TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Kembali ke saluran
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT CHAT

Bars | Rasmiy kanal

@bars_rasmiy

Berita dan media

Samarqand, Oʻzbekiston va jahon yangiliklari. Bars internet nashri Media materiallar - @bars_rmedia Sayt: barsrasmiy.uz Instagram - instagram.com/bars_rasmiy You Tube - https://www.youtube.com/@BarsRasmiy Reklama va hamkorlik uchun: @bars_xabar

Pelanggan9,380Jumlah pelanggan saat ini
Postingan terlacak1,007Jumlah postingan terindeks
Jangkauan terkini12,075Jumlah tampilan postingan terbaru
Postingan terbaru

Postingan terbaru

Hal. 39 dari 84 · 1,007 postingan

Diposting 14 Nov

Suddagi tanishlari orqali ijro varaqasini va taqiqni bekor qilib berish evaziga 500 dollar olayotganda Majburiy ijro byurosi Samarqand shahri bo‘limi davlat ijrochisi qo‘lga olindi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

972 views

Diposting 14 Nov

Samarqandda koʻp qavatli uyda portlash yuz berdi – rasmiy ma’lumot kutilmoqda Bugun Samarqand shahri, Uvaysiy mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uylardan birida gaz chaqnashi oqibatida portlash sodir bo‘lgani aytilmoqda. Dastlabki norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida bir nafar fuqaro halok bo‘lgan, yana bir fuqaro og‘ir tan jarohati olgan. Hozircha holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va boshqa mas’ul idoralar tomonidan rasmiy axborot berilmagan. Mazkur mavzu bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etiladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,270 views

Diposting 14 Nov

Zarafshon daryosida noqonuniy baliq ovlaganlar tabiatga 130 million so‘mlik zarar yetkazdi Samarqand viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi, Paxtachi tuman Ekologiya bo‘limi hamda tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tungi reyd chog‘ida Zarafshon daryosida noqonuniy baliq ovlash holati aniqlandi. Tekshiruv davomida 4 nafar fuqaro noqonuniy tarzda baliq ovlab, ularni transport vositasiga yuklayotgani ma’lum bo‘ldi. Huquqbuzarlar to‘qayzor ichiga yashirinishga uringanida inspektorlar tomonidan qo‘lga olingan. Reyd jarayonida 6 turdagi 105 dona baliq, ov qurollari va 2 ta rezina qayiq daliliy ashyolar sifatida olib qo‘yilib, transport vositasi esa jarima maydoniga joylashtirildi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, tabiatga 130 million 149 ming so‘m zarar yetkazilgan. Hozirda holat yuzasidan hujjatlar tegishli tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,000 views

Diposting 13 Nov

⛅Samarqandda 14-noyabr kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +2/+20° Kechasi: +2 - +7°, iliq. Kunduzi: +15 - +20°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:10 Quyosh botishi: 17:23 🔰Telegram | Instagram | You Tube

890 views

Diposting 13 Nov

Video o‘yinlar miya qarishini sekinlashtirishi mumkin “Nature Communications” jurnalida chop etilgan tadqiqotda olimlar 1,472 kishining miya faoliyatini tahlil qilib, ijodiy mashg‘ulotlar, jumladan, video o‘yinlar, musiqa, raqs va rasm chizish miyaning biologik yoshini sekinlashtirishi mumkinligini aniqladi. Geymerlarning miyasi ularning haqiqiy yoshidan o’rtacha 5-7 yilga yoshroq ekanligi aniqlandi. Tajriba doirasida professional bo’lmaganlar ham jalb qilinib, ular 30 soat davomida StarCraft II: Wings of Liberty o’yinlarini o’ynashdi. Natijada, ularning ko‘rsatkichlari ham yaxshilandi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

926 views

Diposting 13 Nov

Endi 14 yoshdan boshlab o‘smirlar ham o‘z nomiga bank kartasi ochishi mumkin Markaziy bankning yangi buyrug‘iga ko‘ra, 2025-yil 11-noyabrda Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tgan nizomga o‘zgartish kiritildi. Unga binoan, 14 yoshdan katta voyaga yetmaganlar tijorat banklarida mustaqil ravishda kartaga ega bo‘lishlari mumkin. Bundan tashqari: 14 yoshgacha bo‘lganlar uchun karta ota-ona yoki qonuniy vakil ruxsati bilan ochiladi. Biznes kartalar — yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilganlar uchun. Ijtimoiy kartalar — nafaqa, yordam puli kabi tushumlarni olish uchun mo‘ljallangan. Korxonalar esa endilikda ichimlik va oqava suv to‘lovlarini korporativ karta orqali amalga oshirishi mumkin. Bu o‘zgarish yoshlarning moliyaviy savodxonligini oshirish va ularni bank xizmatlariga jalb etishga qaratilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

