TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Kembali ke saluran
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT CHAT

Bars | Rasmiy kanal

@bars_rasmiy

Berita dan media

Samarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar

Pelanggan9,380Jumlah pelanggan saat ini
Postingan terlacak1,007Jumlah postingan terindeks
Jangkauan terkini8,472Jumlah tampilan postingan terbaru
Postingan terbaru

Postingan terbaru

Hal. 41 dari 84 · 1,007 postingan

Diposting 7 Nov

Samarqandda boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati bo‘yicha tungi reyd o‘tkazildi Sovuq kunlar kirib kelishi bilan ko‘p qavatli uy-joylarda issiqlik va xizmat ko‘rsatish tizimlarida muammolar yuzaga kelmasligi uchun boshqaruv servis kompaniyalaridan yuqori mas’uliyat talab etiladi. Shu maqsadda Samarqand viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi tomonidan 24 soatlik shtablar faoliyatini o‘rganishga qaratilgan tungi reyd tadbirlari o‘tkazildi. Tekshiruvlar davomida ayrim kompaniyalarda shtab faoliyati qoniqarli tashkil etilmagani, ba’zilarida esa umuman yo‘qligi aniqlandi. Xususan, “Samarqand uy-joy ta’mir” kompaniyasida shtab telefoni ishlamagani va murojaatlar daftari to‘liq yuritilmagani, “Mash’al Sug‘diyonasi” kompaniyasida navbatchilik grafigi hamda maxsus telefonlar yo‘qligi, “Bio-tex Service” va “Samarqand omad kommunal” kompaniyalarida esa shtab faoliyati butunlay yo‘lga qo‘yilmagani qayd etildi. Inspeksiya ma’lumotiga ko‘ra, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan choralar ko‘rilmoqda va bu kabi tungi reyd tadbirlari rejali ravishda davom ettiriladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

690 views

Diposting 6 Nov

⛅Samarqandda 7-noyabr kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 -2/+15° Kechasi: -2 - +3°, sovuq. Kunduzi: +10 - +15°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:07 Quyosh botishi: 17:24 🔰Telegram | Instagram | You Tube

607 views

Diposting 6 Nov

Samarqandda “Samarkand Marathon — 2025” munosabati bilan transport harakati vaqtincha cheklanadi 2025-yil 8–9-noyabr kunlari Samarqand shahrida “Samarkand Marathon” xalqaro xayriya yugurish marafoni bo‘lib o‘tadi. Shu munosabat bilan: 6-noyabr soat 14:00 dan 10-noyabrga qadar — Panjikent va Registon ko‘chalari chorrahasidan Dahbed va Registon ko‘chalari oralig‘idagi yo‘nalishda transport harakati vaqtincha cheklanadi. 🏃‍♂️8-noyabr kuni soat 14:00 dan 18:00 gacha — 3 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida o‘tkaziladigan “Yoshlar yugurish marafoni” sababli Panjikent va Registon ko‘chalari chorrahasidan Registon–Universitet xiyobonigacha bo‘lgan yo‘nalishda harakat vaqtincha to‘xtatiladi. 9-noyabr kuni soat 04:00 dan 14:00 gacha — Registon, Universitet xiyoboni, Bo‘stonsaroy, Ibn Sino, Dahbed va Rudakiy ko‘chalari kesishmalari oralig‘ida, shuningdek Shohi Zinda hamda Usta Umar Jo‘raqulov ko‘chalarida transport harakati vaqtincha cheklanadi. Yo‘l harakati ishtirokchilaridan muqobil va aylanma yo‘llardan foydalanish, ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunish, yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilish hamda belgilangan tartiblarga rioya etish so‘raladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

641 views

Diposting 6 Nov

Toshkent viloyatida qariyb 5 kilogramm giyohvandlik vositasi musodara qilindi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan Ichki ishlar va Bojxona organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida katta miqdordagi giyohvandlik vositasining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Aniqlanishicha, Toshkent viloyati Zangiota tumanidan o‘tuvchi katta halqa yo‘li yaqinidagi yashirin joydan ilgari narkokuryerlar tomonidan qoldirib ketilgan 10 dona o‘ramda jami 4 kilogramm 956 gramm “opiy” moddasining yashirilgani fosh etilgan. Mazkur modda holislar ishtirokida daliliy ashyolar sifatida rasmiylashtirib olingan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda ushbu giyohvandlik vositalariga aloqador shaxslarni aniqlash va qo‘lga olish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

