TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Kembali ke saluran
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT CHAT

Bars | Rasmiy kanal

@bars_rasmiy

Berita dan media

Samarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar

Pelanggan9,380Jumlah pelanggan saat ini
Postingan terlacak1,007Jumlah postingan terindeks
Jangkauan terkini7,685Jumlah tampilan postingan terbaru
Postingan terbaru

Postingan terbaru

Hal. 54 dari 84 · 1,007 postingan

Diposting 6 Sep

Samarqand viloyati tuxum yetishtirish boʻyicha respublikada ikkinchi oʻrinda Milliy statistika qo‘mitasining ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–iyun oylarida respublikamizda 4 mlrd dona tuxum yetishtirilgan. Hududlar kesimida olingan tuxum hajmi: Toshkent viloyati – 709,5 mln dona Samarqand viloyati – 596,3 mln dona Namangan viloyati – 330,9 mln dona Farg‘ona viloyati – 324,9 mln dona Andijon viloyati – 314 mln dona Surxondaryo viloyati – 296,1 mln dona Qashqadaryo viloyati – 255,4 mln dona Xorazm viloyati – 253,3 mln dona Buxoro viloyati – 249,9 mln dona Navoiy viloyati – 215,5 mln dona Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 200,4 mln dona Jizzax viloyati – 183,6 mln dona Sirdaryo viloyati – 92,6 mln dona 🔰Telegram | Instagram | You Tube

630 views

Diposting 5 Sep

🌤Samarqandda 6-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +15/+37° Kechasi: +15 - +20°, iliq. Kunduzi: +32 - +37°, issiq. Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 06:04 Quyosh botishi: 18:57 🔰Telegram | Instagram | You Tube

605 views

Diposting 5 Sep

Davlatga 2,8 milliard soʻm zarar: Samarqand tumanida tabiiy qum xom ashyosini o‘zboshimchalik bilan qazib olish holati aniqlandi Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “J.Q” MCHJ mas’ul shaxslari “Ilonsoy-1” qum koni hududidan tashqarida maxsus texnikalar yordamida 11,2 ming m³ noruda foydali qazilma hisoblangan tabiiy qum xom ashyosini o‘zboshimchalik bilan qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 2,8 mlrd so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) va 229-moddasi (o‘zboshimchalik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

600 views

Diposting 5 Sep

Kattaqo‘rg‘on shahri hududi kengayadi Senat qaroriga ko‘ra, shahar hududi Kattaqo‘rg‘on va Nurobod tumanlari hisobidan kengaytiriladi. Hozirda aholi soni — 95 ming kishi, har yili o‘rtacha 1,1 ming nafarga ko‘paymoqda. Shuningdek, 4 mingga yaqin ro‘yxatdan o‘tmagan aholi va talabalar ham yashaydi. Yangi chegaralar: Kattaqo‘rg‘on tumanidan — 1 900 gektar, Nurobod tumanidan — 971 gektar shaharga qo‘shiladi. Nuroboddan yana 600 gektar yer Kattaqo‘rg‘on tumaniga o‘tadi. 2030-yilgacha aholi soni 150 mingdan oshishi kutilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

573 views

Diposting 5 Sep

Samarqand shahri maydonidan qariyb 15 barobar katta aysberg parchalana boshladi Antarktidada 1986-yilda ajralib chiqqan ulkan muz bo'lagi qariyb 40 yildan so‘ng iliq suvlarda erib, tez parchalanmoqda. Olimlarning prognoziga ko‘ra, u bir necha hafta ichida butunlay yo‘qolishi mumkin. “Megaberg” nomi bilan tanilgan muz bo'lagi yil boshida bir trillion tonnaga yaqin og‘irlikda bo‘lib, hozirda hajmining yarmidan ayrilgan bo‘lsa-da, hanuz 1 770 kvadrat kilometr maydonni egallaydi. Taqqoslash uchun, Samarqand shahrining maydoni 121 kvadrat kilometrni tashkil qiladi. Mutaxassislar issiq suv va kuchli to‘lqinlar uning parchalanishiga sabab bo‘lganini aytmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

550 views

Diposting 5 Sep

Uyini talabalarga ijaraga bergan mulkdorlarga imtiyoz bor Ko‘p uy egalari ijara daromadidan soliq to‘lashdan qochib, rasmiy shartnoma tuzmaydi. Lekin bilasizmi? Soliq kodeksining 378-moddasiga ko‘ra, uyini talabalarga ijaraga bergan mulkdorlarning daromadi daromad solig‘idan ozod qilingan. Ya’ni, uyini talabalarga rasmiy shartnoma orqali ijaraga bergan shaxs – soliq to‘lamaydi. ✅ Buni quyidagi usullar orqali amalga oshirish mumkin: Soliq inspeksiyasiga borib, rasmiy ro‘yxatdan o‘tish; Onlayn tartibda Soliq.uz ilovasi orqali shartnoma rasmiylashtirish. Bundan tashqari, talabalar ham ijarachi bilan rasmiy shartnoma qilsa, ijara to‘lovining ma’lum qismini davlatdan kompensatsiya tarzida qaytarib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,240 views

