TGINSIGHT CHAT
Bars | Rasmiy kanal
@bars_rasmiy
Berita dan mediaSamarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar
Postingan terbaru
Hal. 44 dari 84 · 1,007 postingan
Diposting 28 Okt
Prezident Samarqandga keladi Samarqand tarixiy tadbir – YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga mezbonlik qilmoqda. Shu munosabat bilan Prezidentimiz Samarqandga tashrif buyuradi va Parijdan tashqarida ilk bor o‘tkazilayotgan ushbu anjumanning ochilish marosimida ishtirok etadi. Tadbir doirasida madaniyat, ilm-fan va ta’lim sohalarida xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslar ilgari surilishi, shuningdek, qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shu bilan birga, joriy haftada mamlakatimizga Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich va Finlyandiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Stubb tashrif buyuradi. Sammitlar doirasida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazilib, ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilinadi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 27 Okt
🌦️Samarqandda 28-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +8/+23° Kechasi: +8 - +13°, iliq. Kunduzi: +18 - +23°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Quyosh chiqishi: 06:54 Quyosh botishi: 17:37 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 27 Okt
Siz oddiy, deb bilgan holat atrof-muhitni ifloslanishiga va daraxtlarning nobud bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 27 Okt
Endi malaka toifasiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga ustama uchun ball qo‘shib beriladi Endilikda pedagog xodimlarga malaka toifasi darajasiga qarab, direktor jamg‘armasi hisobidan tayinlanadigan ustama uchun 5 dan 20 ballgacha qo‘shimcha ball beriladi. Bu o‘zgarish Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktyabrdagi 662-sonli qarori bilan kiritildi. Avvalgi tartib bo‘yicha o‘qituvchilarning ustama olishi asosan o‘quvchilarning va Kuzatuv kengashi a’zolarining ijobiy fikriga asoslangan so‘rovlarga bog‘langan edi. Endi bu ko‘rsatgich o‘rniga malaka toifasi bo‘yicha ball berish joriy etildi. Malaka toifasiga qarab beriladigan ballar: Mutaxassis lavozimida — 0 ball; Ikkinchi malaka toifasi — 5 ball; Birinchi malaka toifasi — 10 ball; Oliy malaka toifasi — 20 ball. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 27 Okt
Shavkat Mirziyoyev yana AQSHga boradi Shavkat Mirziyoyev noyabr oyida AQSHga borishi kutilmoqda. AQSH prezidenti Donald Tramp shu yilning 6-noyabr kuni Vashingtonda Markaziy Osiyo mamlakatlari va Qo‘shma Shtatlar liderlarining C5+1 formatidagi sammitiga mezbonlik qiladi. Ayni kunlarda AQSHning Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor hamda Davlat kotibi o‘rinbosari Kristofer Landau Toshkentda bo‘lib turishibdi. Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev ham Trampga sammitga taklif uchun minnatdorchilik bildirgan. Eslatib o‘tamiz, 2025-yil sentyabrda Shavkat Mirziyoyev AQSHga borgan va BMT tadbirlari doirasida Tramp bilan uchrashgandi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 25 Okt
🌤Samarqandda 26-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +10/+26° Kechasi: +10 - +15°, iliq. Kunduzi: +21 - +26°, issiq. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 06:52 Quyosh botishi: 17:38 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 25 Okt
Toʻy va marosimlarda maromiylik targʻib etiladi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Mahallalar uyushmasi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda “Nuroniy” jamg‘armasi tomonidan dabdabali to‘y va boshqa oilaviy marosimlarni ixcham, maromda o‘tkazishga qaratilgan “Maromiylik” targ‘ibot kampaniyasi boshlandi. Ushbu besh tashkilot tomonidan 90 kunlik chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan bo‘lib, unda soddalik, tejamkorlik va milliy qadriyatlarga asoslangan madaniyatni targ‘ib etish maqsad qilingan. Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-oktabrdagi qaroriga muvofiq, to‘y, sunnat, nikoh, maraka va boshqa oilaviy tadbirlar: 3 soatdan oshmasligi; 200 nafardan ortiq mehmon chaqirilmasligi; dabdaba va ortiqcha xarajatlarga yo‘l qo‘yilmasligi belgilangan. Mazkur tartiblarni buzgan fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha, tadbir joyi egalari yoki tashkilotchilarga esa 30 baravargacha jarima qo‘llanadi. Takroriy holatda jarima 50 baravargacha oshiriladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 25 Okt
Urgutda 9 kilogrammga yaqin giyohvand modda bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Samarqand viloyatida yirik miqdordagi “opiy” moddasining kontrabanda yo‘li bilan olib kirilishining oldi olindi. Ma’lum bo‘lishicha, Urgut tumanida yashovchi, 1998-yilda tug‘ilgan shaxs 8 kilogramm 860 gramm “opiy” moddasini Tojikistondan aylanma yo‘llar orqali mamlakat hududiga olib o‘tmoqchi bo‘lgan. U chegarachilarning qonuniy to‘xtash talabiga bo‘ysunmay, moddani tashlab qochishga uringan. Ammo tezkor choralar natijasida gumonlanuvchi ushlangan. Surishtiruv davomida uning jinoiy sherigi, 1966-yilda tug‘ilgan fuqaro ham aniqlanib, protsessual tartibda qo‘lga olingan. Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan ish qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 24 Okt
🌤Samarqandda 25-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +10/+28° Kechasi: +10 - +15°, iliq. Kunduzi: +23 - +28°, issiq. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 06:51 Quyosh botishi: 17:42 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 24 Okt
Kattaqo‘rg‘on tumanida xotinini tiriklayin ko‘mgan erkakka hukm o‘qildi Ma’lumotlarga ko‘ra, 1995-yilda tug‘ilgan va avval ham uch marta sudlangan shaxs 7 oylik homilador xotinini tiriklayin chuqurga ko‘mib, ustini avtomobil bilan yopib qo‘ygan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, er-xotin o‘rtasida doimiy janjallar bo‘lib turgan. 2021-yilda mast holdagi er xotinini urgan, keyin belkurak berib, 2 metrli chuqur qazishga majburlagan. Ayol soatlab azob chekib, chuqur qazishga majbur bo‘lgan. Keyin esa er uni tiriklayin chuqurga ko‘mib, ustini «Jiguli» avtomobili bilan yopib qo‘ygan. Uch kun suv va ozuqasiz qolgan ayol hushini yo‘qotgan holda tirik qolgan. Shundan so‘ng er uni yana urib, tahqirlagan, hatto itini pichoqlab “seniyam shunday ahvolga solaman” deb qo‘rqitgan. Sud hukmiga ko‘ra, erkak Jinoyat kodeksining 138-moddasi 2-qismi “a, b” bandlari va 112-moddasi 1-qismi bo‘yicha aybdor deb topildi va 3 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 24 Okt
Samarqanddagi oliygohlarda o‘quv jarayoni odatiy tartibda davom etadi Ijtimoiy tarmoqlarda UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi o‘tkazilishi munosabati bilan Samarqanddagi oliy ta’lim muassasalari vaqtincha onlayn ta’limga o‘tayotgani hamda talabalarga uyiga javob berilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ullari ushbu ma’lumotni rad etdi. — Hech qanday o‘zgarish kutilmayapti, barcha darslar avvalgidek odatiy jadval asosida olib borilmoqda, — deydi Xushnudbek Xudayberdiyev. Demak, UNESCO Bosh konferensiyasi Samarqandda o‘tkazilishi oliy ta’lim muassasalaridagi o‘quv jarayoniga ta’sir qilmaydi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 23 Okt
Tuman hokimliklari boshqaruv tizimi yangicha asosda tashkil etiladi 2025-yil 21-oktyabr kuni Prezidentning “Hududlarni barqaror iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish uchun tuman (shahar) hokimliklari faoliyatini tubdan takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–186-son Farmoni qabul qilindi. Hujjatga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan tajriba-sinov tariqasida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman (shahar)” maqomidagi 33 ta hudud hamda Surxondaryo viloyatining barcha tuman (shahar)larida yangi boshqaruv tizimi joriy etiladi. Unga muvofiq, quyidagi vazirlik va idoralarning tuman (shahar) bo‘linmalari mahalliy hokimliklar boshqaruviga o‘tkaziladi: Iqtisodiyot va moliya vazirligi; Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi; Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi; Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi; Qishloq xo‘jaligi vazirligi; Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi; Madaniyat vazirligi; Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi; Yoshlar ishlari agentligi. Mazkur yangilikdan asosiy maqsad — tuman va shahar hokimliklarida ixcham, natijadorlikka yo‘naltirilgan samarali boshqaruv tizimini shakllantirish hamda hududlarni kompleks rivojlantirish jarayonini tezlashtirishdan iborat. 🔰Telegram | Instagram | You Tube