645 views

Diposting 6 Nov

Pastdargʻom IIB xodimi moliyaviy piramidani reklama qildi Kun.uz ma’lum qilishicha, Oʻzbekistonda XCM nomli moliyaviy piramida tobora ommalashib bormoqda. Ayrim fuqarolar ushbu platformaga “ishonchli loyiha” sifatida qarab, pul tikmoqda. Hatto ayrim davlat xizmatchilari, jumladan, ichki ishlar tizimi vakillari ham XCM targ‘ibotiga kirishgani aytilmoqda. X Connection Media (XCM) Avstraliyada tashkil etilgan onlayn media kompaniyasi sifatida tanishtirilgan bo‘lsa-da, foydalanuvchilarga pul tikish va kunlik topshiriqlarni bajarish orqali daromad olish taklif etiladi. Aslida bu topshiriqlar video tomosha qilish va layk bosishdan iborat bo‘lib, tizimga qo‘shilish uchun dastlab mablag‘ kiritish sharti qo‘yiladi. Bu tizimning moliyaviy piramida ekanini tasdiqlovchi asosiy dalil — unga kirish uchun pul to‘lash majburiyati hamda daraja oshgan sari kiritilgan depozit miqdoriga qarab “daromad”ning ortib borishi. Ichki ishlar vazirligi XCM platformasi bo‘yicha surishtiruv ishlari boshlanganini ma’lum qildi. Tarqalgan videoda formadagi shaxs o‘zini Pastdargʻom tumani IIB xodimi sifatida tanishtirgan. Shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlarining ushbu platformani targ‘ib qilishdagi ishtiroki yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

552 views

Diposting 6 Nov

Oʻzbekistonda aholi va qishloq xo‘jaligi rо‘yhatga olinadi 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralgacha Oʻzbekiston boʻylab aholi va qishloq xo‘jaligi subyektlarini rо‘yhatga olish tadbiri oʻtkaziladi. Ushbu tadbir mamlakatimizda har bir fuqaro va xo‘jalik haqida aniq maʼlumot to‘plash hamda kelgusidagi ijtimoiy-iqtisodiy rejalarni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Rо‘yhatga olish ikki bosqichda amalga oshiriladi: • 1-bosqich (15–31 yanvar): Fuqarolar census.stat.uz sayti orqali OneID tizimi yordamida onlayn rо‘yhatdan oʻtadi. Bu usul qulay va tez boʻlib, uydan chiqmasdan ishtirok etish imkonini beradi. • 2-bosqich (4–28 fevral): “Mahalla yettiligi” aʼzolari uyma-uy yurib, planshetlar orqali rо‘yhatga oladi. Bu bosqichda har bir xonadonning shaxsiy maʼlumotlari aniqlanadi. Savolnoma tarkibi: Aholi: 54 ta savol (yosh, taʼlim, bandlik, yashash sharoiti va boshqalar) Qishloq xo‘jaligi: 17 ta savol (yer maydoni, chorva soni, ekin turlari va boshqalar) Toʻplangan maʼlumotlar qonun bilan himoyalanadi, savolnoma natijalari faqat statistik tahlil uchun ishlatiladi va boshqa idoralarga berilmaydi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

619 views

Diposting 5 Nov

⛅Samarqandda 6-noyabr kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 -2/+13° Kechasi: -2 - +3°, sovuq. Kunduzi: +8 - +13°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:05 Quyosh botishi: 17:23 🔰Telegram | Instagram | You Tube

552 views

Diposting 5 Nov

Samarqandda ham ajrimlar soni ortgan. Sabablardan biri— xarakter mos kelmasligi Senatning o‘n birinchi yalpi majlisida mamlakatda ajrimlar soni yildan-yilga ortayotgani taʼkidlandi. Raqamlarga ko‘ra, 2024-yilda 271 mingdan ortiq nikoh rasmiylashtirilgan bo‘lsa, 45 mingdan ziyodi ajrim bilan yakunlangan. Eng ko‘p ajrim holatlari Toshkent shahrida (5 913 ta), shuningdek Farg‘ona, Andijon va Samarqand viloyatlarida qayd etilgan. Sudlarda 2024-yilda ko‘rib chiqilgan 32 mingdan ortiq ajrim ishlarining sabablari quyidagicha taqsimlangan: • 54 foizi — xarakterlar mos kelmasligi, • 6 foizi — boshqa munosabatga kirishish, • 4 foizi — oilaviy hayotga tayyor emaslik, • 3 foizi — o‘zaro ishonchsizlik. Shuningdek, 2025-yilning dastlabki 9 oyida 50 mingdan ortiq er-xotin sudga murojaat qilgan, ularning 27 mingdan ziyodining nikohi bekor qilingan. Majlis davomida erta nikohlar masalasi ham muhokama qilindi. So‘nggi 5 yilda 391 ta holatda nikoh yoshi qisqartirilgan, 2025-yilda esa 15–17 yoshdagi 155 nafar qiz voyaga yetmasdan turmushga chiqqani qayd etildi. Shu munosabat bilan, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasiga parlament so‘rovi yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

627 views

Diposting 5 Nov

Samarqandda “Samarkand Marathon — 2025” xalqaro xayriya marafoni o‘tkaziladi 2025-yil 8–9-noyabr kunlari Samarqand shahrida an’anaviy “Samarkand Marathon — 2025” xalqaro xayriya yugurish marafoni bo‘lib o‘tadi. Tadbir doirasida shahar markazidagi ayrim ko‘chalarda transport harakati vaqtincha cheklanadi. Bu yilgi marafonda 40 dan ortiq davlatdan 8 ming nafardan ziyod ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda. Musobaqa dasturiga ko‘ra, dastlab “KIDS RUN” yo‘nalishida 3 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida 60, 300, 600 va 1000 metr masofalarda poygalar tashkil etiladi. Marafonning asosiy bellashuvlarida ishtirokchilar 5, 10, 21,1 va 42,2 kilometr masofalarni bosib o‘tadi. 42,2 kilometr masofadagi poyga g‘oliblari homiylar tomonidan ta’sis etilgan pul mukofotlari bilan taqdirlanadi: birinchi o‘ringa 30 million so‘m, ikkinchi o‘ringa 25 million so‘m, uchinchi o‘ringa esa 20 million so‘m beriladi. Marafon doirasida turli yosh toifalari hamda imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ham alohida yugurish musobaqalari o‘tkaziladi. “Samarkand Marathon — 2025” sog‘lom turmush tarzi, birdamlik va xayriya g‘oyalarini targ‘ib etuvchi eng yirik sport tadbirlaridan biri bo‘lishi kutilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

553 views

Diposting 4 Nov

⛅Samarqandda 5-noyabr kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 -0/+10° Kechasi: -0 - +5°, sovuq. Kunduzi: +5 - +10°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:02 Quyosh botishi: 17:28 🔰Telegram | Instagram | You Tube

569 views

Diposting 4 Nov

Yog‘ingarchilikdan so‘ng Samarqand havosi tozalandi Bugungi yog‘ingarchilik Samarqand shahridagi havoning sifat ko‘rsatkichlarini sezilarli yaxshiladi. IQAir xalqaro platformasining 4-noyabr holatiga ko‘ra, Samarqandda havo sifati indeksi (AQI) atigi 30 birlikni tashkil etmoqda. Bu esa “yaxshi” toifasiga kiradi. Taqqoslash uchun: Buxoroda ko‘rsatkich 42, Termizda 49, Toshkentda esa 28–37 oralig‘ida qayd etilgan. Mutaxassislarning qayd etishicha, yomg‘ir havo qatlamidagi chang va zararli zarrachalarni yuvib, havoning tiniqligini oshiradi. Avvalroq Samarqandda joriy yil kuz faslida birinchi bor eng ko‘p yog‘ingarchilik kuzatilgani hamda ilk bor qor yog‘gani haqida xabar bergan edik. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

617 views

Diposting 4 Nov

Samarqandda isitish mavsumi boshlandi Bu haqda viloyat hokimining tegishli farmoyishi qabul qilingan. Hujjatda shahar va tumanlar hokimliklari, viloyat ijtimoiy soha tashkilotlari va kommunal soha korxonalarida joriy yilning 4-noyabridan boshlab kecha-yu kunduz ishlovchi shtablarni tashkil qilish belgilangan. Mutasaddilarga ijtimoiy soha ob’yektlariga va aholi yashash uy-joylariga, “Issiqlik ta’minoti” MCHJ tizimidagi isitish qozonxonalariga uzluksiz hamda bir me’yorda tabiiy gaz, elektr energiyasi quvvati yetkazib berilishini hamda tabiiy gaz yetib bormaydigan aholi punktlarini suyultirilgan gaz bilan ta’minlash vazifalari yuklatilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,800 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••3940414243•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384