TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Kembali ke saluran
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT CHAT

Bars | Rasmiy kanal

@bars_rasmiy

Berita dan media

Samarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar

Pelanggan9,380Jumlah pelanggan saat ini
Postingan terlacak1,007Jumlah postingan terindeks
Jangkauan terkini13,821Jumlah tampilan postingan terbaru
Postingan terbaru

Postingan terbaru

Hal. 42 dari 84 · 1,007 postingan

Diposting 4 Nov

Samarqandda yog‘ingarchilik oqibatida suv toshgan hududda holat bartaraf etildi Samarqand shahar hokimligi Axborot xizmatining Barsga ma’lum qilishicha, Spitamen shoh ko‘chasidagi Hazora avtoboshbekati hududida yog‘ingarchilik oqibatida yuzaga kelgan suv toshqini holati mas’ullar tomonidan to‘liq bartaraf etilgan. Aholi harakati tiklangan, yo‘l va atrof hududda tozalash ishlari yakuniga yetkazilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

555 views

Diposting 4 Nov

❄️Samarqand shahrida ham ilk qor uchqunlari koʻrindi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

600 views

Diposting 4 Nov

Samarqand shahrining Spitamen shoh ko‘chasida, Hazora avtoboshbekati hududida yog‘ingarchilik oqibatida suv toshdi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

652 views

Diposting 4 Nov

Samarqandda kuz-qish mavsumi uchun shtablar tashkil etildi Samarqand viloyatida kuz–qish mavsumida aholining ichimlik suvi, gaz, elektr energiyasi va ko‘mir bilan uzluksiz ta’minlanishini ta’minlash maqsadida viloyat, shahar va tuman hokimliklari, ijtimoiy hamda kommunal soha tashkilotlarida 24 soat davomida uzluksiz faoliyat yurituvchi shtablar tashkil etildi. Mazkur shtablar aholining murojaatlarini tezkor qabul qilib, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish bilan shug‘ullanadi. Agar joylarda bu borada muammolar kuzatilsa, fuqarolar viloyat hokimligi shtabiga quyidagi telefon raqami orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilishlari mumkin: 66-223-53-28 Shuningdek, shahar va tuman hokimliklarida ham shunday shtablar faoliyat olib bormoqda: 📞Aloqa raqamlari: Samarqand shahri – 66-233-03-60; Kattaqo‘rg‘on shahri – 66-456-31-40; Kattaqo‘rg‘on tumani – 66-414-19-71; Bulung‘ur tumani – 66-442-18-84; Samarqand tumani – 66-612-55-90; Nurobod tumani – 55-701-30-16; Narpay tumani – 66-432-10-98; Past Darg‘om tumani – 66-465-13-87, 66-465-12-14; Ishtixon tumani – 66-629-15-69; Payariq tumani – 55-702-11-00; Paxtachi tumani – 66-403-13-51; Jomboy tumani – 66-475-16-16; Oqdaryo tumani – 66-492-52-45, 66-492-60-09; Qo‘shrabot tumani – 66-646-13-66; Toyloq tumani – 66-666-50-85; Urgut tumani – 66-483-16-64. ⚙️ Kommunal va ijtimoiy xizmatlar bo‘yicha ishonch raqamlari: “Hududgaz Samarqand” – 66-239-78-12, 66-239-78-17, 66-239-78-11, 66-239-78-09; “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ viloyat filiali – 66-237-76-88, 55-707-60-60. “Samarqand suv ta’minoti” AJ – 55-707-18-21; “Issiqlik manbai” DUK – 66-221-42-60; Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi – 66-235-35-80; Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi – 55-703-74-00; Sog‘liqni saqlash boshqarmasi – 66-234-99-39, 66-234-99-64; Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi – 95-324-24-88. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

4,490 views

Diposting 3 Nov

🌦️Samarqandda 3-noyabr kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +6/+11° Kechasi va kunduzi +6 - +11°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Quyosh chiqishi: 07:02 Quyosh botishi: 17:28 🔰Telegram | Instagram | You Tube

