TGINSIGHT CHAT
Bars | Rasmiy kanal
@bars_rasmiy
Berita dan mediaSamarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar
Postingan terbaru
Hal. 46 dari 84 · 1,007 postingan
Diposting 13 Okt
Samarqandda 130 ga yaqin “Tashvish tugmalari” o‘rnatildi Samarqand shahrida xavfsizlikni taʼminlash, jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolar va sayyohlarning tinchligini himoya qilish maqsadida 40 dan ortiq “tashvish tugmalari” o‘rnatildi. Mazkur tizim Samarqandni xavfsiz turizm markaziga aylantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib, tugmalar parklar, bog‘lar, muassasalar hamda gavjum joylarga joylashtirilgan. Viloyat miqyosida esa jami 127 ta “tashvish tugmasi” o‘rnatilgan bo‘lib, shundan 40 tasi Samarqand shahriga to‘g‘ri keladi. — Agar fuqaro xavf yoki noxush holatni sezsa, tugmani bosishi kifoya. Xabar darhol tezkor harakatlanuvchi guruhga yetkaziladi va ular qisqa fursatda voqea joyiga yetib boradi, — deydi Samarqand viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi Axborot xizmati rahbari Shaxriyor Musurmonov. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 13 Okt
Samarqandda Agroinspeksiya xodimi pora bilan ushlandi Davlat xavfsizlik xizmati va viloyat prokuraturasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Agrosanoat majmuasi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Samarqand viloyati boshqarmasining yetakchi mutaxassisi pora olayotganda qo‘lga olindi. Aniqlanishicha, u Samarqand tumanidagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi fermer xo‘jaligida o‘tkazilgan o‘rganish jarayonida yer unumdorligiga zarar yetkazilgan holat yuzasidan choralar ko‘rmaslik evaziga 3 ming AQSH dollari talab qilgan. Shundan 500 dollarini avval olgan, qolgan 2 500 dollarni olayotganda daliliy ashyolar bilan ushlandi. Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 13 Okt
Kattaqo‘rg‘onda uch tadbirkorga hukm o‘qildi Bugun Jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar sudi “T-NUTS” va “PICHOQCHI DRY FRUITS” MCHJ rahbari T. Abdijalilov hamda yana ikki shaxs — A. Abdumalikov (“UNITED JOY GROUP” MCHJ rahbari) va Sh. Qoziboyev (“Barakasini bersin tomorqa xizmati” MCHJ rahbari)ga nisbatan hukm chiqardi. Sud qaroriga ko‘ra, T. Abdijalilov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi va 228-moddasi 2-qismi “b” bandi bo‘yicha aybli deb topilib, 6 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. A. Abdumalikov va Sh. Qoziboyev esa shu moddalar bo‘yicha 5 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Ular 7 milliard so‘m miqdoridagi imtiyozli kredit mablag‘larini talon-toroj qilganlikda ayblanmoqda. Hozirda barcha sudlanuvchilarga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Samarqand viloyati sudi Axborot xizmati ta’kidlaganidek, sud hukmi qonuniy kuchga kirmaguncha, ular aybsiz deb hisoblanadi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 13 Okt
Samarqandda boʻladigan anjumanga 193 davlatdan 4 mingdan ortiq delegat keladi Oktabr oyining so‘nggi kunlarida Samarqand shahri BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti – YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga mezbonlik qiladi. So‘nggi 40 yil ichida ilk bor YUNESKO Bosh konferensiyasi Parijdan tashqarida, aynan Sharq va G‘arbni bog‘lagan Samarqandda o‘tkazilayotgani bilan tarixiy ahamiyatga ega. Sessiyada tashkilotning yangi bosh direktori saylanishi ham kutilmoqda. Sessiya tadbirlari “Ipak yo‘li” xalqaro turizm markazida bo‘lib o‘tadi. Bu yerda 8 ta mehmonxonada asosiy delegatsiyalar, shahar bo‘ylab esa 130 ta mehmonxonada qolgan ishtirokchilar uchun joylar tayyorlanmoqda. Forumda YUNESKO rahbariyati, kotibiyati, 193 davlatdan 4 mingdan ortiq delegat, shuningdek davlat rahbarlari, xalqaro tashkilotlar yetakchilari, vazirlar va elchilar qatnashadi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 12 Okt
🌤Samarqandda 13-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +10/+28° Kechasi: +10 - +15°, iliq. Kunduzi: +23 - +28°, issiq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 06:39 Quyosh botishi: 17:58 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 11 Okt
Pastdargʻomda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Pastdarg‘om tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “K.O.” MCHJ mas’ul shaxslari Mirzo Ulug‘bek MFY hududidagi binoda tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 165,5 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 11 Okt
