TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Kembali ke saluran
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT CHAT

Bars | Rasmiy kanal

@bars_rasmiy

Berita dan media

Samarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar

Pelanggan9,380Jumlah pelanggan saat ini
Postingan terlacak1,007Jumlah postingan terindeks
Jangkauan terkini18,480Jumlah tampilan postingan terbaru
Postingan terbaru

Postingan terbaru

Hal. 67 dari 84 · 1,007 postingan

Diposting 5 Jun

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori oshadi Prezident qaroriga ko‘ra, pensiya va nafaqalar 1-iyuldan, oylik va stpendiyalar 1-avgustdan 10 foizga oshirilmoqda. 1-avgustdan bazaviy hisoblash miqdori ham 412 ming so‘m etib belgilangan. Binobarin, yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun eng ko‘p solinadigan jarimalar miqdori quyidagicha bo‘ladi: ❕Kamar taqmaslik – 206 ming so‘m ❕Texnik ko‘rik yoki dori qutisi bo‘lmaslik – 206 ming so‘m ❕Hujjatsiz haydash – 412 ming so‘m ❕Sug‘urtasiz mashina boshqarish – 412 ming so‘m ❕Svetoforning qizil chirog‘ida o‘tish – 824 ming so‘m ❕Noto‘g‘ri parkovka – 824 ming so‘m ❕Telefonda gaplashish – 1 mln 236 ming so‘m ❕Avtomobilni davlat raqamisiz boshqarish – 20 mln 600 ming so‘m; ❕Tezlik (+20 km/soat) – 412 ming so‘m; ❕Qarama-qarshi yo‘nalishda haydash – 4 mln 120 ming so‘m; ❕Mast holatda mashina haydash – 20 mln 600 ming so‘mgacha (chegirmasiz) va 3 yilgacha haydovchilik huquqidan mahrum etish; ❕Ruxsatsiz tonirovka – 10 mln 300 ming so‘m. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,800 views

Diposting 4 Jun

Samarqandda 8 tonna iste’molga yaroqsiz go‘sht ortilgan yuk mashinasi to‘xtatib qolindi Samarqand viloyati Nurobod tumani hududidan o‘tuvchi A378 avtomobil yo‘lida harakatlanib ketayotgan “Isuzu” rusumli yuk avtomashinasi YPX xodimlari tomonidan to‘xtatilib, yukxonasida holislar ishtirokida ko‘zdan kechirish ishlari olib borildi. Natijada, avtomashina orqali 8 tonna iste’molga yaroqsiz go‘sht mahsulotlari olib ketilayotgani aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan Nurobod tuman Hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi mutaxassislari tomonidan go‘sht mahsulotlaridan namunalar olinib, dastlabki ko‘rikdan o‘tkazildi. Ko‘rik davomida mahsulotlar turli xil hayvon go‘shtlari bo‘lib, hidlagan, aynigan holatda ekani hamda iste’molga mutlaqo yaroqsiz ekani tasdiqlandi. Holat yuzasidan bayonnoma rasmiylashtirilib, iste’molga yaroqsiz go‘sht mahsulotlari tegishli tartibda yo‘q qilindi va haydovchiga nisbatan choralar ko‘rilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,360 views

Diposting 4 Jun

Samarqandda 86 ta maktab ta’lim darajasi past deb topildi 2025/2026-o‘quv yili uchun ta’lim darajasi past bo‘lgan maktablar ro‘yxatiga 470 ta maktab kiritildi. Bunday maktablarning eng ko‘pi — 99 tasi Qashqadaryo viloyatida joylashgan. Qolgan hududlarda ta’lim darajasi past bo‘lgan maktablar soni quyidagicha: Samarqand viloyatida — 86 ta; Surxondaryo viloyatida — 70 ta; Jizzax viloyatida — 36 ta; Namangan viloyatida — 34 ta; Sirdaryo viloyatida — 32 ta; Farg‘ona viloyatida — 29 ta; Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 24 ta; Andijon viloyatida — 23 ta; Navoiy viloyatida — 16 ta; Xorazm viloyatida — 9 ta; Buxoro viloyatida — 5 ta. "Xalq ta’limi info" portali ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda shunday maktablar soni 642 tani, 2024-yilda esa 545 tani tashkil etgan. Bu yil ta’lim sifati past bo‘lgan maktablar soni 75 taga kamaygan. Ta’lim sifati past bo‘lgan maktablarga boshqa hududlardan jalb etilgan o‘qituvchilarga ustama to‘lanadi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,350 views

Diposting 3 Jun

🌤Samarqandda 4-iyun kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +17/+39° Kechasi: +17 - +22°, iliq. Kunduzi: +34 - +39°, issiq. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 05:04 Quyosh botishi: 19:55 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,220 views

