TGINSIGHT CHAT
Bars | Rasmiy kanal
@bars_rasmiy
Berita dan mediaSamarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar
Postingan terbaru
Hal. 33 dari 84 · 1,007 postingan
Diposting 5 Des
⛅️Samarqandda 6-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +0/+13° Kechasi: -0 - +3°, iliq, baʼzi joylarda -2° sovuqqacha; Kunduzi: +8 - +13°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:37 Quyosh botishi: 17:07 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 5 Des
Jartepada312,4 million soʻmlik tilla buyumlar ushlab qolindi Qoʻshni davlatdan Oʻzbekistonga oʻtish uchun “Jartepa” chegara bojxona posti orqali harakatlangan yoʻlovchining qoʻl sumkasida mamlakatimizga bojsiz olib kirish meʼyorlaridan ortiqcha tovarlar borligi aniqlandi. Xolislar ishtirokida koʻzdan kechirish jarayonida qoʻl sumka ichida ogʻzaki soʻrovda maʼlum qilinmagan va yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida yozib koʻrsatilmagan 364,53 gramm ogʻirlikdagi 18 dona tilla zargarlik buyumlari borligi maʼlum boʻldi. Mazkur holat yuzasidan yoʻlovchiga nisbatan sud hukmiga koʻra bazaviy hisoblash miqdorining 75 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi va umumiy qiymati 312 million 436 ming soʻmga baholangan 18 dona tilla buyumlar davlat daromadiga oʻtkazildi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 5 Des
O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib keladi Joriy yilning 8-10-dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib keladi. 8-9-dekabrda O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Bu haqda "O‘zgidromet" xabar berdi. Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 8-10-dekabrda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi. 9-10-dekabrda shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol tezligi 15-18 m/s gacha, ayrim joylarda ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayadi. 10-dekabrga kelib, markaziy hududlarda harorat asta-sekin kechalari 2-5 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 3-6 daraja iliqqacha, shimolda kechalari 7-10 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-3 daraja sovuqqacha pasayishi kutilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 5 Des
⚡️O‘zbekistonliklar Konstitutsiya kuni munosabati bilan ketma-ket uch kun dam oladi 8-dekabr — O‘zbekiston konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabat bilan o‘zbekistonliklar ketma-ket uch kun dam oladi: 6-dekabr, shanba — besh kunlik ish haftasi uchun dam olish, 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun ish kuni 7-dekabr, yakshanba — umumiy dam olish kuni. 8-dekabr, dushanba — O‘zbekiston konstitutsiyasi kuni munosabati bilan rasmiy bayram va dam olish kuni. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 5 Des
Paxtachi tumani nomi o‘zgarishi mumkin Paxtachi tumani nomi o‘ziga xos tarixiy mazmunga ega bo‘lmagani va hududning asl qiyofasini ifodalamagani sababli uni o‘zgartirish masalasi muhokama qilinmoqda. Tuman hokimligi kanalida soʻrovnoma oʻtkazilib, tumanga tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan Ziyovuddin yoki Dabusqalʼa nomlarini berish taklifi ilgari surilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, Dabusqalʼa — bu hududda qadimda mavjud bo‘lgan, tarixiy manbalarda qayd etilgan qal’a nomi bo‘lib, mintaqaning asl o‘tmishini aks ettiradi. Yana bir taklif etilgan nom — Ziyovuddin, arabcha “dinning nuri” ma’nosini anglatib, tarixan shu xududda qo‘llanib kelgan toponimlardan biri hisoblanadi. Paxtachi tumani nomiga oid bahslar davlat darajasiga ham ko‘tarilgan. Avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev tuman nomining o‘ziga xos ma’noga ega emasligini tanqid qilib, hududlarga tarixini aks ettiruvchi, xalq qalbiga yaqin bo‘lgan nomlarni qaytarish kerakligini ta’kidlagan edi. Shu bois tumanga munosib, tarixiy ildizlarga asoslangan yangi nom berish yuzasidan takliflar jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 5 Des
Kattaqo‘rg‘on va Pastdarg‘omda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlarda ikki hududda tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi. Kattaqo‘rg‘on shahrida fuqaro Sh.B. tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmagan holda, “Ziyolilar” MFY hududida joylashgan xonadonda umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 132,7 million so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Pastdarg‘om tumanida esa “M.K.” xususiy korxonasi vakillari savdo do‘konini umumiy elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 114,3 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi. Har ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi va tergov harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 4 Des
