TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Kembali ke saluran
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT CHAT

Bars | Rasmiy kanal

@bars_rasmiy

Berita dan media

Samarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar

Pelanggan9,380Jumlah pelanggan saat ini
Postingan terlacak1,007Jumlah postingan terindeks
Jangkauan terkini9,000Jumlah tampilan postingan terbaru
Postingan terbaru

Postingan terbaru

Hal. 43 dari 84 · 1,007 postingan

Diposting 1 Nov

🌤️Samarqandda 2-noyabr kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +5/+20° Kechasi: +5 - +10°, iliq. Kunduzi: +15 - +20°, iliq. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 06:59 Quyosh botishi: 17:31 🔰Telegram | Instagram | You Tube

560 views

Diposting 1 Nov

Anvar Boliyev Narpay tumani hokimi etib tayinlandi Bugun xalq deputatlari Narpay tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Anvar Boliyev Narpay tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Anvar Boliyev 1979-yil 16-iyul kuni Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida tug‘ilgan. U 2006-yilda Samarqand davlat universitetini, 2020-yilda esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2002-yilda “O‘zagrosug‘urta” davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasining Samarqand shahar bo‘linmasida sug‘urta agenti lavozimida boshlagan. Keyinchalik kompaniyaning turli bo‘linmalarida menejer, direktor o‘rinbosari va filial boshqaruvchisi sifatida faoliyat yuritgan. 2017–2022-yillarda “O‘zagrosug‘urta” kompaniyasining Samarqand viloyat filiali boshqaruvchisi bo‘lib ishlagan. 2022-yildan esa Narpay tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

640 views

Diposting 30 Okt

🌤️Samarqandda 31-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +6/+25° Kechasi: +6 - +11°, iliq. Kunduzi: +20 - +25°, iliq. Havo biroz bulutli, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Quyosh chiqishi: 06:54 Quyosh botishi: 17:37 🔰Telegram | Instagram | You Tube

639 views

Diposting 30 Okt

Samarqand jahon miqyosidagi tadbirni o‘tkazishga tayyor 🔰Telegram | Instagram | You Tube

780 views

Diposting 30 Okt

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqandga keldi Prezident Shavkat Mirziyoyev UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi ochilish marosimida ishtirok etish uchun Samarqandga keldi. Ezgu an’anaga muvofiq, tashrif Imom Buxoriy maqbarasining ziyoratidan boshlandi. Bu — davlat rahbarining joriy, ya’ni 2025-yildagi beshinchi rasmiy tashrifidir. Shavkat Mirziyoyev yil davomida Samarqandga bir necha bor tashrif buyurgan: 22-mart kuni Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qilgan; 2-aprelda Samarqandda qator ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar bilan tanishgan; 23-aprelda yana viloyatga tashrif buyurib, yangi infratuzilma obyektlari faoliyatini ko‘zdan kechirgan; 25–26-avgust kunlari esa Iordaniya Podshohi bilan birgalikda Samarqandni ziyorat qilgan. Shunday qilib, bugungi tashrif Prezidentning beshinchi marotaba Samarqandga kelishi bo‘lib, u mamlakatda madaniyat, ma’naviyat va xalqaro hamkorlik sohalariga qaratilayotgan e’tiborning yana bir yaqqol ifodasidir. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

697 views

Diposting 30 Okt

Serbiya Respublikasi Prezidenti Samarqandga keldi Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti (YUNESKO) Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining ochilish marosimida ishtirok etish uchun ushbu shaharga yetib keldi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

640 views

Diposting 30 Okt

O‘zbekiston xalq artisti Yoqub Ahmedov vafot etdi O‘zbekiston teatr san’atida o‘chmas iz qoldirgan arbob, O‘zbekiston xalq artisti Yoqub Ahmedov 87 yoshida vafot etdi. Yoqub Ahmedov 1938-yil 3-yanvar kuni Namanganda tug‘ilgan. U A.Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini tamomlagan. Uzoq yillar davomida O‘zbekiston Milliy akademik drama teatri sahnasida faoliyat yuritgan, ko‘plab spektakl va filmlarda yorqin rollar ijro etgan. “O‘tgan kunlar”dagi Azizbek, “Furqat”, “Ganga qizi”, “Hamza”, “Mehrobdan chayon” kabi asarlardagi obrazlari bilan el sevgisini qozongan. Yoqub Ahmedov nafaqat aktyor, balki teatr hayotini rivojlantirishda katta hissa qo‘shgan rahbar sifatida ham tanilgan. U so‘nggi yillarda O‘zbekiston teatr arboblari uyushmasi raisi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi. Uning samimiyot va mahorati bilan to‘la ijodi o‘zbek teatr va kinosi tarixida muhrlanib qoladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,850 views

Diposting 29 Okt

🌤️Samarqandda 30-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +6/+25° Kechasi: +6 - +11°, iliq. Kunduzi: +20 - +25°, iliq. Havo biroz bulutli, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 06:54 Quyosh botishi: 17:37 🔰Telegram | Instagram | You Tube

598 views

Diposting 29 Okt

Qo‘riqlash xizmati tashkil etilganiga 73 yil to‘ldi 🇺🇿1952-yil 29-oktabr kuni O‘zbekistonda Qo‘riqlash xizmati tashkil etilgan. Bugun esa ushbu tuzilma Ichki ishlar vazirligi tarkibidagi alohida Dеpartament sifatida faoliyat yuritmoqda. Bars internet nashri jamoasi Qo‘riqlash departamenti xodimlarini xizmatning 73 yillik yubileyi bilan samimiy tabriklaydi. Yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash yo‘lidagi fidokorona xizmatlaringizda omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz! 🔰Telegram | Instagram | You Tube

697 views

Diposting 29 Okt

Samarqandda “qizil” toifali mahallar kamaygan Viloyatda 81 ta “qizil” toifali mahalladan 61 tasi ijobiy toifaga o‘tgan, shundan 34 tasi “yashil” toifaga kiritilgan. Shu bilan birga, 20 ta mahalla hali ham “qizil” ro‘yxatda qolmoqda. Shunga qaramay, 1 081 ta mahallaning 374 tasida hisobot davrida birorta ham jinoyat sodir etilmagan. Jinoyatlarning 90 foizi (9 311 ta) fosh etilgan, tergovdan yashiringan 742 nafar shaxs ushlangan va 29 nafar bedarak yo‘qolgan fuqaro topilgan. Elyor Ulug‘murodov, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

634 views

Diposting 28 Okt

🌦️Samarqandda 29-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +6/+25° Kechasi: +6 - +11°, iliq. Kunduzi: +20 - +25°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 06:55 Quyosh botishi: 17:38 🔰Telegram | Instagram | You Tube

596 views

Diposting 28 Okt

Samarqand shahrida jamoat transportida naqd to‘lov bekor qilinadi Samarqand shahrida yo‘lovchi tashish tizimini to‘liq raqamlashtirish yo‘lida navbatdagi qadam tashlanmoqda. Endilikda jamoat transportida naqd pul o‘rniga faqat elektron to‘lov tizimi orqali haq to‘lash joriy etiladi. Bu haqda Samarqand viloyati Transport boshqarmasi Axborot xizmati xabar berdi. Mazkur yangilik yo‘lovchilarga qulaylik yaratish, xizmat sifatini oshirish hamda transport tizimining shaffofligini ta’minlashga xizmat qiladi. Shuningdek, yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida shahardagi bekatlarda bir martalik elektron chipta sotib olish uchun to‘lov terminallari o‘rnatilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

669 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••404142434445•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384