Samarqandda hibsda bo‘lgan ayol vafot etdi "Ezgulik" jamiyati rahbari Abdurahmon Tashanovning ma’lum qilishicha, Samarqand viloyatida 64 yoshli ayol vafot etgan. U qo‘y o‘g‘irlashda ayblanib, 25-iyul kuni hibsga olingan va 7-son tergov izolyatoriga joylashtirilgan. Ayol qandli diabet bilan og‘rigan bo‘lsa-da, advokatlar tomonidan so‘ralgan tibbiy tekshiruv o‘tkazilishiga ruxsat berilmagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, sog‘ligi yomonlashganidan so‘ng u Toshkentdagi “Sangorod” shifoxonasiga olib borilgan, biroq keyinchalik yana izolyatorga qaytarilgan. Bugun esa uning vafot etgani ma’lum bo‘ldi. Rasmiy idoralar hozircha voqea yuzasidan izoh bermagan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 10 Okt
Samarqandning 4 ta tumaniga yangi maqom berildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2025-yil 8-oktabrda PQ–298-sonli qarorni imzoladi. Unga binoan, 33 ta tuman va shaharga “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman (shahar)” maqomi berildi. Maqsad — bu hududlarni aholining farovon yashashi va tadbirkorlik uchun namunali maskanlarga aylantirish. Moliyaviy qo‘llab-quvvatlash: 18 ta hududga — 100 milliard so‘mdan 14 ta hududga — 30 milliard so‘mdan Norin tumani Sho‘rariq mahallasiga esa — 10 milliard so‘m yoʻnaltiriladi. Samarqand viloyatining Bulungʻur, Kattaqoʻrgʻon, Ishtixon, Payariq tumanlariga ham maqom berilishi va mablagʻ ajratilishi belgilandi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 9 Okt
🌤Samarqandda 10-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +8/+28° Kechasi: +8 - +13°, iliq. Kunduzi: +23 - +28°, issiq. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 06:36 Quyosh botishi: 18:01 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 9 Okt
Samarqandda patrul-post xizmati mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi Joriy yil 9-oktyabr kuni soat 14:15 larda Samarqand shahridagi Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, viloyat IIB Patrul-post xizmati bataloni inspektori boshqaruvidagi “Nexia-3” xizmat avtomobili “Damas” rusumli mashinaning orqa qismiga urilgan. Natijada “Damas” o‘z navbatida oldinda turgan “Damas-2” va “Lacetti” avtomobillariga to‘qnashgan. Hodisa oqibatida patrul inspektori hamda “Damas” haydovchisiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan va ular uyiga javob berilgan. Barcha haydovchilar hushyor holatda bo‘lgan. Hozirda holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, deb xabar bermoqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 9 Okt
8 ta holatda shaxsni tasvirga olish va uni tarqatishda rozilik so‘rash talab etilmaydi Avvalroq shaxsni suratga olish yoki tasviridan foydalanish uchun uning roziligi shart bo‘lishi haqida xabar bergan edik. Qonunga koʻra quyidagi 8 ta holatda tasvirga olish va uni tarqatishda rozilik so‘rash talab etilmaydi: qidiruvdagi shaxsni aniqlash uchun tasvirdan foydalanganda; jamoat tartibini saqlash yoki xavfsizlikni ta’minlash maqsadida videokuzatuv orqali tasvirdan foydalanganda; davlat organlari o‘z xizmat vazifasini bajarish jarayonida tasvirdan foydalanganda; qonunbuzarlik holatlari haqida xabar berganda tasvirdan foydalanganda; davlat xizmatchilarini ularning xizmat vazifasini bajarish yoki jamoatchilik oldidagi faoliyati vaqtida tasvirga olishda. jamoat joylarida (ko‘cha, maydon, park, stadion, sohil, bozor, transport, aeroport, vokzal, kafe, kutubxona, muzey va h.k.) hamda mitinglar, yig‘ilishlar va namoyishlarda, ommaviy tadbirlarda umumiy jarayonlarni aks ettirish maqsadida shaxslarni tasvirga olishda; agar tasvir ochiq manbada joylashtirilgan bo‘lsa yoki undan hamma erkin foydalana olsa (tijorat maqsadida foydalanish bundan mustasno). shaxs haq evaziga tushgan surat yoki video faqat o‘sha maqsadda — ya’ni oldindan kelishilgan yo‘nalishda foydalanilsa. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 9 Okt
Bulung‘urda xorijiy kompaniya tabiatga 7 milliard so‘mlik zarar yetkazdi Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida faoliyat yuritgan “S.I.” xorijiy korxonasi atrof-muhitga 7 milliard so‘mlik zarar yetkazgani aniqlandi. Ekologiya vazirligi o‘tkazgan tekshiruvda kompaniya “Jomboy-3” hududida noqonuniy ravishda 50 kub metrdan ortiq tuproq qazib olgani ma’lum bo‘ldi. Ushbu joyda faqat geologik-qidiruv ishlari olib borishga ruxsat berilgan edi. Holat yuzasidan materiallar Bosh prokuraturaga yuborilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube