TGINSIGHT CHAT
Bars | Rasmiy kanal
@bars_rasmiy
Berita dan mediaSamarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar
Postingan terbaru
Hal. 66 dari 84 · 1,007 postingan
Diposting 16 Jun
📊 O‘zbekistonga turistik maqsadlarda kelgan turkiyaliklar soni 18 ming nafarga ortgan Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-aprel oylarida jami 49,4 ming nafar Turkiya fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 18 ming nafarga yoki 57,4 % ga oshgan. Joriy yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonga tashrif buyurgan Turkiya fuqarolarining safar maqsadlari quyidagicha: xizmat yuzasidan – 19 462 nafar; sayyohlik – 16 260 nafar; qarindoshlarni yo‘qlash – 13 407 nafar; tijorat – 154 nafar; o‘qish – 123 nafar; davolanish – 20 nafar. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 15 Jun
🌤Samarqandda 16-iyun kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +22/+38° Kechasi: +22 - +27°, iliq. Kunduzi: +33 - +38°, issiq. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Quyosh chiqishi: 05:03 Quyosh botishi: 20:02 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 14 Jun
Haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi 1985-yilda tug‘ilgan, samarqandlik Z. Sattorov fuqaro G.R.ning ishonchiga kirib, uning ikki nafar yaqin qarindoshiga haydovchilik guvohnomalarini olib berishini va’da qilgan. U bu shaxslarning goʻyo avtomaktabda tahsil olganliklarini tasdiqlovchi soxta sertifikatlar rasmiylashtirib, guvohnomalarni olishda “amaliy yordam” ko‘rsatishini bildirgan. Mazkur “xizmat” evaziga u G.R.dan 3 500 AQSH dollari miqdorida pul talab qilgan. Holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Z. Sattorov avvaldan kelishilgan 3 500 AQSH dollarini olayotgan vaqtida, ashyo dalillari bilan ushlandi. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 13 Jun
❗️Eronning Isroilga javob hujumi haqida nimalar maʼlum: Tehron Eron hududiga qilingan hujumlarga javoban Isroilga qarshi operatsiya boshladi; Tel-Aviv va Quddus ustida portlashlar sodir boʻldi; Eron harbiy kuchlari Isroil ichidagi oʻnlab nishonlarga, harbiy bazalar va havo bazalariga hujum qildi; Isroil yetakchilari Eronga "urush eʼlon qilishdi" va Islom Respublikasi uning zararsiz qolishiga yoʻl qoʻymaydi, dedi Eron oliy rahbari. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 13 Jun
Eron–Isroil mojarosi sababli Samarqanddan Isroilga reys bekor qilindi Samarqand viloyatida Isroilning Tel-Aviv shahriga uchadigan aviareys bekor qilindi. Bu haqda Air Samarkand xabar berdi. Unga ko‘ra, Tel-Aviv Ben-Gurion aeroporti va mintaqa havo makonining vaqtincha yopilishi munosabati bilan 15-iyun kungi 9S 501/502 Samarqand—Tel-Aviv reysi bekor qilindi. Isroilga boshqa sanalardagi reyslar haqida qo‘shimcha ravishda xabar berilishi aytildi. Reysi bekor qilingan barcha yo‘lovchilar oldindan e-mail orqali, shuningdek chiptalarni xarid qilgan joylarda — kassalar va sayyohlik agentliklarida xabardor qilinadi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 10 Jun
🇺🇿 "Yillar davomida qilingan mehnat bugun o‘z samarasini berdi." — Samarqand shahri hokimi Fazliddin Umarov 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 10 Jun
⚽️O‘zbekiston JCH saralashini Qatar ustidan yirik g‘alaba bilan yakunladi 🇺🇿 O‘zbekiston 3:0 Qatar 🇶🇦 Uzoq kutilgan gʻalaba boʻyicha viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 10 Jun
Samarqand shahridagi ayrim ko’chalarda transport harakati cheklandi. 🇺🇿Milliy jamoamizga omad tilaymiz!✊ 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 10 Jun
Bugun, 10-iyun kuni, O‘zbekiston milliy jamoasi 2026-yilgi jahon chempionati saralash bosqichidagi so‘nggi turda Qatar jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv Samarqand shahridagi "Moʻjiza" amfiteatrida katta ekranda namoyish etiladi. O‘yindan oldin bayramona dastur ham rejalashtirilgan. Barchangizni soat 17:30 dan "Moʻjiza" amfiteatrida kutib qolamiz (Mo‘ljal - Yoshlar markazi yonida). Kirish bepul! O‘yin soat 18:45 da boshlanadi. O‘zbekiston – Qatar o‘yinidan keyin Jahon chempionati yo‘llanmasi qo‘lga kiritilgani Samarqandda katta bayram sifatida nishonlanadi! 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 9 Jun
Kattaqoʻrgʻondda 1,5 milliard so‘mlik qalbaki alkogol mahsulotlari musodara qilindi Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Kattaqo‘rg‘on shahrida faoliyat yurituvchi “Q.I.” MChJ rahbari I.R. va boshqalar 27 339 dona, umumiy qiymati 1,5 milliard so‘mlik 122 turdagi hujjatsiz va sifati kafolatlanmagan alkogol mahsulotlarini savdo maqsadida saqlab kelgani aniqlandi. Mazkur mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi va 25, 186-1-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 9 Jun
Samarqand viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi Karimov Bobur Boturovich Samarqand viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bobur Karimov 1991-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Samarqand davlat universitetini tamomlagan. Ayni paytga qadar ushbu lavozimda ishlab kelgan Bahodir Rahimovich Qodirov boshqa ishga o‘tgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 8 Jun
🌤Samarqandda 9-iyun kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +10/+35° Kechasi: +20 - +25°, iliq. Kunduzi: +30 - +35°, issiq. Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin Quyosh chiqishi: 05:04 Quyosh botishi: 19:58 🔰Telegram | Instagram | You Tube