Pag. 44 di 84 · 1,001 post

Pubblicato 16 gen

Министр дошкольного и школьного образования обсудила вопрос начала III четверти с органами местного самоуправления В повестке дня cобрания с заместителями хакимов областей и города Ташкента по социальным вопросам, стоял вопрос готовности школ к началу III четверти. В частности, министр Хилола Умарова подчеркнула необходимость повторного анализа состояния подготовки общеобразовательных учреждений в органах местного самоуправления. В настоящее время Министерство дошкольного и школьного образования рассматривает вопрос о временном переводе учащихся на систему онлайн-обучения до стабилизации погодных условий.

7,510 views

Pubblicato 16 gen

Oʼquvchilarni ob-havo sharoitlari barqarorlashguniga qadar vaqtincha onlayn taʼlim tizimiga oʼtkazilish masalasini koʼrib chiqilmoqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova mahalliy hokimliklar bilan III chorakni boshlash masalasini muhokama qildi. Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining ijtimoiy masalalar boʼyicha oʼrinbosarlari bilan ZOOM videokonferentsaloqa orqali boʼlib oʼtgan yigʼilish kun tartibiga hududlarda maktablarning III chorakni boshlashga tayyorgarligi masalasi qoʼyildi. Jumladan vazir mahalliy hokimliklar joylardagi umumtaʼlim muassasalarining tayyorgarlik holatini yana bir bor qayta tahlil qilish zarurligini taʼkidladi. Аyni damda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi oʼquvchilarni ob-havo sharoitlari barqarorlashguniga qadar vaqtincha onlayn taʼlim tizimiga oʼtkazish masalasini koʼrib chiqmoqda.

27,700 views

Pubblicato 6 gen

⚠️Uzaytirilgan qishki ta’til kunlari maktablarda o‘quvchilar ishtirokida to‘garaklar tashkil etilmaydi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi qishki ta’til davrida umumta’lim maktablarida o‘quvchilar uchun to‘garaklar tashkil etish yuzasidan topshiriqlar berilmaganligini ma’lum qiladi. Vazirlik tasarrufidagi respublika tashkilotlari — Bolalar kutubxonasi, "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan barcha loyihalar onlayn tarzda tashkil etilmoqda. Hukumatining tegishli yig‘ilish bayonida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda, qishqi ta’til davomida o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida kitob mutolaasini oshirishga qaratilgan onlayn intelektual viktorinalar, radio eshittirishlar hamda teleko‘rsatuvlar namoyish etilishi ko‘zda tutilgan. Shu o‘rinda vazirlik hududiy bo‘linmalari hamda vazirlik tarkibidagi barcha ta’lim muassasalari rahbarlaridan qishgi ta’til kunlari o‘quvchilar ishtirokida turli to‘garaklar tashkil etilmasligini shaxsiy nazoratga olishlari so‘raladi.

14,600 views

Pubblicato 5 gen

Nаvbаtdаn tаshqаri tа'til kunlаri dаvomidа tа'lim tаshkilotlаridа fаoliyat yuritаyotgаn xodimlаrning ish hаqi toʼliq toʼlаnаdi Oʼzbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli yigʼilish bayoniga asosan, 2023-yil 10-18-yanvar kunlari beriladigan navbatdan tashqari taʼtil kunlari davomida taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan rahbar xodimlar, tarbiyachilar, pedagoglar, professor oʼqituvchilar va boshqa xodimlar, jumladan, mehnatiga soatbay haq toʼlanadigan xodimlarga amaldagi ish haqi toʼlovlari saqlangan holda toʼlanadi.

32,200 views

Pubblicato 5 gen

Umumta’lim hamda ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarining qishki ta’til kunlari ob-havo haroratining keskin tushib ketishi sababli uzaytiriladi O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli yig‘ilish bayoniga asosan, umumta’lim hamda ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarining qishki ta’til kunlari ob-havo haroratining keskin tushib ketishi sababli 2023-yilning 17-yanvarigacha davom etadi. 2022-2023-o‘quv yilining III choragi 2023 yilning 18-yanvaridan boshlanadi. Joriy yilning 11-17- yanvar kunlari rejalashtirilgan dars mashg‘ulotlari o‘quv yili davomida boshqa mavzularda tig‘izlashtirilib o‘qitiladi.

48,900 views

Pubblicato 4 gen

MEN SIZ KOʼRGАN NАRSАNI HIS QILА OLАMАN, LEKIN SIZ MENING HIS QILGАNLАRIMNI KOʼRА OLMАYSIZ... Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi 9-maktabning Musiqa fani oʼqituvchisi Oxun Sharipov va Oʼzbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova ijrosida duet tarona juda ham chiroyli chiqibdi. Ijroga siz ham baho bering 👏👨‍🎤🧑‍🏫 Musiqa fani o'qituvchisi Oxun Sharipov haqida tayyorlangan lavhani vazirlik sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