🗓Maktablarda qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga ko‘ra, Hukumatning 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qaroriga muvofiq, 2025–2026-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi. Boshlang‘ich sinflarda (1–4-sinflar) ta’til 27-dekabr — shanba kunidan boshlanishi belgilangan. Ta’til 2026-yil 10-yanvargacha davom etadi — jami 14 kalendar kun. 2026-yil 11-yanvar yakshanbaga to‘g‘ri kelgani sababli, III chorak darslari 2026-yil 12-yanvardan boshlanadi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 4 Des
🌦Samarqandda 5-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +0/+13° Kechasi: -0 - +5°, iliq, baʼzi joylarda -2° sovuqqacha; Kunduzi: +6 - +11°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, kechasi va kunduzi baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:35 Quyosh botishi: 17:07 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 4 Des
Kattaqo‘rg‘onda xazon yoqqan fuqaro jarimaga tortildi Kattaqo‘rg‘on tumanining Qiyot mahallasida o‘tkazilgan tungi reyd chog‘ida mahalliy fuqaro O.X. tomonidan xazon va shox-shabbalar bir joyga to‘planib, ochiq alanga qilinganligi aniqlangan. Ekologiya boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu holat bo‘yicha fuqaro MJtKning 88-moddasi 3-qismi asosida ma’muriy javobgarlikka tortildi va BHMning 3 barobari miqdorida — 1 236 000 so‘m jarima qo‘llandi. Maʼlumot uchun, 1 tonna barg xazon yonganda atmosfera havosiga 30 kilogramm uglerod oksidi va bir qancha zararli gazlar ajralib chiqadi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 4 Des
Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi etib tasdiqlandi Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi sessiyasida Prezident Shavkat Mirziyoyev Erkinjon Turdimovni viloyat hokimi lavozimiga tasdiqladi. Ma’lumot uchun, Erkinjon Turdimov 1969-yilda Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida tug‘ilgan. 1991-yilda Toshkent davlat milliy iqtisodiyot institutini “Iqtisodiyot” yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1991-yilda “O‘zsanoatqurilishbank”ning hududiy bo‘limlarida mutaxassis sifatida boshlagan. 1995–1996-yillarda Zarafshon shahar hokimligi iqtisodiyot bo‘yicha o‘rinbosari, 1996–2000-yillarda Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining Navoiy viloyati bo‘limi boshqaruvchisi lavozimida ishlagan. 2000–2008-yillarda Xatirchi tumani hokimi, 2008-yilda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi birinchi o‘rinbosari, 2008–2016-yillarda Navoiy viloyati hokimi, 2016–2018-yillarda Surxondaryo viloyati hokimi bo‘lgan. 2018-yildan 2024-yil noyabrigacha Samarqand viloyati hokimi lavozimida faoliyat yuritgan. 2024-yil 28-noyabrda mazkur lavozimdan ozod etilgan. 2025-yil 22-yanvardan boshlab Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida ishlagan. Endilikda u viloyat hokimi etib rasman tasdiqlandi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 4 Des
💰O‘zbekistonda mehnat va pensiya miqdorlari qancha? Hozirgi kunda O’zbekiston hududida: Mehnatga haq to’lashning eng kam miqdori – 1 271 000 so’m; Bazaviy hisoblash miqdori – 412 000 so’m; Pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 471 000 so’m; Yoshga doir eng kam pensiya – 918 000 so’m; Nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji to‘liq bo‘lmagan shaxslar uchun nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 1 012 000 so’m; Mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 1 012 000 so’m; Belgilangan yoshga doir pensiya miqdoridan (918 000 so’mdan) 1 012 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 1 012 000 so‘m; Zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 820 000 so’m; Ish staji to‘liq bo‘lmagan yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovlarni hisobga olgan holda – 820 000 so‘m. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 4 Des
Samarqandda o‘zini “bosh vazir yordamchisi” deb tanishtirgan firibgar qo‘lga olindi Samarqandda 73 yoshli toshkentlik erkak o‘zini “bosh vazir yordamchisi” deb tanishtirib, korxona rahbarini aldashga uringan. U avvaliga turmush o‘rtog‘i og‘ir kasalligi borligini aytib 100 million so‘m so‘ragan, keyin esa “lavozim hal qilib beraman” deb yana 15 ming dollar talab qilgan. “Jomboy don mahsulotlari” AJ rahbari firibgarning kartasiga 60 million so‘m o‘tkazgan. Biroq keyinchalik uning harakatlaridan shubhalanib, hokimlik orqali ma’lumotlarni tekshirtirganda, vazirlikda bunday lavozimdagi shaxs yo‘qligi aniqlangan. Tezkor tadbir davomida firibgar 15 ming dollarning bir qismini olayotganda ushlandi. Sud uni 22,5 million so‘m jarima va 2 yil qamoq jazosi bilan jazoladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube