TGINSIGHT CHAT
Bars | Rasmiy kanal
@bars_rasmiy
Berita dan mediaSamarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar
Postingan terbaru
Hal. 68 dari 84 · 1,007 postingan
Diposting 27 Mei
“Vid uchun” “chiroyli” raqamni qo’yib olgan o’zboshimcha haydovchiga “chiroyli” chora ko’rildi. O’zboshimchalik bilan avtomashinasiga boshqa transport vositasining davlat raqam belgilarini o’rnatib olib, oyna tuslarini ruxsatnomasiz qoraytirib boshqarib yurgan haydovchi aniqlandi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 26 Mei
🚧 Universitet xiyoboni boʻylab yo’l yotiq chiziqlari chizilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 26 Mei
🌦Samarqandda 27-may kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +14/+27° Kechasi: +14 - +19°, iliq. Kunduzi: +22 - +27°, issiq. Havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Quyosh chiqishi: 05:08 Quyosh botishi: 19:49 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 26 Mei
Italiya Bosh vaziri 28–29-may kunlari Samarqandga keladi Italiya Bosh vaziri Jorja Meloni 28–29-may kunlari O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi. Uchrashuvlar Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi. Tashrif davomida siyosiy, iqtisodiy, madaniy hamkorlik masalalari muhokama qilinadi. Xususan, energetika, transport, sanoat, qishloq xo‘jaligi, ta’lim va madaniyat sohalarida qo‘shma loyihalar va kelishuvlar ko‘zda tutilgan. Bu tashrif 2023-yil iyun oyida Rimda bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi uchrashuvning mantiqiy davomi bo‘lib, strategik sheriklik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan. Yangi hujjatlar imzolanishi va qo‘shma tashabbuslarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 26 Mei
Viloyatingiz qachon tashkil topganini bilasizmi? Qashqadaryo – 1924-yil 1-noyabr; Toshkent viloyati – 1938-yil 15-yanvar; Samarqand – 1938-yil 15-yanvar; Xorazm – 1938-yil 15-yanvar; Fargʻona – 1938-yil 15-yanvar; Buxoro – 1938-yil 15-yanvar; Andijon – 1941-yil 6-mart; Namangan – 1941-yil 11-mart; Surxondaryo – 1941-yil 6-mart; Sirdaryo – 1963-yil 16-fevral; Jizzax – 1973-yil 28-dekabr; Navoiy – 1982-yil 20-aprel; 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 25 Mei
Rossiyada migrantlarga bir nechta telefon raqamlaridan foydalanishni taqiqlash rejalashtirmoqda "Rossiya Davlat Dumasining Mehnat, ijtimoiy siyosat va faxriylar ishlari bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Yaroslav Nilov xorijliklarning bir nechta abonent raqamiga ega bo‘lishini taqiqlovchi qonun loyihasini ishlab chiqdi", deya xabar bermoqda TASS agentligi. 2025-yil 1-yanvardan boshlab xorijliklarning o‘z nomiga 10 dan ortiq abonent raqamini ro‘yxatdan o‘tkazishiga taqiq kuchga kirgan edi. Ushbu hujjatga ko‘ra, xorijiy davlat fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar aloqa operatorlari bilan faqat shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatgan holda va biometrik ma’lumotlardan majburiy foydalangan holda idoralarga shaxsan kelib, shartnomalar tuzishlari mumkin. Rossiya fuqaroligiga ega shaxslar uchun yangi qoidalar 2025-yil 1-apreldan kuchga kirgan va ularga 20 tadan ko‘p bo‘lmagan SIM-kartaga ega bo‘lishga ruxsat etiladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 24 Mei
Xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblariga qariyb 1 mlrd so‘m mukofot puli beriladi Bu bo‘yicha Prezident farmoni qabul qilindi. 🏆Nufuzli xalqaro olimpiada: 1-oʻrin uchun: oʻquvchilarga — 937 mln 500 ming soʻm (bazaviy hisoblash miqdorining 2 ming 500 baravari); oʻqituvchilariga — 168 mln 750 ming soʻm (450 baravar); terma jamoa rahbariga — 13 mln 125 ming soʻm (35 baravar); 2-oʻrin uchun: oʻquvchilarga — 562 mln 500 ming soʻm (1 ming 500 baravar); oʻqituvchilariga — 93 mln 750 ming soʻm (250 baravar); terma jamoa rahbariga — 9 mln 375 ming soʻm (25 baravar); 3-oʻrin uchun: oʻquvchilarga — 375 mln soʻm (1 ming baravar); oʻqituvchilariga — 56 mln 250 ming soʻm (150 baravar); terma jamoa rahbariga — 5 mln 625 ming soʻm (15 baravar). Shuningdek, yuqoridagi jadvalda xalqaro va mintaqaviy olimpiada g’oliblari uchun ham mukofot pullari miqdori aks etgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 23 Mei