5,990 views

Pubblicato 4 gen

Bugungi kunda Jamoatchilik vakillari tomonidan nima sababdan vazirlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida Xalq ta'limi vazirligi nomi yangi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi nomiga o‘zgartirilmayotganligi yuzasidan eʼtirozlar bo'lmoqda. Bugungi kunda vazirlikning Facebook va Telegram ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalari rasmiy maqomga ega (verifikatsiyadan o‘tgan). Shu bois uning nomini o‘zgartirish jarayoni vaqt talab etadigan jarayon ekanligi ma'lum bo'ldi. Ayni damda vazirlik nomini o‘zgartirish bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarga so‘rov yuborilgan natijasi kutilmoqda. Ma'lumot uchun bugungi kunda vazirlikning Facebook tarmog‘ida 80 mingdan ortiq, Telegramda esa 103 274 nafar obunachilari bor. Vazirlikning yangi logotipi va saytini o‘zgartish jarayoni ham vaqt talab etishini eslatib o'tamiz. Vaqtincha buni eʼtiborsizlikka yo‘yilmasligini so‘rab qolamiz.

4,520 views

Pubblicato 3 gen

MAKTAB O‘QUVCHILARINING QISHKI TAʼTIL KUNLARI O‘ZGARMADI Avval xabar qilinganidek, maktab o‘quvchilarining 28-dekabr kuni boshlangan qishki taʼtil kunlari 14 kalendar kun davom etib, 2023-yilning 10-yanvarigacha davom etadi. III chorak 2023-yilning 11-yanvaridan boshlanadi. Qishki taʼtil kunlari uzaytirilgani haqida tarqalayotgan xabarlar o‘tgan yil pandemiya davrida eʼlon qilingan eski xabar sanaladi.

16,600 views

Pubblicato 3 gen

“FIZIKA VA KIMYO FANLARINI MAKTABLARDA O‘QITILISHINI BEKOR QILINISHI HAQIDAGI FIKRLAR HECH BIR ASOSGA EGA EMAS” — VAZIR "Barchamiz yaxshi bilamiz, maktab — har qanday soha va yo‘nalishda insonga bilim poydevori bo‘lib xizmat qiladigan maskan sanaladi. Muhandis-u shifokor, dunyoga mashhur olim-u sportchi yoki boshqa turli kasb egalari bo‘lsin, shu maktabdan yetishib chiqadi, hayotiy tushuncha va bilimlarni, avvalo maktabda oladi. Shunday ekan, maktab har bir o‘quvchi uchun bazaviy bilim poydevorini qo‘yishi lozim. Kelajakda gumanitar sohani egallaydigan o‘quvchilarga fizika yoki kimyo fanlarini o‘qitish kerak emas, deyish mumkin emas. Sababi har bir inson qaysi kasbni tanlamasin, mavjud ilmiy paradigma asosida dunyo qanday tuzilganini bilishi shart. Fizika va kimyo kabi fundamental fanlarni o‘qitish asnosida insonning fikrlash qobiliyati rivojlanadi. Bunday salohiyatga ega bo‘lgan shaxs esa hodisalarni tahlil qilish, tushunish va tushuntirishga qodir bo‘ladi." — Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri

11,600 views

Pubblicato 30 dic

“Болалар таълими икки аёл қўлида бўлса, менинг кўнглим хотиржам бўлади” — ПРЕЗИДЕНТ Мактабгача ва мактаб таълими вазири вазирлик жамоасига таништирилди Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармони билан Ўзбекистон Республикаси мактабгача ва мактаб таълими вазири лавозимига тайинланган Хилола Уктамовна Умарова бугун вазирлик жамоасига таништирилди. Ўзбекистон президентнинг Ёшлар, фан, таълим, соғлиқни сақлаш, маданият ва спорт масалалари бўйича маслаҳатчиси Одил Абдурахманов мактабгача ва мактаб таълими вазири Хилола Умарова ҳамда Ўзбекистон Республикаси Президентининг қарори билан вазирнинг биринчи ўринбосари лавозимига тайинланган Агриппина Шинни вазирлик жамоасига таништирди. Янги вазирлик раҳбарияти таништирилар экан, Давлатимиз раҳбарининг “Болалар таълими икки аёл қўлида бўлса, менинг кўнглим хотиржам бўлади”, деган сўзлари айтиб ўтилди. “Давлатимиз раҳбари соҳаларга ечим ва маблағни бердилар, бизнинг вазифамиз бу болаларнинг сифатли таълим олишини таъминлаш. Бу йил биз учун шиддатли йил бўлади. Мен ишонаманки, фидоийлик, шижоат ва ҳамжиҳатликда биз албатта таълим сифатини кўтариш каби масъулиятли вазифани уддалаймиз” — дея таъкидлади Ҳилола Умарова.

4,990 views

Pubblicato 30 dic

Хилола Уктамовна Умарова Ўзбекистон Республикаси мактабгача ва мактаб таълими вазири лавозимига тайинланди.

8,720 views

Pubblicato 26 dic

Ҳурматли устозлар! 16 декабрь куни Халқ таълими вазири жамғармаси ҳисобидан 2023 йилда (март-декабрь ойларида) ҳар ойлик устамага даъвогар педагогларнинг саралаш имтиҳонлари жавоблари Давлат тест маркази томонидан 27 декабрь куни эълон қилиниши кутилмоқда.

3,960 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••4243444546•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384