TGINSIGHT CHAT
Laylo Rustamova
@iteducation_pr
Marketing e pubblicitàHead of PR at IT Education Association Instgram: https://www.instagram.com/laylorustamova/ Facebook: https://www.facebook.com/Laylo Rustamova Telegram: https://t.me/LayloRustamova
Post recenti
Pag. 29 di 84 · 1,001 post
Pubblicato 8 mag
“Buvim hamma qiz nevaralariga sizlar ham aytishnik bo‘lasizlar deb aytadilar” Arabiston kompaniyasida frilanser bo‘lib ishlayotgan qiz bilan suhbat Toshkent Xalqaro Westminster Universitetini Business Information Systems yo‘nalishini tamomlab, Saudiya Arabistonning Barq kompaniyasida middle front-end dasturchi bo‘lib ishlayotgan Sabohat Kalandarova haqida avvalroq xabar bergandik. Sabohat bilan batafsil suhbat qilish maqsadida uni Unicon Soft kompaniyasining Media Markaziga taklif qildik. Kompaniya matbuot kotibi Naima Halilova bilan bo‘lib o‘tgan suhbat jarayonida Sabohat: ✅faoliyatini nimadan boshlagani; ✅oilasidagi muhit; ✅nima uchun aynan qizlar AyTi bilan shug‘ullanishi kerakligi haqida so‘zlab berdi. ➡️Shuningdek Sabohat IT sohasida faoliyat yuritishni nimadan boshlash kerakligi borasida o‘zining tavsiyalarini berib o‘tdi. “Buvamlar doim ota-onamga qarab, qizlaringni albatta o‘qitinglar derdilar, buvim esa men dasturchi bo‘lganimdan keyin hamma qiz nevaralariga sizlar ham aytishnik bo‘lasizlar deb aytganlar” — suhbat jarayoni sizni befarq qoldirmasligi aniq.
Pubblicato 7 mag
#Intervyu 10 million so‘mdan 1 mlrd so‘mgacha bo‘lgan Start-uplar muallifi bolalarning sog‘ligi bilan bog‘liq muammolarga zamonaviy texnologiyalar yordamida yechim topmoqda IT dunyosida ayollar o‘rni yildan yilga tobora ortib bormoqda. Bugun sohada o‘z o‘rnini topish bilan birga jamiyatimizdagi muammolarni hal qilib kelayotgan ayollar soni juda ko‘p. Bugungi suhbatdoshimiz tibbiyotdagi muammolarga zamonaviy texnologiyalar yordamida yechim topayotgan olima qizlardan. Toshkent Davlat Texnika Universiteti doktoranti Yulduzxon Kamolova yaratgan qulog‘iga koxlear implant o‘rnatilgan eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning nutqini yo‘lga qo‘yishgan qaratilgan Start-up 350 million so‘m miqdoridagi mablag‘ bilan moliyalashtirilgan. Ushbu dastur o‘zbek tilida so‘zlashuvchi bolaga koxlear implant o‘rnatilgandan so‘ng nutq nuqsonlarini aniqlab, bartaraf etishga yordam beradi. Darvoqe, Yulduzxonning yana bir Start-up loyihasibolalarda yurak nuqsonlarini va qon tomir kasalliklarini erta aniqlash va operatsiyasiga tayyorlash dinamikasini kuzatishga qaratilgan dasturiy-apparat ta’minotini o‘z ichiga olgan bo'lib, 850 million so‘m miqdoridagi mablag‘ bilan moliyalashtirish arafasida. Yulduzxon bilan uning bugungi faoliyati, yutuqlari va kelgusidagi rejalari haqida suhbatlashdik. Bugun startaplari qariyb 1 mlrd so‘m miqdorida moliyalashtirilgan Yulduzxon startap yaratish jarayonida turgan yoshlar o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi. ✔️Yulduzxonning barcha ishlanmalari Intellektual mulk muhofazasi hujjatlariga ega.