955 views

Diposting 13 Nov

Pastdargʻomda ayol erini qamoqdan chiqarish uchun aliment qarzini to‘ladi Pastdarg‘om tumanida yashauvchi ayol turmush o‘rtog‘ining aliment bo‘yicha qarzdorligini o‘z hisobidan to‘lab, uni qamoqdan ozod etdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, er kishi farzandi uchun belgilangan alimentni o‘z vaqtida to‘lamagani sababli sud qarori bilan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosiga tortilgan. Biroq ayol turmush o‘rtog‘isiz ro‘zg‘or yuritish qiyinlashganini hisobga olib, uning qarzini to‘liq qoplagan va sudga murojaat qilgan. Sud qarorni bekor qilib, erni ozod etgan. Hozirda oila yarashgan, farzandlar tarbiyasi bilan birgalikda shug‘ullanmoqda. Bu haqda Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyati boshqarmasi katta inspektori Jaloliddin Sherboyev ma’lum qildi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,040 views

Diposting 12 Nov

⛅Samarqandda 13-noyabr kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +2/+20° Kechasi: +2 - +7°, iliq. Kunduzi: +15 - +20°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:08 Quyosh botishi: 17:23 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,020 views

Diposting 12 Nov

Samarqand viloyatida 300 ming nafar fuqaro mehnat migratsiyasida Samarqand viloyati Kengashi sessiyasida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboevning ma’lum qilishicha, hozirda viloyatdan xorijga chiqib ketgan migrantlar soni 300 ming nafarni tashkil etadi. Shundan 176 ming nafari ish bilan band bo‘lish maqsadida chet elga ketgan. Joriy yil boshidan buyon 18 ming nafar samarqandlik fuqarolar qonuniy tartibda Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Germaniya, Slovakiya, Yaponiya, Bolgariya va Xorvatiya kabi davlatlarga yuborilib, yuqori daromadli ish o‘rinlariga joylashtirilgan. Shuningdek, xorijda past daromad topayotgan 120 ming nafar fuqaro vatanga qaytarilib, ularning 73 ming nafari viloyatdagi turli sohalarda daromadli ish bilan ta’minlangan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,110 views

Diposting 11 Nov

⛅Samarqandda 12-noyabr kuni kutilayotgan ob-havo 🌡 +2/+20° Kechasi: +2 - +7°, iliq. Kunduzi: +15 - +20°, iliq. Havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Quyosh chiqishi: 07:07 Quyosh botishi: 17:24 🔰Telegram | Instagram | You Tube

908 views

Diposting 11 Nov

Kattaqo‘rg‘onda tez yordam avtomashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi Joriy yilning 10-noyabr kuni soat 08:30 larda Kattaqo‘rg‘on shahri “Samarqand” va “O‘zbekiston” ko‘chalari kesishgan chorrahasida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Kattaqo‘rg‘on shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli “Tez yordam” avtomashinasi haydovchisi boshqaruvidagi transport vositasi hamda “Lasetti” rusumli avtomashina to‘qnashgan. Baxtga qarshi, hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan, biroq avtomashinalarga moddiy zarar yetgan. Mazkur holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on shahar IIB JXX YHXG tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

1,040 views

Diposting 11 Nov

Samarqandda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahri bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida “S.” MChJ rahbari Sh.A. tomonidan “M. Baraka” ko‘chasidagi avtoturargohda elektromobillarni quvvatlash qurilmasi tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 423,3 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan. Shuningdek, Departamentning Urgut tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda “N.T.”, “GS.” va “M.M.” fermer xo‘jaliklari mas’ullari ham tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga hisoblagichdan tashqari to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 407,5 million so‘mlik elektr energiyasini noqonuniy ishlatganliklari ma’lum bo‘ldi. Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube

944 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••3738394041•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384