549 views

Diposting 3 Nov

Kasalxona — bu xalq uchun ochiq joy, “rejimli ob’yekt” emas Ijtimoiy tarmoqlarda shifoxona hududini qo‘riqlayotgan xodim ishtirokidagi videolarga nisbatan ayrim blogerlarning “tanqid”i e’tibor qozondi. Ammo bu holatga bir tomonlama, yuzaki qarash — muammoni chuqurlashtiradi. Avvalo, bu kasalxona — ya’ni odamlarga xizmat qiladigan, bemorlar davolanadigan joy. U toifalangan yoki maxfiy ob’yekt emas. Bu yerda odamlar doimiy kirib chiqadi, yaqinlariga dori-darmon yoki zarur buyumlar olib keladi, hol so‘rashadi. Shunday joylarda fuqarolarning kirib-chiqishi tabiiy hol bo‘lishi kerak. Afsuski, so‘nggi paytlarda ayrim “blogerlar” shifoxonaga kirib chiqayotgan fuqarolarni ham rejim nazoratidan o‘tayotgandek talqin qilishmoqda. Bu esa jamoatchilikda asossiz shubha uyg‘otadi. Ikkinchi tomoni — agar kimdir jurnalistik surishtiruv o‘tkazmoqchi bo‘lsa va u OAV vakili sifatida qonuniy hujjatlarga ega bo‘lsa, unga to‘siq qo‘yish to‘g‘ri emas. Aksincha, bunday xodimlar shifoxonadagi real vaziyatni yoritish orqali tizimdagi muammolarni aniqlashga hissa qo‘shadi. Shu boisdan, har bir vaziyatga baho berishda fikrni kengroq olib borish, qonunchilik nuqtai nazaridan yondashish zarur. Har qanday ob’yektga kirish-chiqish tartibi qonun bilan belgilanadi. Shifoxonalar esa bu ro‘yxatda maxfiy yoki yopiq toifadagi maskanlar sirasiga kirmaydi. Demak, bu holatda qo‘riqlovchi xodim ham, OAV vakili ham — har biri o‘z vazifasini qonuniy doirada bajargan. Faqat ayrim blogerlarning masalaga yuzaki, shov-shuvga asoslangan yondashuvi jamoatchilikni noto‘g‘ri yo‘nalishga burmoqda. Shuning uchun ham munosabat bildirayotganda yoki tanqid yozayotganda, avvalo “qaysi ob’yektga kirish mumkin, qaysi ob’yektga mumkin emas” degan masalani aniqlab olish kerak. Chunki bir og‘iz noto‘g‘ri yozilgan gap ertaga butun mamlakat bo‘ylab kasalxonalarga kirish-chiqish erkinligiga ta’sir ko‘rsatmasligi lozim. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,920 views

Diposting 3 Nov

10-sinf o‘quvchilariga texnikumlarga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berildi O‘zbekiston Prezidenti tomonidan qabul qilingan yangi qarorga ko‘ra, endilikda maktabning 10-sinf o‘quvchilari ham o‘qishini texnikumlarga ko‘chirish huquqiga ega bo‘ladi. Ushbu tartib 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab joriy etiladi. Mazkur o‘zgarish kasbiy ta’lim tizimini 2030-yilgacha bosqichma-bosqich isloh qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi”ning muhim bandlaridan biri hisoblanadi. Uning maqsadi — yoshlarni erta kasb-hunarga yo‘naltirish, amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish va mehnat bozorining ehtiyojiga mos mutaxassislarni tayyorlashdir. 2028-yildan e’tiboran esa texnikumlarga o‘qishga yo‘naltirish 9-sinf yakuniy imtihon natijalariga asoslanadi. Shu orqali o‘quvchilarga erta ixtisoslashuv imkoniyati yaratiladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