Hashtags
Pubblicato 30 apr
Sovrin jamg'armasi 45 million so'm bo'lgan Eco-Xakatonda ishtirok eting! IT Community of Uzbekistan 4-5-may kunlari o'tkazilayotgan IT Eco Fest xalqaro ekofestivali doirasida Xakaton o'tkazmoqda. 🌎Sovrin jamg'armasi 45 million so'm bo'lgan Xakatonda texnologiyalar yordamida dunyomizni ekologik toza qilishni istagan barchamutlaqo BEPUL qatnashishi mumkin. Biz qanday IT loyihalarini qidiramiz: 🌱ekologik muammolarni hal qiluvchi — havoning ifloslanishi, chiqindilarni yig‘ish va qayta ishlash, ichimlik suvi yetishmasligi va boshqalar; 🧑💻 yaxshi ishlab chiqilgan — maqsad, vazifalar va amalga oshirish rejasini tuzgan; 🤝 amalga oshirish uchun hamfikr insonlarni va sheriklarni izlayayotgan. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya Vazirligi tomonidan eng yaxshi loyihalar pul mukofotlari bilan taqdirlanadi: 1-o‘rin — 20 million so‘m 2-o‘rin — 15 million so‘m 3-o‘rin — 10 million so‘m G‘olib, shuningdek, festivalning bosh homiysi va bosh tashkilotchisi – Realsoft dasturiy ta’minot kompaniyasi bilan birgalikda o‘z g‘oyalarini hayotga tatbiq etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Loyihangizni taqdimot formatida 3-may soat 10:59 ga qadarshaklni to'ldirib topshirishingiz mumkin — xakaton mutaxassislari barcha arizalarni baholaydilar va sizni 4-may kuniAstrum IT akademiyasida boʻlib oʻtadigan pitchingga taklif qilishadi. Natijalar 5-may kuni kechki payt Markaziy bog‘dagi festival o‘tkaziladigan joyda e’lon qilinadi.
Pubblicato 29 apr
Amerikaning yirik kompaniyasida frilanserlik ortidan yuqori daromad topayotgan dasturchi o’z faoliyatini o‘qituvchilikdan boshlagan Munira Begmuratova bugun Amerikaning eng yaxshi dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilar, dizaynerlar va moliya ekspertlaridan iborat global Toptal kompaniyasida katta dasturiy ta’minot muhandisi sifatida masofadan faoliyat olib boradi. U o'z faoliyatini Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetida moliya, biznes va matematika fakultetida katta o‘qituvchi bo'lib boshlagan. Munira IT'da muvaffaqiyatli faoliyat yuritishimga bolalikda shaxmat va matematikaga bo‘lgan qiziqishlarini sababchi deb biladi: "Bizning sohada uzoq vaqt bir joyda fikrni jamlab o‘tira olish kerak, aynan shaxmat o‘yini menda shu hislatni tarbiyalagan" — deydi u. Maoshi haqida so'raganimizda Munira aniq javob berishni istamadi, biroq xalqaro kompaniyalarda frilanser sifatida dasturchilar 5 ming AQSh dollardan yuqori maosh olish imkoniyati borligini aytdi. 👉To'liq intervyu ushbu havolada Kanalimizga do'stlaringizni ham taklif qiling⬇️ 🔹Telegram | 🔹Facebook |💟Instagram | ☸️Youtube | 🎰LinkedIn
Pubblicato 29 apr
Қандай қилиб 11-синф ўқувчисига Германия ва Тунисдан юқори маошли иш таклиф қилинди? Хоразм вилояти Урганч туманидаги 7-мактабнинг 11-синф ўқувчиси Фаррух Мадрахимов билан суҳбатлашдик. Фаррух ўзининг муваффақиятга эришиш йўли, таклиф қаердан ва қай тарзда берилгани, "йиқилган" суҳбатлари ҳамда режалари ҳақида гапирди.
Pubblicato 28 apr
11-sinf o‘quvchisiga bir emas ikkita xorijiy davlatdan BI yo‘nalishidamasofadan ishlash taklifi kelibtushdi Xorazm viloyati Urganch tumanidagi 7-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Farrux Madraximovga bir yo‘la ikkita xorijiy davlat Tunis va Germaniyadan yuqori maoshli ish taklifi kelib tushdi. Bugun Farrux bilan uning muvaffaqiyatga erishish yo‘li, ish taklifi qayerdan va qay tarzda berilgani, yiqilgan suhbatlari hamda rejalari xususida suhbatlashdik. Suhbat nafaqat uning tengdoshlari balki IT sohasida o‘zini sinab ko‘rmoqchi bo‘lgan barcha uchun foydadan holi bo‘lmaydi degan umiddamiz. “IT sohasida ishlashni hech qachon hayolimga keltirmaganman, ota-onam ham bunga qarshi bo‘lishgan…”
Pubblicato 23 apr
