TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Kembali ke saluran
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT CHAT

Bars | Rasmiy kanal

@bars_rasmiy

Berita dan media

Samarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar

Pelanggan9,380Jumlah pelanggan saat ini
Postingan terlacak1,007Jumlah postingan terindeks
Jangkauan terkini26,530Jumlah tampilan postingan terbaru
Postingan terbaru

Postingan terbaru

Hal. 26 dari 84 · 1,007 postingan

Diposting 25 Des

Qishki ta’til davrida qo‘shimcha avtobus qatnovlari va Samarqanddan Urgutga 10 ming so‘mlik poyezd yo‘lga qo‘yildi Qishki ta’til munosabati bilan yo‘lovchilar oqimi keskin oshgani sabab “Toshkent” avtovokzalidan respublikaning ko‘plab yo‘nalishlariga qo‘shimcha avtobus qatnovlari tashkil etilmoqda. Kunlik rejadagi 448 ta reysdan tashqari Zomin, Samarqand, Urgut, Buxoro, Qarshi, Termiz, Xiva, Nukus va boshqa yo‘nalishlarda ham qo‘shimcha qatnovlar amalga oshirilmoqda. 18-dekabrdan bugungi kungacha ushbu yo‘nalishlarda jami 277 ta qo‘shimcha reys bajarilib, 36 975 nafar yo‘lovchi manziliga yetkazildi. Chiptalarni “Toshkent” avtovokzali kassalari, UzBus mobil ilovasi hamda avtoticket.uz sayti orqali xarid qilish mumkin. Shuningdek, 25-dekabrdan boshlab Urgut – Samarqand – Urgut yo‘nalishida poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Chipta narxi 10 ming so‘m etib belgilangan. Poyezdlar kuniga 4 qatnov asosida harakatlanadi. Bu haqda viloyat Transport boshqarmasi xabar berdi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

2,230 views

Diposting 24 Des

🌥Samarqandda 25-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 -0/+13° Kechasi: - 0 - +5°, iliq, Kunduzi: +8 - +13°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:51 Quyosh botishi: 17:13 🔰Telegram | Instagram | You Tube

2,060 views

Diposting 24 Des

Yangi yil munosabati bilan o‘zbekistonliklar ketma-ket 5 kun dam oladi Prezident farmoniga muvofiq, Yangi yil bayrami munosabati bilan qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi. Unga ko‘ra, 2025-yil 31-dekabr barcha xodimlar uchun dam olish kuni etib belgilandi. Shuningdek, 2026-yil 2-yanvar ham umumiy dam olish kuni bo‘ladi, 3-yanvar esa olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni hisoblanadi. Natijada, 2025-yil 31-dekabrdan 2026-yil 4-yanvargacha — 31-dekabr, 1-yanvar, 2-yanvar, 3-yanvar va 4-yanvar kunlari ketma-ket 5 kun dam olish belgilanmoqda. Ma’lumot uchun, Mehnat kodeksiga muvofiq ayrim bayram kunlari dam olish kunlariga to‘g‘ri kelgan taqdirda, ular keyingi ish kunlariga ko‘chiriladi. Uzluksiz ishlab chiqarish va navbatchilik asosida ishlaydigan sohalarda esa dam olish kunlari ko‘chirilmaydi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

2,560 views

Diposting 24 Des

Payariq tumanida nafaqa yoshiga yetgan yuzlab hamshiralar ishdan bo‘shatildi Payariq tumani tibbiyot birlashmasida nafaqa yoshiga yetgan yuzdan ortiq xodimlar ommaviy tarzda ishdan bo‘shatilgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu haqda Zamon.uz sayti ma’lum qildi. Qariyb 30 yillik ish tajribasiga ega hamshira Farog‘at Yo‘ldishevaning aytishicha, tuman tibbiyot birlashmasi mas’ullari tomonidan hech qanday huquqiy asos ko‘rsatilmasdan undan ishdan bo‘shash haqida ariza yozdirib olingan. Surishtiruvlar davomida kadrlar bo‘limi mas’ullari ham xodimlarni ishdan bo‘shatish bo‘yicha aniq huquqiy asos keltirib bera olmagan. Tuman tibbiyot birlashmasi rahbariyati esa mazkur holatdan bexabar ekanini bildirgan. Tuman tibbiyot birlashmasi rahbari o‘rinbosari Jasur Aliyev kadrlar bo‘limi tomonidan kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, aybdor shaxslarga nisbatan tegishli chora ko‘rilishini ma’lum qilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

2,280 views

Diposting 24 Des

Viloyat hokimi Adiz Boboyev fuqarolar murojaatlariga befarq rahbarlarni ogohlantirdi — Eshigingizni bitta odam taqillatib kelsa, ish so‘raydimi, muammosini aytadimi yoki e’tiroz bildiradimi farqi yo‘q. Keldimi, xursand bo‘ling. Demak, kimdir sizni izlab kelibdi, siz kerak ekansiz, — dedi viloyat hokimi yig‘ilishda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

2,080 views

Diposting 24 Des

Samarqand shahrida 4 ta avtobus maktab o‘quvchilarini ichki ishlar xodimlari hamrohligisiz tashib yurgani aniqlandi. Holat yuzasidan haydovchilarga nisbatan belgilangan tartibda qonuniy chora ko‘rildi. Shundan so‘ng bolalar YPX xodimlari nazorati ostida belgilangan manzillariga yetkazib qo‘yildi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

2,120 views

Diposting 24 Des

Viloyat hokimi Adiz Boboyev fuqarolar murojaatlariga befarq rahbarlarni ogohlantirdi Viloyat hokimi Adiz Boboyev raisligida tuman va shaharlar, shuningdek tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirokida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ularning muammolariga o‘z vaqtida yechim topish masalalari muhokama qilindi. Yig‘ilishda viloyat hokimi fuqarolar murojaatlariga e’tiborsiz munosabatda bo‘layotgan, “odam ajratayotgan” ayrim rahbarlarni qat’iy ogohlantirdi. Qayd etilishicha, joriy yilda viloyat hokimining sayyor qabullari davomida fuqarolardan jami 2431 ta murojaat kelib tushgan. Eng ko‘p murojaatlar Samarqand shahri, shuningdek Ishtixon, Payariq, Kattaqo‘rg‘on, Pastdarg‘om, Jomboy va Oqdaryo tumanlariga to‘g‘ri kelgan. — Eshigingizni bitta odam taqillatib kelsa, ish so‘raydimi, muammosini aytadimi yoki e’tiroz bildiradimi farqi yo‘q. Keldimi, xursand bo‘ling. Demak, kimdir sizni izlab kelibdi, siz kerak ekansiz, — dedi viloyat hokimi yig‘ilishda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

2,170 views

Diposting 23 Des

🌥Samarqandda 24-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 -7/+10° Kechasi: - 7 - -2°, sovuq, Kunduzi: +5 - +10°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:51 Quyosh botishi: 17:11 🔰Telegram | Instagram | You Tube

2,240 views

Diposting 23 Des

Samarqandda 3 ta tuman adliya bo‘limlarida tayinlovlar amalga oshirildi Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyruqlariga muvofiq viloyatning bir qator tuman adliya bo‘limlarida kadrlar tayinlovlari amalga oshirildi. Xususan: Jo‘raqulov Islom G‘afur o‘g‘li Jomboy tuman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i etib tayinlandi. G‘affarov Ibrohim Hasan o‘g‘li Bulung‘ur tuman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i lavozimini egalladi. Saloxitdinov Savlat Soxibovich Toyloq tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi direktori etib tayinlandi. Boymurotov Ilyos Sobirjon o‘g‘li Toyloq tuman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i etib tayinlandi. Yoqubov Odiljon Ilxom o‘g‘li Toyloq tuman adliya bo‘limi Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘linmasi bosh maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

2,170 views

Diposting 23 Des

Bayram arafasida oziq-ovqat narxlari barqarorligi ta’minlanadi Yangi yil bayrami oldidan talab yuqori bo‘lishi mumkin bo‘lgan muhim oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining asossiz oshirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Raqobat qo‘mitasi “Korzinka”, “Makro”, “Havas”, “Baraka”, “Magnum”, “Assorti”, “B1” va “Magnit” kabi yirik chakana savdo tarmoqlariga tegishli ko‘rsatmalar yubordi. Unga ko‘ra, savdo tarmoqlari yetkazib beruvchilar tomonidan narxlar o‘zgarishi, logistika xarajatlarining oshishi yoki narx ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan holatlar yuzasidan qo‘mitani tezkor xabardor qilib borishi shart. Shuningdek, yetkazib beruvchilarning asossiz narx oshirishiga yo‘l qo‘ymaslik, narx shakllanishida shubhali holatlar aniqlansa, zudlik bilan tegishli choralar ko‘rish talab etiladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

2,090 views

Diposting 23 Des

Samarqandlik ikki sudyaning vakolati muddatidan avval tugatildi Sudyalar oliy kengashi qaroriga muvofiq Samarqand viloyatida faoliyat yuritgan ikki nafar sudya lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabar berdi. Xususan, viloyat jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand tumani sudining raisi N. Rajabov odil sudlovni amalga oshirish jarayonida qonuniylikni buzganligi hamda yozma arizasiga asosan sudyalik vakolatidan mahrum qilindi. Shuningdek, Samarqand tumanlararo ma’muriy sud raisi S. Soliyev Sudyalar odobi kodeksi talablarini buzganligi sabab lavozimidan ozod etilib, uning sudyalik vakolati muddatidan ilgari tugatildi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

2,190 views

Diposting 23 Des

Kattaqo‘rg‘onda “Cobalt”dan “marixuana” aniqlandi Samarqand viloyati IIB JXX YHXB 4-otryad YPX xodimlari tomonidan Kattaqo‘rg‘on shahar “Obi-hayot” MFY hududida yo‘l harakati qoidalarini buzgan “Cobalt” rusumli avtomobil to‘xtatiladi. Haydovchi hujjatlari tekshirilayotgan vaqtda uning shubhali harakatlari sababli avtomobil salon qismi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan. Tekshiruv davomida ikki ming so‘mlik kupyuraga o‘ralgan, giyohvandlik moddasiga o‘xshash modda aniqlangan. Holat yuzasidan haydovchi va transport vositasi Kattaqo‘rg‘on shahar IIBga topshirilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

2,340 views
12•••5•••10•••15•••20•••2425262728•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384