Diposting 3 Jun

⚡O‘zbekistonda maoshlar 10 foizga oshiriladi O‘zbekistonda byudjet xodimlarining oylik maoshlari 10 foizga oshiriladi. Bu haqda 3-iyun kuni Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Qonunchilik palatasi yig‘ilishida ma’lum qildi. Uning aytishicha, mazkur masala bo‘yicha prezident farmoni imzolangan. Maoshlar aynan qaysi sanadan boshlab oshishi aniq aytilmagan. Eslatib o‘tamiz, prezident farmoni bilan O‘zbekistonda 2024-yil 1-sentyabrdan pensiya va nafaqalar miqdori 15 foiz oshirilgandi. Shuningdek, 1-oktyabrdan davlat tashkilotlari xodimlari, xususan, pedagoglar (oliy ta’limdan tashqari) va shifokorlar ish haqi 15 foiz, boshqa xodimlar oyligi 10 foiz ko‘tarilgandi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

2,270 views

Diposting 2 Jun

Samarqandda O‘zbekiston-Xitoy ikkinchi hududlararo forumi boʻlib oʻtmoqda 🔰Telegram | Instagram | You Tube

2,200 views

Diposting 2 Jun

Pastdargʻom tumanida qizlar maktab hududida janjallashdi Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan janjal videosi yuzasidan viloyat IIB rasmiy munosabat bildirdi. Maʼlum qilinishicha, 2025-yil 29-aprel kuni Pastdargʻom tumani Qoʻshquduq mahallasi hududidan oʻtuvchi avtomobil yoʻlida hamda tumandagi 83-sonli umumtaʼlim maktabi hududida Samarqand shahrida yashovchi 2007-yilda tug‘ilgan fuqaro E.B. jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, mazkur maktabning 11-sinf o‘quvchilarini urib, ularga tan jarohati yetkazgan. Mazkur holat yuzasidan Pastdargʻom tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan 2007-yilda tug‘ilgan fuqaro E.B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,360 views

Diposting 30 Mei

Qo‘shrabotda ruxsatsiz qazilgan yer osti boyliklari uchun 8 nafar shaxs 33,75 million so‘m jarimaga tortildi Qo‘shrabot tumanida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazildi. Tadbir davomida yer osti boyliklari — qum-shag‘al, qizil tuproq, qora qum aralashmasi kabi noruda foydali qazilmalarni belgilangan tartibda ruxsatnomasiz qazib olish holatlari aniqlandi. Bu haqda Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda. Qoidabuzarlik sodir etgan 8 nafar fuqaroga nisbatan qonunchilikka muvofiq choralar ko‘rildi va jami 33 750 000 so‘m miqdorida jarima belgilandi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,330 views

Diposting 30 Mei

Paxtachi tumanida ikki maktab o‘quvchisi suvda cho‘kib vafot etdi Paxtachi tumanidagi 6-maktabning ikki nafar 6-sinf o‘quvchilari — A.Sh. va N.M. “Nazarov Oqboʻta” fermer xo‘jaligiga qarashli yerlarni tomchilatib sug‘orish uchun mo‘ljallangan suv omborida cho‘kib ketgan. Yana bir fojeali holat 32-maktabda qayd etildi. Mazkur maktabning 8-sinf o‘quvchisi B.N. ariqda cho‘kib ketgan. Marhumning otasining so‘zlariga ko‘ra, u farzandi hushini yo‘qotgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda, chunki bola bunday sayoz suvda o‘zi cho‘kib ketishi mumkin emasligiga ishonmoqda. Paxtachi tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi har ikkala holat yuzasidan maktab maʼmuriyatiga nisbatan tegishli chora ko‘rilishini bildirgan. Voqealar yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,300 views

Diposting 29 Mei

🌦Samarqandda 30-may kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +13/+28° Kechasi: +13 - +18°, iliq. Kunduzi: +23 - +28°, issiq. Havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Quyosh chiqishi: 05:08 Quyosh botishi: 19:52 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,340 views

Diposting 28 Mei

⚡️ O‘zbekistonda Qurbon Hayiti 6-iyun kuni nishonlanadi O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Fatvo markazi xabariga ko‘ra, Zulhijja oyining birinchi kuni 28-may, chorshanbaga to‘g‘ri keldi. Shunga ko‘ra, Qurbon hayiti 6-iyun, juma kuni nishonlanadi. Islom taqvimi — hijriy-qamariy yil hisobida, Zulhijja oyining 10-kuni Qurbon hayitining birinchi kuni sifatida nishonlanadi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,490 views

Diposting 28 Mei

❗️2025/2026-o‘quv yili uchun hujjat topshirish sanalari ma’lum qilindi Bakalavriat yo‘nalishlari uchun: 5 iyun – 25 iyun http://my.uzbmb.uz sayti orqali ariza topshiriladi. Magistratura uchun: 1 iyul– 30 iyul http://magistr.edu.uz sayti orqali topshiriladi. O‘qishni ko‘chirish (transfer) uchun: 15 iyul – 5 avgust http://transfer.edu.uz sayti orqali murojaat qilinadi. Barcha hujjatlar faqat onlayn tarzda qabul qilinadi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,460 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••656667686970•••75•••80•••8384