ROSSIYADAGI MIGRANTLIKDAN VATANDAGI ERKINLIKKACHA! 2 yil oldin Rossiyada santexnik bo‘lib ishlagan yurtdoshimiz bugun O‘zbekistonda, o'z oilasi yonida IT sohasida yuqori daromad topmoqda Xorazm viloyati Xonqa tumanidan bo'lgan 35 yoshli Arslonbek Abdullayev 2,5 oldin MAAB Innovation kompanyasining o'quv kurslarini online shaklda tamomlab, hozirgi kunda masofadan Amerika kompaniyalarida faoliyat yuritmoqda. Видеони Ютубда кўриш
Pubblicato 22 apr
Видео мени йиғлатди😥 Ота-онани танлаб бўлмайди… Меҳрга зор бола бўлмасин бу дунёда Манба
Pubblicato 21 apr
Бахтли онлар😂
Pubblicato 21 apr
Мактаб давримда турли сабабларга кўра ота- онамнинг қарорлари билан 4 маротаба мактаб ва синфдошларимни алмаштиришимга тўғри келган. Шу боисданми ўзимнинг болаларим бўлса ҳеч қачон мактаб ва синфини алмаштирмайман деб ўзимга сўз берганман. Кимдир фарзандини мактабини алмаштирмокчи бўлса ўзимни мисол қилиб бундай қилмасликни илтимос қиламан доим. Шу боис Ширин қизимни 9 йил бир синфда ўқитдим ва насиб 11- синфгача шу синфида ўқийди. Бугун қизим синфдошлари билан суратга тушиш жараёнида мен ҳам қатнашдим ва бир лаҳзада ўтиб кетган вақтни ҳис қилдим🥺 кечагина мактабга чиққан қизим ва унинг жажжи синфдошлари кўз очиб юмгунча кўз ўнгимизда кўзга кўринган чиройли йигит ва қизлар бўлишибди… Аллоҳим ёмон кўзлардан асрасин фарзандларимизни🤲ҳаётлари ўзлари каби гўзал бўлсин🤲 Мактаб, у ердаги устозлар ва синфдошлар бу инсонни бир умр болалигини гавдалантирадиган хотираларга бой маскан бўлиб қолиши керак. Болалик хотиралари бизни ҳеч қачон тарк этмасин Иллоҳим🤲
Pubblicato 18 apr
♾Faqat qizlar uchun! "IT Star" tanloviga 50 dan ortiq arizalar kelib tushdi Avval xabar berganimizdek , IT ta'lim Uyushmasi qoshidagi IT Ladies hamjamiyati IT va unga yondosh sohalar bo‘yicha faqat qizlar uchun "IT Star" tanlovini o'tkazyapti. 🎚️Tanlovda iqtidorli loyiha menejerlari, marketologlar, dasturchilar, grafik dizaynerlar, IT rekruterlar va IT sohasi bilan bog'liq har qanday yonalishda faoliyat yuritadigan (jurnalistlar, yurist, talaba, o'quvchi, tadqiqotchi, muhandis va boshqalar) qatnashishlari mumkin. ✍️Anketani to'ldiring va tadbir qatnashchisiga aylaning: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSeQbTsXLPdqIP2wbwFGvM07f50rXodllA7fhGr0Y2frFoLkUA/viewform ⌛️Ariza topshirishning oxirgi muddati: 2024-yil, 1-may. 🎁G'oliblar 11-may kuni taqdirlanadi ⚠️ Tanlovda O‘zbekistonda yashovchi 12 yoshdan oshgan ayol va qizlar mutlaqoBEPULishtirok etishlari mumkin. Iqtidoringizni namoyon etish imkoniyatini qo'ldan boy bermang! Tanlovni do'stlaringiz bilanham ulashing⬇️ ✝️Telegram | ☮️Facebook |💟Instagram | ☸️Youtube | 🎰LinkedIn
Pubblicato 17 apr
“Ҳар доим ёшларга жуда кўп грантлар ажратишни орзу қилганман” - замонавий касбларга ўқитадиган Najot Ta'lim ўқув маркази асосчиси Темурбек Адхамов таълимга бефарқ бўлмаган ана шундай инсонлардан. Бугун у ўзининг кўплаб грантлари билан ёшларнинг замонавий касбларни бепул ўрганишларига ҳисса қўшиб келмоқда. IT соҳасида фаолият бошлаганимдан буён бериладиган энг кўп савол бу “Фарзандимни қайси ўқув марказида ўқитганим яхши ёҳуд ўзим қаерда ўқисам бўлади?” - деган мазмунда келди. Ўзимда ҳам табиийки бу савол уйғонди. Ўзим дастлаб ўрганган ва кўрган ўқув марказларимни тавсия қила олдим холос. Эндиликда IT Education Association томонидан IT ўқув марказларининг рейтингини шакллантириш ишлари бошланди. Илк таҳлил Najot Ta'lim ўқув марказида амалга оширилди. Унда Марказдаги таълим сифатидан тортиб, ўқитувчиларнинг малакаси, инфратузилма, битирувчиларнинг ишга жойлашганлик натижалари ва бошқа омиллар инобатга олинди. Натижалар яхши! Бугунги кунда “Najot ta’lim” ўқув марказининг республика бўйлаб мавжуд 5 та филиалида 3000 дан ортиқ ўқувчи 5 хил йўналишда 10 дан ортиқ замонавий касбларда таҳсил олади. Марказдаги АйТи курслар ташқи ва ички бозор талаблари асосида амалга оширилади. Битирувчиларнинг ишга жойлашиши 80-90 фоизни ташкил қилади. Рейтинглаш жараёни бошқа IT ўқув марказларида давом этади. Натижаларга кўра ҳар йили сарҳисоб тадбирини ўтказиш ва энг яхши ўқув марказларини тақдирлаш режалаштирилган.