Diposting 5 Sep

Samarqandlik bir guruh sudyalar qayta tayinlandi Sudyalar oliy kengashida sudyalik lavozimlariga navbatdagi ochiq tanlov o‘tkazildi. Uning yakunlariga ko‘ra, respublika bo‘ylab sudyalar keyingi muddatlarga tayinlandi. Samarqand viloyatidan: Furqat Anorov – Samarqand viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga 10 yil muddatga; Jahongir Arslonov – Samarqand shahar jinoyat ishlari bo‘yicha sud raisi o‘rinbosari lavozimiga qayta tayinlandi (shu munosabat bilan Nurobod tuman sud raisi lavozimidan ozod qilindi); Odil Allayev – Kattaqo‘rg‘on tuman sudining raisi lavozimiga 5 yil muddatga qayta tayinlandi (shu munosabat bilan Toyloq tuman sud raisi lavozimidan ozod qilindi). 🔰Telegram | Instagram | You Tube

700 views

Diposting 4 Sep

🌤Samarqandda 5-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +17/+37° Kechasi: +17 - +22°, iliq. Kunduzi: +32 - +37°, issiq. Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 06:04 Quyosh botishi: 18:58 🔰Telegram | Instagram | You Tube

523 views

Diposting 4 Sep

Paxtachida o‘quvchilarni avtobusga mindirmagan haydovchi ishdan bo‘shatildi Ijtimoiy tarmoqlarda maktabga ketayotgan o‘quvchilarni pul to‘lamaganligi uchun avtobusga mindirmaganlik holati aks etgan video tarqaldi. Aniqlanishicha, voqea 3-sentyabr kuni Paxtachi tumanining Fay mahallasida avtobus haydovchisi bilan sodir bo‘lgan. Mazkur avtobus “Oqtosh-Shaxzod trans” MCHJga tegishli bo‘lib, haydovchi B.M. bugun 4-sentyabr kuni lavozimidan ozod etildi. Bugundan boshlab o‘quvchilarni maktabga qatnashi uchun bepul avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Viloyat hokimligi voqeani nazoratga olganini va murojaatni yoritgan faollarga minnatdorlik bildirganini ma’lum qildi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

553 views

Diposting 3 Sep

Prezidentning Xitoyga tashrifi yakunlandi: Hamkorlik kengaytiriladi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasiga rasmiy tashrifi o‘z nihoyasiga yetdi. Tashrif davomida davlatimiz rahbari Xitoy Raisi Si Szinpin bilan keng ko‘lamli uchrashuvlar o‘tkazdi. 31-avgust kuni Shavkat Mirziyoyev Tyanszindagi “Meyszyan” kongress markazida Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitining norasmiy tadbirlarida qatnashdi. 1-sentyabr kuni esa SHHT Davlat rahbarlari kengashining yig‘ilishi hamda “SHHT plyus” formatidagi uchrashuvda ishtirok etib, ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qator tashabbuslarni ilgari surdi. Xitoy bilan iqtisodiy hamkorlik ham izchil kengaymoqda. Hozirda faqatgina Samarqand viloyatida Xitoy investitsiyalari asosida 147 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Bu ko‘rsatkich hududdagi xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning 24,8 foizini tashkil etadi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

586 views

Diposting 3 Sep

Samarqand tumanida muzlatgich omborida yong‘in sodir bo‘ldi 3-sentyabr kuni soat 13:27 da Samarqand viloyati FVBga “112” tizimi orqali Samarqand tumani “Dashtiobod” mahallasida joylashgan meva va sabzavotlarni saqlash muzlatgich omborida yong‘in chiqqani haqida xabar kelib tushgan. Voqea joyiga 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb qilinib, ular soat 13:31 da yetib borgan. Yong‘in soat 14:39 da to‘liq bartaraf etilgan. FVB ma’lumotiga ko‘ra, yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning sababi va yetkazilgan zarar miqdori o‘rganilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

555 views

Diposting 3 Sep

Samarqandda bir guruh shaxslar Zarafshon daryosida noqonuniy qazish ishlarini olib bordi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-yanvardagi PF-14-son Farmoniga muvofiq, 2024-yil 1-maydan boshlab Chirchiq, Sirdaryo, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo va Surxondaryo daryolari o‘zanlarida noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy etilgan edi. Shunga qaramay, kuzatuvchilarimiz Samarqand shahrining Qorasuv va Shirin massivlari hududidan oqib oʻtuvchi Zarafshon daryosida noqonuniy qazish ishlari amalga oshirilayotganini videotasvirlar orqali tasdiqlashdi. Fuqarolarning ta’kidlashicha, ilgari ham bu hudud bo‘yicha murojaatlar qilingan, biroq muammo chuqur o‘rganilmagan. “Moratoriy mavjud bo‘lsa-da, ayrim shaxslar noqonuniy faoliyatni davom ettirmoqda. Agar bu safar ham jazo choralari ko‘rilmasa, ish "tanish-bilish" yo‘li bilan yopilayotgani sifatida baholanadi. Shu bois, Bosh prokuraturadan holatni qat’iy o‘rganishni talab qilamiz”, — deya yozadi Ekolog.uz. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

570 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••5253545556•••60•••65•••70•••75•••80•••8384