🌤Samarqandda 24-may kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +15/+35° Kechasi: +15 - +20°, iliq. Kunduzi: +30 - +35°, issiq. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Quyosh chiqishi: 05:10 Quyosh botishi: 19:41 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 23 Mei
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlariga 27 mingdan ortiq IIV xodimlari jalb etiladi 2025-yil 24-may kuni O‘zbekistonda o‘tkaziladigan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari xavfsizligini ta’minlash maqsadida 27 mingdan ortiq Ichki ishlar vazirligi (IIV), Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) xodimlari va harbiy xizmatchilar jalb etiladi. Tadbirlar 10 mingdan ortiq ta’lim muassasalarida 1-, 9- va 11-sinf o‘quvchilari, ota-onalar hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, jami 2 milliondan ortiq bitiruvchi qatnashishi kutilmoqda. IIV Jamoat xavfsizligi departamenti axborot xizmati rahbari Muzifa Sultonovaning ma’lumotiga ko‘ra, tadbir o‘tkaziladigan ta’lim muassasalari tegishli idoralar tomonidan to‘liq tekshirilib, qo‘riqlash tizimlariga ulangan. Videokuzatuv kameralari esa hududiy ichki ishlar organlarining situatsion markazlariga integratsiya qilingan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 23 Mei
“Zaliniya”da 100 ming aholi uchun turarjoy binolari quriladi Samarqand shahridagi temiryo‘l orti qismida 3 mingga yaqin ma’nan eskirgan uy-joy o‘rnida renovatsiya loyihasi asosida 100 ming aholi uchun mo‘ljallangan ko‘p xonadonli uy-joylar massivi quriladi. Bu haqda Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo‘jalik boshqarmasida jurnalist va blogerlar, ijtimoiy tarmoq faollari bilan uchrashuvda ma’lum qildi. Massiv 301 gektar maydonni egallab, shundan 141 gektarida turar-joylar bunyod etiladi. Massivda zamonaviy turar-joylar, ma’muriy markaz, xizmat ko‘rsatish binolari, aholi uchun madaniy dam olish maskanlari, xiyobon va sayilgohlar hamda sanoat korxonalari ham barpo etiladi. Bugungi kunda 1-bosqida 45 gektar yer maydoni tanlab olinib, 30 ta lotlarga bo‘lingan holda massiv qurilishini boshlash uchun 15 dan ortiq salohiyatli qurilish-pudrat tashkilotlari jalb qilingan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 23 Mei
Amir Temur haqida film olish ishlari yakunlandi Netflix striming platformasi Amir Temurning hayoti va hokimiyatdagi yo‘lini hikoya qiluvchi tarixiy drama – “Temur: So‘nggi g‘olibning yuksalishi” nomli filmni suratga olish ishlarini to‘liq yakunlagan. Qayd etilishicha, ushbu asar buyuk sarkardaning shonli yuksalish tarixini aniqlik va o‘sha davr muhitiga alohida e’tibor bilan namoyon etadi. “Biz mintaqaning eng muhim shaxslaridan biri hayotini aynan u yashagan va jang qilgan yerda aks ettirdik. Bu suratga olish jarayoni uchun bebaho imkoniyat bo‘ldi”, deya izoh bergan film mualliflari. Rejissyor Jeykob Shvars, ssenariy muallifi Metyu Grin. Amir Temur rolini amerikalik aktyor Kristian Mortensen, Temurning rafiqasi O‘ljoy rolini esa Yulduz Rajabova ijro etgan. Loyihaga 2022-yil oxirida start berilgan. Tasvirga olish O‘zbekiston va Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan. Premyera joriy yil yozining oxirida bo‘lishi kutilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube
Diposting 23 Mei
Samarqandda Afrika sher bolasining noqonuniy saqlangani aniqlandi 2025-yil 23-may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda fuqaro avtomobilida sher bolasini olib yurgani aks etgan video tarqaldi. Holat bo‘yicha viloyat prokuraturasi, Ekologiya va Ichki ishlar boshqarmalari hamkorligida surishtiruv ishlari olib borildi. Aniqlanishicha, Samarqand tumanida yashovchi fuqaro sher bolasini dala hovlilardan biriga yashirishga uringan. Hayvon sim to‘sig‘iga bog‘lab ketilgan holatda topilgan. Sher bolasiga birinchi yordam ko‘rsatilib, viloyat kinologiya markaziga joylashtirildi. Tibbiy ko‘rikdan so‘ng uning sog‘lig‘i qoniqarli ekani aniqlandi. Hozirda u Toshkentdagi yovvoyi hayvonlar pitomnigiga topshirilmoqda. Qonunbuzarlik bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirildi va tegishli choralar ko‘rish uchun Prokuratura organlariga yuborilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube