TGINSIGHT CHAT
Bars | Rasmiy kanal
@bars_rasmiy
Berita dan mediaSamarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar
Postingan terbaru
Hal. 27 dari 84 · 1,007 postingan
Diposting 22 Des
🌥Samarqandda 23-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 -7/+7° Kechasi: - 7 - -2°, sovuq, Kunduzi: +2 - +7°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:49 Quyosh botishi: 17:11 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 22 Des
Samarqandda xonadonda o‘tkazilgan tintuv yuzasidan IIV izoh berdi Samarqand shahrida ijtimoiy tarmoqlarda “Matonat” MFY hududidagi bir fuqaroning uyida tintuv o‘tkazilgani haqida xabarlar tarqaldi. IIV matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov ma’lum qilishicha, 29-noyabr kuni Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMBning 9-son IIB xodimlari tomonidan “Matonat” MFYdagi xonadon hamda unga tegishli bino va hovli hududida sud ajrimi asosida tintuv o‘tkazilgan. Tintuv davomida jinoyatga oid noqonuniy modda yoki buyumlar topilmagan. IIV bayonotida shuningdek aytilishicha, tintuv jarayoni qonuniy protsessual tartibda, xolislar ishtirokida va mutaxassis tomonidan videotasvirga olingan holda amalga oshirilgan hamda xodimlar tomonidan qonunbuzilish holatlari aniqlanmagan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 22 Des
Bugun “zapravkalar” odatiy tarzda ishlaydi Bugun, 22-dekabr kuni soat 10:00 dan 16:00 ga qadar respublika bo‘yicha barcha metan zapravkalar odatdagi rejimda faoliyat yuritadi. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi. Shu bilan birga, Samarqand viloyatida metan shoxobchalari vaqtincha 05:00 dan 17:00 gacha ishlaydi. Energetika vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, aholi xonadonlari hamda ijtimoiy soha obyektlarida gaz bosimini barqaror saqlash maqsadida respublika bo‘ylab metan zapravkalar faoliyatiga vaqtinchalik cheklovlar joriy etilmoqda. Qayd etilishicha, Samarqand viloyatida hokimlik bilan kelishilgan holda faoliyat yuritayotgan 135 ta AGTKShning ish vaqti ertalab soat 05:00 dan kechki 17:00 gacha etib belgilangan. Mazkur choralar vaqtinchalik bo‘lib, gaz bosimini me’yorlashtirish bo‘yicha ishlar davom etmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 21 Des
❄️Samarqandda 22-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 -3/+5° Kechasi: - 3 - -0°, sovuq, Kunduzi: +0 - +5°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda qor yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:49 Quyosh botishi: 17:10 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 21 Des
Samarqandda ham avtomobillarga eko-stiker beriladi O‘zbekistonda avtotransport vositalarining atrof-muhitga ta’sirini kamaytirish maqsadida joriy etilayotgan eko-stiker tizimi Samarqand viloyatida ham amal qiladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 21 Des
Yangi yilda Samarqandda qor yog‘adimi? Oʻzgidrometning rasmiy prognozlariga ko‘ra, yangi yil arafasi va 1-yanvar kunlari Samarqandda qish fasliga xos ob-havo kuzatiladi. Havo asosan bulutli, ayrim kunlari yengil yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Kunduzi harorat +2…+5 daraja, kechasi esa 0…–3 darajagacha pasayishi kutilmoqda. Bunday harorat fonida qor yoki qor aralash yomg‘ir yog‘ish ehtimoli mavjud, biroq barqaror va qalin qor qoplami shakllanishi hozircha prognoz qilinmagan. Umuman olganda, yangi yil kunlari Samarqandda havo sovuq, ammo keskin ayozsiz, qishona ruhda o‘tishi kutilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 20 Des
❄️Samarqandda 21-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 -3/+5° Kechasi: - 3 - -0°, sovuq, Kunduzi: +0 - +5°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda qor yogʻadi, tuman tushishi mumkin.Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:48 Quyosh botishi: 17:10 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 20 Des
Samarqand shahridagi koʻpqavatli uyda yongʻin sodir boʻldi Joriy yilning 20-dekabr kuni soat 12:00 da Samarqand shahri “Jo‘yi chuqur” MFY, Ibn Sino ko‘chasida joylashgan mas’uliyati cheklangan jamiyatga qarashli bino yerto‘lasida yong‘in sodir bo‘lgani haqida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi. Xabarga asosan, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 12:10 da yetib borib, soat 12:20 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi hamda moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deyiladi xabarda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 20 Des
Toyloq tumanida voyaga yetmagan shaxs o‘g‘irlikka urinish vaqtida ushlandi Joriy yil 8-dekabr kuni tungi soat 01:43 da Toyloq tumani “Charog‘bon” mahallasi hududida joylashgan, uyali aloqa vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi qo‘riqlanadigan obyektdan tashvish signali kelib tushgan. Xabar asosida Qo‘riqlash bo‘limi tezkor harakatlanuvchi guruhi voqea joyiga yetib borgan. Aniqlanishicha, noma’lum shaxs do‘kon eshigini sindirib, moddiy boyliklarni o‘g‘irlab chiqishga uringan. Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida u hodisa joyida qo‘lga olingan. Dastlabki tekshiruvlar davomida ushbu shaxs Toyloq tumanida yashovchi, 2008-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan fuqaro ekani ma’lum boʻlgan. Uning yonidan 5 dona uyali aloqa vositasi ashyoviy dalil sifatida topilgan. Holat yuzasidan Qo‘riqlash xodimlari tomonidan hujjatlar rasmiylashtirilib, ko‘rib chiqilishi uchun mas’ul idoralarga topshirilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 20 Des
Yaponiyadagi yangi bog‘lardan biriga Samarqand nomi berildi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga rasmiy tashrifi doirasida Nara shahri meri Gen Nakagava bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralarda O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvda Yaponiyada barpo etilgan yangi bog‘lardan biriga “Samarqand” nomi berilgani ma’lum qilindi. Bu qaror ikki xalq o‘rtasidagi tarixiy aloqalar va Buyuk Ipak yo‘li merosiga hurmat sifatida baholandi. Ma’lumot uchun, joriy yil aprel oyida Nara shahri vakillari Samarqandga tashrif buyurib, hamkorlik va madaniy almashinuv masalalarini muhokama qilgan. Yaqin kelajakda Gen Nakagava boshchiligidagi delegatsiyaning Samarqandga tashrifi rejalashtirilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 20 Des
Samarqandda ham avtomobillarga eko-stiker beriladi O‘zbekistonda avtotransport vositalarining atrof-muhitga ta’sirini kamaytirish maqsadida joriy etilayotgan eko-stiker tizimi Samarqand viloyatida ham amal qiladi. Yangi tartibga ko‘ra, avtomobillar chiqarayotgan zararli moddalar miqdoriga qarab maxsus eko-stiker bilan belgilanadi. Bu tizim kelgusida ekologik zonalarni joriy etish, havo ifloslanishini kamaytirish hamda harakatni tartibga solishga xizmat qiladi. Nizom talablari quyidagi transport vositalariga tatbiq etilmaydi: O‘zbekiston hududi orqali tranzit harakatlanayotgan transportlar; O‘zbekistonda 90 kungacha vaqtincha bo‘lib turgan transport vositalari; elektromobillar va elektromotosikllar; motosikl, skuter, moped va uch g‘ildirakli transportlar; tezkor va maxsus xizmat transportlari; jamoat transporti (taksi va yo‘nalishli taksidan tashqari); qishloq xo‘jaligi texnikalari; “nogironligi bo‘lgan shaxs” belgisi o‘rnatilgan transport vositalari. Eko-stiker tizimi butun respublika hududida yagona tartibda joriy etiladi, shu jumladan Samarqand viloyatida ham. Amaliyot bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yilib, avvalo aholini xabardor qilish va qulay mexanizmlar yaratishga e’tibor qaratiladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 19 Des
🌦Samarqandda 20-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 -3/+5° Kechasi: - 3 - -2°, iliq, Kunduzi: +0 - +5°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:48 Quyosh botishi: 17:10 🔰Telegram | Instagram | You Tube