652 views

Diposting 3 Nov

Ayrim qoidabuzarliklarga endi jarima emas, ogohlantirish beriladi O‘zbekiston Respublikasi Senati tomonidan ma’muriy javobgarlikka oid qonunlarga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, endilikda ayrim yo‘l harakati qoidalarini birinchi marta buzgan haydovchilar jarimaga tortilmaydi, balki ogohlantirish bilan cheklanadi. Bunga quyidagi holatlar kiradi: avtomobil boshqarayotganda telefondan, monitor yoki displeydan foydalanish; to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzish; majburiy sug‘urta bilan bog‘liq qoidabuzarliklar; piyodalar va yo‘l harakati ishtirokchilariga oid 138-moddaning 1-va 2-qismlarida nazarda tutilgan ilk huquqbuzarliklar. Ya’ni, bu qoidalarni birinchi marta buzgan haydovchilarga jarima qo‘llanilmaydi — ular ogohlantirish bilan cheklanadi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

825 views

Diposting 2 Nov

Samarqandda yer silkinishi sezildi Bugun, 2025-yil 3-noyabr kuni soat 01:29 da, Afgʻonistonning Samangon viloyati hududida 6,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila o‘chog‘i yer ostining 30 kilometr chuqurligida joylashgan bo‘lib, Toshkent shahridan 557 km janubi-g‘arbda joylashgan. O‘zbekiston Respublikasi hududida ham zilzila tebranishlari sezildi: Surxandaryo viloyatida — 5 ball, Qashqadaryo viloyatida — 3–4 ball, Samarqand viloyatida — 3 ball, Jizzax, Navoiy, Buxoro viloyatlarida — 3 ball, Sirdaryo viloyatida — 3 ball, Toshkent shahrida — 2–3 ball, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida — 2–3 ball. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,680 views

Diposting 2 Nov

🌦️Samarqandda 3-noyabr kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +5/+20° Kechasi: +5 - +10°, iliq. Kunduzi: +15 - +20°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, kechga tomon baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:02 Quyosh botishi: 17:29 🔰Telegram | Instagram | You Tube

569 views

Diposting 2 Nov

Samarqandda kuchaytirilgan reyd tadbirlari olib boriladi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti rahbariyati tomonidan Samarqand viloyati IIB hamda barcha sohaviy xizmat xodimlari tungi–kechki yo‘riqnoma asosida tungi xizmatga jalb etildi. Tungi xizmat faoliyati davomida shahardagi ko‘chalar bo‘ylab jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash va yo‘l-transport hodisalarini oldini olish maqsadida kuchaytirilgan tartibda reyd tadbirlari olib borilmoqda. Eslatib o‘tamiz, 2025-yil 1-avgustdan boshlab bazaviy hisoblash miqdori (BHM) taxminan 375 000 so‘mdan 412 000 so‘mga oshirildi. Shu munosabat bilan yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun jarima miqdorlari ham quyidagicha oshirilgan: xavfsizlik kamarini taqmaganlik uchun jarima — 206 000 so‘m. hujjatsiz yurganlik uchun jarima — 412 000 so‘m. tezlikni 20 km/soatgacha oshirganlik uchun jarima — 412 000 so‘m. tezlikni 40 km/soatdan ortiq oshirganlik uchun jarima — 3 708 000 so‘m. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

786 views

Diposting 2 Nov

Samarqandda “Cobalt” va avtobus ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 2025-yil 2-noyabr kuni soat 06:10 larda Samarqand shahri Afrosiyob mahallasi hududidan o‘tgan Shohizinda ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, “Cobalt” rusumli avtomobil haydovchisi Shohizinda ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan paytda uxlab qolgan. Natijada u rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lning chap tomonida joylashgan temir to‘siqqa urilgan. Zarbadan so‘ng avtomobil yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketib, o‘z yo‘lida harakatlanib kelayotgan “ASIASTAR” rusumli avtobus bilan to‘qnashgan. Hodisa oqibatida “Cobalt” haydovchisi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Avtobusda yo‘lovchilar bo‘lmagan, transport vositalariga texnik shikast yetgan. Holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB TB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

543 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••404142434445•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384