TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Kembali ke saluran
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT CHAT

Bars | Rasmiy kanal

@bars_rasmiy

Berita dan media

Samarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar

Pelanggan9,380Jumlah pelanggan saat ini
Postingan terlacak1,007Jumlah postingan terindeks
Jangkauan terkini19,380Jumlah tampilan postingan terbaru
Postingan terbaru

Postingan terbaru

Hal. 18 dari 84 · 1,007 postingan

Diposting 25 Jan

Mahalla yettiligi a’zolarini hokimlar tayinlaydi 2026-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekistonda mahalla yettiligi a’zolarini shakllantirish tartibi o‘zgaradi. Endilikda ular fuqarolar yig‘ini orqali emas, balki tuman (shahar) hokimlari tomonidan lavozimga tayinlanadi. Yangi tartibga ko‘ra, mahalladagi yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, ijtimoiy xodim, soliq va boshqa yo‘nalish vakillarining aniq vazifalari belgilanib, ularni asosiy faoliyatiga aloqador bo‘lmagan yig‘ilish va topshiriqlarga jalb qilish cheklanadi. Dastlab ushbu tizim 500 dan ortiq mahallada tajriba tariqasida joriy etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, mazkur o‘zgarish mahalla tizimida mas’uliyatni aniqlashtirish va samaradorlikni oshirishga qaratilgani ta’kidlanmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,970 views

Diposting 24 Jan

❄️Samarqandda 25-yanvar kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +1/+7° Kechasi: +1 – +3°, nisbatan iliq, Kunduzi: +5 – +7°, salqin. Havo asosan bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda yomg‘ir, balandroq hududlarda qor aralash yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kechasi va ertalab tuman tushishi ehtimoli bor. Shamol shimoli-g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:47 Quyosh botishi: 17:41 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,460 views

Diposting 24 Jan

O‘zbekistonda pedofiliya uchun umrbod qamoq jazosi joriy etilishi kutilmoqda O‘zbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlar va qonun chiqaruvchi organlar bola va ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashni kuchaytirish maqsadida jiddiy choralar tayyorlamoqda. Yangi taklif etilayotgan normaga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan shaxslarga nisbatan sodir etilgan jinsiy jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanishi kutilmoqda. Taklif qilingan yangiliklar loyihasiga koʻra: 14 yoshdan kichik bolalarga qarshi jinsiy zo‘ravonlik jinoyatlari uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanishi mumkin. Voyaga yetmaganlarga nisbatan sodir etilgan jinsiy jinoyatlar prokuratura organlarining to‘liq vakolatiga o‘tkaziladi va maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan tergovchilar hamda sudyalar jalb qilinadi. Shuningdek, noqonuniy erta nikohlar va voyaga yetmaganlarni unashtirish kabi holatlarga ham ma’muriy javobgarlik belgilanishi kutilmoqda. Bu choralar jamiyatda zo‘ravonlikni oldini olish, bolalarni himoya qilish va erta nikohlarning oldini olishga yo‘naltirilgan. Yangi normalar 2026-yil 1-apreldan kuchga kirishi rejalashtirilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,690 views

Diposting 24 Jan

❄️Bugun Samarqandda qor yogʻadi Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarining ayrim hududlarida kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir–qor yog‘ishi mumkin. Respublikaning boshqa hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, havo harorati ayrim joylarda +5 darajagacha ko‘tariladi. Ayrim hududlarda yaxmalak va tuman kuzatilishi, Samarqand, Navoiy, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarining ayrim hududlarida shamol tezligi sekundiga 25 metrgacha kuchayishi mumkin. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,710 views

Diposting 23 Jan

▶️Izohsiz DXX va IIV hamkorligida mamlakatimizda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, jumladan, uyushgan jinoyatchilikka qarshi keng ko‘lamli tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,720 views

Diposting 23 Jan

“Jamoatchilik ishtirokida maishiy korrupsiya holatlarini aniqlash, oʻrganish va tahlil qilish” loyihasi doirasida oʻtkazilayotgan ijtimoiy soʻrovnomada ishtirok etib, oʻz fikr va munosabatingizni bildiring. Sizning javoblaringiz korrupsiyaga qarshi kurashda muhim ahamiyat kasb etadi. https://forms.gle/d7iKdC5bUoWoNkBw6 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,600 views

Diposting 22 Jan

❄️Samarqandda 23-yanvar kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 -5/-2° Kechasi: -5 - -0°, sovuq, Kunduzi: -3 - -2°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda qor yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:48 Quyosh botishi: 17:37 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,810 views

Diposting 22 Jan

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shveytsariyaning Davos shahrida Tinchlik kengashi Nizomini imzolash marosimida ishtirok etdi Tadbir xalqaro hamkorlik, xavfsizlik va barqaror taraqqiyot masalalariga bag‘ishlangan nufuzli muloqotlar doirasida bo‘lib o‘tdi. Marosimda bir qator davlat va xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashdi. Tinchlik kengashi xalqaro miqyosda tinchlikni mustahkamlash, mojarolarni oldini olish, muloqot va ishonch muhitini rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni ilgari suruvchi maslahat-muloqot platformasi hisoblanadi. Ushbu tuzilma davlatlar, xalqaro institutlar va ekspertlar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qiladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,580 views

Diposting 22 Jan

❄️Samarqandda qish kayfiyati Suratlar: Abbos Shodmonqulov 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,920 views

Diposting 21 Jan

Samarqandcha podkast TEZ KUNDA… 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,270 views

Diposting 21 Jan

❄️Samarqandda 22-yanvar kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 -3/+3° Kechasi: -3 - +2°, sovuq, Kunduzi: +2 - +3°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Quyosh chiqishi: 07:48 Quyosh botishi: 17:37 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,240 views

Diposting 21 Jan

Samarqandda ayrim hududlarda ichimlik suvi vaqtincha o‘chiriladi “Samarqand suv ta’minoti” AJ Samarqand tuman filiali xabar berishicha, Samarqand shahridagi “Bog‘i Safed” mahallasi hududidan o‘tuvchi asosiy ichimlik suv quvuri yangisiga almashtirilayotgani munosabati bilan ayrim hududlarda suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi. Xususan, 2026-yil 22-yanvar sanasidan boshlab quyidagi mahallalarda ichimlik suvi vaqtincha o‘chiriladi: Samarqand tumani: “Sulfakabutak”, “Xoja Axrori Vali”, “Mirzo Ulug‘bek”, “O‘rtashiq”, “Gulbog‘”, “Qo‘shko‘prik” Samarqand shahri: “Bog‘i Safed” mahallasi Suv ta’minoti tiklanishi vaqti qo‘shimcha ravishda ma’lum qilinadi. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz, deyiladi xabarda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,410 views
12•••5•••10•••151617181920•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384